29.07.2024 | 09:23
723
Dzyudochi Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi
28-iyul kuni O‘zbekiston terma jamoasi Parij olimpiadasida ilk oltin medalini qo‘lga kiritdi. Dzyudo bahslarida -52 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova finalda Tokio-2020 o‘yinlarida -48 kg vazn toifasida oltin medal egasi kosovolik Distriya Krasnikaga qarshi tatamiga chiqdi va uni yutdi.

Diyora bu orqali dzyudo bo‘yicha Olimpiada musobaqalarida O‘zbekiston tarixidagi ilk g‘olib ayol sportchi bo‘ldi.
Keldiyorova yarim finalda mezbon sportchi fransiyalik Amandin Byushardni mag‘lub etgandi. Chorak finalda esa yaponiyalik Uta Abeni yengib, raqibini turnirdan chiqarib yubordi.
Shavkat Mirziyoyev g‘alabadan so‘ng dzyudochi Keldiyorovaga qo‘ng‘iroq qilib, uni Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgani bilan tabrikladi.
“Davlatimiz rahbari O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiya o‘yinlarida ayollar o‘rtasida birinchi marta chempion bo‘lgan sportchi qizimizni tarixiy g‘alaba bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va murabbiylariga minnatdorlik bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Oltin medal haqida gapirarkan, Diyora shunday dedi:
“Har bitta raqibim eng kuchli bo‘lishini bilgandim. Kuchlini yutmaguncha kuchli bo‘lolmasligimni juda ham tushunib turgandim va, o‘ylaymanki, mana shu so‘z meng katta yordam berdi. Albatta, ortimda butun O‘zbekiston xalqi, butun O‘zbekiston ayol dzyudochilari turganini his qildim. Muhtaram prezidentimizga O‘zbekistonda ayol sportchilarga qaratilayotgan jahon darajasidagi e’tibor uchun cheksiz minnatdorchiligimni bildiraman”.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
113
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
143
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
333



