Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


31.07.2024 | 10:42

img588

SHONLI TARIX UYGʻONMOQDA!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Siyo­siy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz ha­yoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasidagi ishlarni kengaytirish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilini­shi haqiqatan ham ma’naviy hayoti­mizda muhim voqea bo‘ldi. Chunki o‘z davrida Vatanimiz milliy istiqloli va xalqimiz ozod­ligi uchun kurashib, bunday sharafli yo‘lda o‘z jonini ham ayamagan fidoyi ota-bobolarimizning xotirasi­ni e’zozlash, ularning hayoti va faoliyatini har tomonlama o‘rganish barchamizning zimma­miz­dagi burchimizdir.

Shu bois ham, mazkur tarixiy hujjat olimlar, ijodkor va ziyolilarda katta qiziqish uyg‘otdi, qarorning mazmun-mohiyati va ahamiyati haqida ular o‘zlarining munosabatlarini bildirishmoqda.

TAHRIRIYAT

Hamdam QARSHIYEV,
Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari

TARBIYA – HAMMANING VAZIFASI

Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish masalasiga bag‘ishlangan mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturida qatag‘on qurbonlari va jadidlarni viloyat, tuman va shaharlar kesimida nomma-nom aniqlash, ularning hayoti va faoliyati, tarixiy xizmatlari haqidagi ma’lumotlarni, arxiv va muzeylarda saqlana­yot­gan hujjatlarni to‘plash va o‘rganish, “Tarixiy xotira ma’naviy va ruhiy tar­biya – Yangi O‘zbekiston poydevori” degan shior ostida hududlarda, mahalla va tashkilotlarda ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari hamda davra suhbatlari o‘tkazish bo‘yicha mu­him vazifalar belgilab berilgan.

Shuningdek, dasturdan qatag‘on qurbonlari va jadidlar tug‘ilib voyaga yetgan va istiqomat qilgan mahallalarda va umumta’lim maktablarida xotira burchaklarini tashkil etish, ularning oila a’zolari, farzand va nabiralari hamda boshqa yaqinlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, davlat muko­fot­lariga tavsiya etish kabi masalalar o‘rin olgan.

Muhtaram Prezidentimiz ta’biri bi­lan aytganda: “…Biz jadidlik hara­kati, ma’rifatparvar bobolarimiz mero­si­ni chuqur o‘rganishimiz kerak. Bu ma’naviy xazinani qancha ko‘p o‘rgansak, bugungi kunda ham bizni tashvishga solayotgan juda ko‘p savollarga to‘g‘ri javob topamiz. Bu bebaho boylikni qancha faol targ‘ib etsak, xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz bugungi tinch va erkin hayotning qad­ri­ni anglab yetadi”.

Darhaqiqat, atoqli ma’rifatparvar Abdulla Avloniyning yoshlarimiz tarbiyasi haqidagi: “Tarbiyani tug‘ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni quvvatlantirmoq, fikrlarimizni nurlantirmoq, axloqimizni go‘zallantirmoq, zehnimizni ravshanlantirmoq lozim ekan. Tarbiyani kim qiladi? Qayerda qiladi, degan savol keladi. Bu savolga: Birin­chi uy tarbiyasi, bu ona vazifasidir. Ikkinchi maktab va madrasa tarbiyasi, bu ota, muallim, mudarris va hukumat vazifasidir”, degan so‘zlari bugungi globallashuv jarayonida nihoyatda ahamiyatlidir.

Hozirgi kunda ekstremizm, ommaviy madaniyat, kosmopolitizm, ijtimoiy tarmoqlarga qaramlik kabi zararli illatlar yoshlarimiz o‘rtasida keng avj olmoqda. Bu xatarlardan yoshlarimizni saqlash uchun barchamiz shug‘ulla­ni­shimiz kerak, zarracha loqaydlikka yo‘l qo‘ymaslik zarur.

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi, Qurolli Kuchlar akademiyasi, Mudofaa va harbiy xavfsizlik muammolarini o‘rganish instituti, “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, “Shon-sharaf” davlat muzeyi mas’ul xodimlari va yetakchi mutaxassislari­dan iborat ishchi guruhga umumiy rahbarlik Mudofaa vazirligiga berilgani barchamizga katta mas­’uliyat yuklaydi. Bu borada vazirlik rahbariyati tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar bo‘yicha “yo‘l xaritasi” va chora-tadbirlar rejasi tuzilib, shunga muvofiq ishlar jadal olib borilmoqda.

