Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


31.07.2024 | 11:11

img1996

“JADIDLAR. TURKISTONGA MAKTUBLAR” multimedia ko‘rgazmasi ish boshladi

Poytaxtimizda tashkil etilgan ko‘rgazma 5 ta alohida bo‘lmadan iborat bo‘lib, ilk zal “Erk va taraqqiyot orzusi” deb nomlangan, unda XX asr boshlaridagi Turkiston shaharlari va xalq turmushi aks etgan. Shuningdek, jadidlik harakati rahnamolari siymolari, yangi usul maktablari, ma’rifiy jamiyatlar faoliyati bilan bog‘liq surat va hujjatlar bilan birgalikda maktublar qismida Ahmadjon Shukriyning “Harakatda barakat”, Ahmadjon Ibrohim o‘g‘lining “Turkistonning kelgusi”, Xayrinisoning “Turkistonning taraqqiyot yo‘llari”, Majidxonning “Bilim yo‘lida” (“Ko‘paysin deyman”) maqolalari, toshkentlik talabaning ustoz Fitratga yozgan maktublari o‘rin olgan.

“Germaniya” zalida 1922-yil oxirlarida Turkiston va Buxorodan olmon tuprog‘iga qadam qo‘ygan 70 dan ortiq turkistonlik yoshlarning qizg‘in ha­yoti, muhim sohalar bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishi, korxona va muassasa­lardagi mehnat faoliyati aks ettirilgan. Maktublar qismida esa Abduvahhob Murodiy maktubi, Berlinda o‘qiyotgan talabalarning “Ko‘mak” jurnalida chop etilgan “Tilak” maqolasi va Botuning Xayriniso Majidxon qiziga atab yozgan “Kichik armug‘onim” she’ri berilgan. Shuningdek, Ertoy Sattor Jabborning “Germaniyada O‘rta Osiyo talabalari­ning ikki yili” maqolasi, keyinchalik buyuk olim bo‘lib yetishgan Hamid Sulaymonning Berlinda tahsil olayotgan Ahmadjon Ibrohimga yo‘llagan maktubi, Tohir Chig‘atoyning toshkentlik Saidnosir Mirjalilovga yozgan xatlari o‘rin olgan.

Uchinchi zal “Vatanga xizmat” deb nomlanadi. Mazkur zalda 1927–1936-yil­larga qadar Germaniya va boshqa xorij ta’lim dargohlarida tah­sil olib qaytgan yoshlarning yengil va og‘ir sanoat, elektro­texnika, qishloq xo‘jaligi, iqtisodiyot, tibbiyot, ta’lim sohalarida amalga oshirgan ulkan ishlari qiziqarli surat va materiallar orqali namoyish etiladi. Maktublar qismida Berlin oliy ziroat maktabini bitirib kelgan Abduvahhob Murodiy haqidagi “Birinchi diplomli agronom” maqolasi, Berlin dorulfununi meditsina fakulteti talabasi Bahovuddin Aminning “Sog‘liq va harakat” maqolalarini audio shaklda tinglashingiz mumkin.

To‘rtinchisi – “Qatag‘on” zali. 1937–1938-yil­larda amalga oshirilgan “katta qirg‘in” chog‘ida yurtimizda o‘n minglab ziyolilar, jumladan, Germaniyada tahsin olgan yoshlarning deyarli barchasi qatag‘on qilingan. Bu yerda siz Majidxonning o‘z qizi Xayriniso nohaq qamoqqa olinganida chekkan nolasini, Abduvahhob Murodiyning 1929-yil­dagi ko‘rsatmasini ovozli shakl­da tinglashingiz mumkin. Jumladan, Abduvahhob Murodiyning quyidagi so‘zlari har qanday yurakni larzaga keltirishi tayin: “…Biz Germaniyada faqat bir narsa haqida o‘ylar edik. Avvalo, xorijiy tillarni o‘rganib, Ovrupa ilm-fani yutuqlarini mamlakatimizga olib kira­miz, der edik. Shu maqsadda til kurslarini tugatish bilan tezdan eng iqtidorli yigit­larni imkon qadar turli-tuman sanoat va ilm-fan jabhalariga kengroq taqsimladik. Shu bilan birga o‘sha ilmlarning asoslarini mukammal egallash, turkiy tilda ularning terminologik lug‘atlarini tayyorlash, kerak bo‘lganida o‘zimizda yangi avlodni yetishtirish uchun o‘sha fan va hunarlarni o‘qitish usullarini o‘zlashtirdik. Kitoblarini to‘plab kengroq ma’lumotlarni o‘zlashtirishga, tarjimalar qilishga intildik. Maqsad – Vatanga katta ilm bilan qaytish edi. Biroq bizga nisbatan tazyiqni kun sayin kuchaytirib borishdi. Hatto, bir qism yoshlar mamlakatga qaytib borish fikridan qay­tish darajasida qo‘rqib qoldilar. Men Turkiyada ko‘plab tanish orttirganman, menga u mamlakatning pasporti ham berilgan edi. Biroq Ovrupaga Vatanim ravnaqi uchun xizmat qilaman, deb yo‘l olgan edim. Meni Vatanga faqat unga foydam tegadi degan maqsad yetak­lab keldi. Vatanimda oson bo‘lmasligini bilganim holda qaytdim. Tirik qolsam Vatanimda yashayman, aks holda unga xizmat qilib o‘laman…”

