Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


30.07.2024 | 18:12

img448

Akiko Fujii UNDP tashkilotining O‘zbekistondagi doimiy vakili etib tayinlandi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (UNDP) Akiko Fujii xonimning Oʻzbekistondagi yangi doimiy vakilasi etib tayinlanganini eʼlon qildi.

Fujii xonim BMT Taraqqiyot dasturida 25 yildan ortiq tajribaga ega, butun dunyoda turli rahbarlik lavozimlarini egallagan. Oʻzbekistonga tayinlanishidan oldin u Maldiv orollaridagi doimiy vakilasi hamda Vyetnamda, Fijidagi koʻp davlat idorasida (oʻz ichiga Fiji, Mikroneziya Federativ Davlatlari, Kiribati, Marshall orollari, Nauru, Palau, Tonga, Tuvalu va Vanuatu davlatlarini oladi) va Yamaykada doimiy vakil oʻrinbosari boʻlgan. Uning BMT Taraqqiyot dasturidagi keng qamrovli faoliyati Sudan, Tokio va Pokistonda ham oʻynagan muhim rollarni oʻz ichiga oladi.

Fujii xonim Birlashgan Millatlar Tashkilotining barqaror rivojlanish sohasidagi kun tartibiga sodiqdir. Yatakchi rahbar sifatida u iqlim oʻzgarishi bilan bogʻliq iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni hal qilishda, inqirozli va ziddiyatli vaziyatlarda keng koʻlamli gumanitar yordamni boshqarishda, barcha uchun adolatli va barqaror inson taraqqiyotiga erishish uchun boshqaruv tizimlari boʻyicha maslahat berishda faol ishtirok etgan.

BMT Taraqqiyot dasturidagi karyerasidan oldin Fujii xonim turli rivojlanish tashkilotlarida, jumladan, Venadagi (Avstriya) Birlashgan Millatlar Tashkilotining Sanoatni Rivojlantirish Tashkiloti (UNIDO) va Kiotodagi (Yaponiya) jamoatchilikni rivojlantirish boʻyicha nodavlat notijorat tashkilotlarida ishlagan. Uning rivojlanish sohasiga sodiqligi erta boshlangan: u hali talaba boʻlganida, 1995-yilda Kobe shahri yaqinidagi zilzila qurbonlariga koʻngilli sifatida yordam bergan.

Fujii xonim Buyuk Britaniyaning Sasseks universitetida gender va rivojlanish boʻyicha, Yaponiyaning Kioto universitetida inson va atrof-muhitni oʻrganish boʻyicha magistr darajalariga ega. Fujii xonim Oʻzbekistondagi yangi lavozimida barcha uchun adolatli, barqaror va inklyuziv taraqqiyot yoʻlida ishlashni kutmoqda.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img181

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img161

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img369