Shubhasiz, mazkur qaror Mu­dofaa vazirligi tizimida ham ma’na­viy-ma’rifiy ishlar ko‘lamining yanada kenga­yishiga xizmat qilib, Vatan posbonlari – mard va jasur askarlarning ajdodlarga hurmat ruhida tarbiya topishiga hissa qo‘shajak.

Baxtiyor HASANOV,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi direktori, tarix fanlari doktori, professor

YUKSALISH – O‘ZLIKNI ANGLASHDAN BOSHLANADI

O‘zbekiston Respublikasi mus­taqillikka erishishi bilan uning ma’na­viy hayotida yangi davr – uyg‘onish, o‘zlik­ni anglash davri boshlandi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimi manfaatlariga bo‘ysundirilgan tarixni sox­talashtirish, noto‘g‘ri talqin etishga barham berildi. Milliy mafkuramizning asosi bo‘lmish yurtimiz tarixini qayta tiklash imkoniyati tug‘ildi.

Bu borada mamlakatimizda olib borilgan eng xayrli va eng savobli ishlardan biri Sovet hokimiyati yillarida “xalq dushmani”, “aksilinqilobchi”, “millatchi”, “quloq” sifatida qoralanib, qatag‘on etilgan vatandosh­larimiz pok nomlarining oqlanishi bo‘ldi. Tarixiy haqiqat va adolatni tiklash bo‘yicha olib borilgan ishlar eng avvalo, hurriyat yo‘lida jon fido etgan vatandoshlarimiz xotirasini abadiylashtirishga qaratildi.

Toshkent shahrida “Shahidlar xoti­rasi” yodgorlik majmuasi barpo etilib, uning hududida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi tashkil etildi.

2017-yilda ushbu muzey tarixi­da o‘ta muhim voqea sodir bo‘ldi. O‘z­be­kis­­ton Respub­likasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘sha yilning 31-avgustida “Qatag‘on qurbonlari­ni yod etish kuni” munosabati bilan bu maskanga tashrif buyurganida ­uning faoliyatini yanada rivojlantirish hamda viloyatlarda ham muzeyning bo‘limlarini ochish tashabbusini o‘rtaga tashladilar. Davlatimiz rahbari ana shu muzeylarni xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun muqad­das ziyoratgoh, ma’naviyat va ma’rifat o‘chog‘iga aylantirish uchun barcha choralarni ko‘rish zarurligini alohida ta’kidladilar.

Shunga asosan 2017-yil 22-noyabr­da Hukumatning “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi va hududlardagi oliy ta’lim muassasalari tuzilmasida Qata­g‘on qurbonlari xotirasi muzeylarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risi­da”gi qarori qabul qilindi. Shu tariqa muzey Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazilib, uning faoliyati yanada kengaytirildi va takomillashtirildi. Qoraqalpog‘iston Respub­likasi va viloyat­lardagi 13 ta oliy ta’lim muassasasi tuzilmasida Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari tashkil etildi. 2021-yilda davlat rahbarining topshirig‘iga binoan Qarshi shahridagi Odina masjidida Qashqadaryo viloyati Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi yangidan yaratildi. Sovet davrida NKVD qamoqxonasiga aylantirilgan ushbu tarixiy obidada tashkil etilgan muzey 2021-yilning 11-oktyabrida Yurt­­boshi­miz ishtirokida tantanali ra­vish­da ochildi.

2020-yil 8-oktyabrda “Qatag‘on qur­bon­larining merosini yanada chu­qur o‘rganish va ular xotirasini abadiy­lashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmo­yishining qabul qilinishi esa shahid­­lar xotirasini abadiylashtirish bora­sida olib borilayotgan ishlarni yangi sifat bosqichiga ko‘tardi. Mazkur huj­jat asosida mamlakatimiz hududlari kesimida 14 ta “Qatag‘on qurbonlari” xotira kitoblari tayyorlanib, unga 40 mingga yaqin vatandoshlarimizga oid ma’lumotlar kiritildi.

Qarorda belgilab berilgan vazifalar, shubhasiz, 1937–1953-yillar mobaynida yuz bergan ayanchli qatag‘on siyosatining eng nozik qirralarigacha tadqiq etishda hamda yurt, millat uchun aziz jonlarini qurbon etgan jadid bobolarimizning hayoti va faoliyatini chuqur o‘rganishda beqiyos ahamiyat kasb etadi.

Shu bilan birga, ushbu qarorda ko‘p jild­lik “Qatag‘on qurbonlari” kitobini chop etish, Toshkent shahridagi “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasiga ramziy kitobni o‘rnatish, oktyabr oyining birinchi haftasini mamlakatimizda “Siyosiy qatag‘on qurbonlarini yod etish haftaligi” sifatida nishonlash ko‘zda tutilgan.

Jumladan, mutasaddilarga qatag‘on etilgan ajdodlarimizga bag‘ish­langan sah­na asarlari va filmlar tayyorlashga doir topshiriqlar berilgani bu boradagi ishlarning ko‘lamini yanada kengaytirishga zamin hozirlaydi. Ayniqsa, chet eldagi turli fondlar, arxiv, muzey, kutub­xona va boshqa ilmiy-ma’rifiy muassasa­lar hamda tegishli mutaxassislar bilan hamkorlikda qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyatini tadqiq etishga doir ilmiy ekspeditsiyalar uyushti­rish vazifasi belgilangani ayni muddao bo‘ldi. Chunki ushbu tashabbus yurt taraqqiyoti, sobiq tuzum davrida Vatan ravnaqi yo‘lida hayotini tikkan mard va jasur bobolari­mizning ayni damda xorijda saqlanayot­gan mero­sini o‘rganish borasida yangi imkoniyat eshi­gi­ni ochadi.

Bir so‘z bilan aytganda, tarixiy xotirasi bo‘lmagan, o‘tmishini unutgan, ajdodlarini qadrlamaydigan millatning istiqboli yo‘q. Yuksak maqsadlar sari intilayotgan Yangi O‘zbekistonda esa tarixiy adolat qaror topib, milliy an’analar, qadriyatlar ulug‘lanib, xalqimizning asriy orzu-armonlari ushalmoqda. Muhtaram Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan yangi qaror ham bunga yana bir yaqqol dalil bo‘ldi.

Rustam SHAMSUTDINOV,
tarix fanlari doktori, professor

AJDODLARINI E’ZOZLAGAN XALQ KAM BO‘LMAYDI

Kamina qariyb yarim asrdan ko‘proq O‘zbekistonda, Markaziy Osiyoda qatag‘on qurbonlari fojiasini tadqiq etish bilan shug‘ullangan, bu mavzu bo‘­yicha 30 dan ortiq asarlar, 100 dan ortiq ilmiy maqola e’lon qilgan, respub­lika va xalqaro ilmiy anjumanlarda shu mavzuda chiqishlar qilgan tadqiqotchi sifatida Prezidentimiz tomonidan imzolangan mazkur qaror­ning mazmun-mohiyati va ahamiyatini yuksak baholayman.

Chindan ham so‘nggi yillarda O‘z­be­kis­tonda siyosiy, mafkuraviy, ma’rifiy va baynalmilal ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu masalaga sobiq ittifoq respublikalari orasida eng ko‘p va jiddiy e’tibor qaratilmoqda. Qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ish­langan kitoblar har bir viloyat bo‘yicha nashr etilishi, barcha hududlarda Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeylari tashkil qili­nishi va ularning samarali fao­liyat ko‘r­satayotgani hamda ular qatag‘on qilingan shaxslarning hayoti va merosi­ni o‘rganish bo‘yicha o‘ziga xos ilmiy maskanlarga aylangani barchamizga ma’lum.

Qarorda hozirgi murakkab va tah­likali davrda mustaqilligimizni har to­mon­­lama mustahkamlash, tariximiz­ning noma’lum sahifalarini tiklash va ilmiy nuqtayi nazardan chuqur o‘rganish, inson, uning haq va erkinliklarini oliy qad­riyat sifatida e’tirof etish, shu asosda yurtdoshlarimiz, ayniqsa yosh avlodning Vatan taqdiri va kelajagiga daxl­dorlik tuyg‘usini, fuqarolik pozitsiyasini kuchaytirish, ularni bugungi tinch, erkin va ozod hayotning qadriga yetish ruhida tarbiya­lash muqaddas burchimiz ekanligi alohida ta’kidlab o‘tilgan.

Qarorda chor Rossiyasi va sovet mus­tamlakachiligi davrida qatag‘on qilingan yurtimiz farzandlarining fojiali taqdirini keng ko‘lamli va rejali tarzda tadqiq etish hamda natijalarini omma­lashtirish, o‘sha davrning atay sir tutilgan jumboqlarini ochish vazifalari qo‘yilgan. Biz ushbu qarordan behad ilhomlanib, qatag‘on qurbonlarining fojia­li kechgan shonli hayotini sinchkovlik bilan o‘rganish borasida bor kuch-g‘ayratimizni ishga solishimiz, bu yo‘nalishdagi tadqiqot va nashr ishlari­ni yangi bosqichga olib chiqish uchun astoydil harakat qilmog‘imiz lozim.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img602

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600