Tutqunlikda saqlanayotgan Sulton Matqul kameradoshlariga shunday vasiyat qiladi: “Kimdir bu yerdan tirik chiqsa, agar birortangiz tirik chiqa olsangiz, mening yaqinlarimga, xotinim­ga yetkazinglar, mening hech bir guno­him yo‘q! Men hammasini yozib ber­gan­man!”

Qatag‘on zulmiga duchor bo‘lib, chek­siz azob-uqubatlarni boshidan kechir­gan mushfiq o‘zbek qizi Maryam Sul­tonmurodova 1957-yilda shunday guvohlik bergan edi: “To‘lagan Mo‘minov juda bilimdon, Sulton Matqul nihoyatda bosiq, mulohazali, Temur Kaz­bekov sho‘x, hazilkash, Sattor Jabbor esa yetuk olim va adabiyotga oshno inson edi. 1949–54-yillar Krasnoyar o‘lkasida surgunda bo‘lib qaytdim, hozirda Qara­man qishlog‘ida hamshira bo‘lib ishlayman… 1957-yilda meni oqlashgan. Mendan baxtli odam yo‘q edi. ­Axiyri orzum ushaldi! O, mening xursand bo‘lganlarim… Lekin afsus, ko‘p o‘tmay ixlosim qaytdi. Men hamon nazorat ostida ekanligimni, sharmisorlik tamg‘asi­ning yuki hamon bosib yotganligini angladim. O‘zligingni pastga urishlarini his etishdan ortiq alam yo‘q olamda. O, bu qanchalar og‘ir! Agarda menga yuqoridan, masxaromuz qara­yotgan mana shu kimsalar mendan yaxshiroq va mendan pokroq bo‘lishganda-ku, balki bu holga chidardim. Lekin aslo unday emas edi”.

Beshinchi zalga “Ko‘zgu” deb nom berilgan. Mazkur sokinlik maydonida allaqachon yulduzlar qa’riga singib ketgan millatimizning asl farzandlari akslantirilgan. Ularning dardli, ayni paytda mag‘rur ko‘zlariga qarab xayolingizdan Munavvar qorining “Sen men­dadirsan” degan so‘zi o‘tadi. ­Yaqin tariximizga sayoha­ti­ngiz yakunida to‘rt tarafni qurshab turgan oynaga boqar ekansiz, ular­ning siymosida o‘zingizni ko‘rasiz. Agar xohlasangiz o‘sha sharafli ajdodlaringiz bo‘lgan talabalardan biriga, xohlasangiz sizning qalbingizga Vatan, millat taraqqiyotiga mas’ullik hissini solgan ustozingizga, do‘stingizga, ota-onangizga, istasangiz siz ham vatandosh yoshlarga maktub yozishingiz mumkin. Buning uchun ham tashrif yakunida stol-stul, qog‘oz, konvert shay qilib qo‘yilgan. Har o‘n kunda qutilar ochilib, eng yaxshi maktub sohib­lari taqdirlanadi. Ulardan namunalar “Jadid” gazetasi sahifalarida ham bosi­lishi mumkin.

Bugun mamlakatimizda jahonning qator oliy ta’lim dargohlari filiallari faoliyat olib bormoqda. Har yili o‘n minglab yoshlarimiz dunyo­ning turli mamlakatlaridagi oliy ta’lim muassasalariga kirib, turli yo‘nalish­larda tahsil olmoqdalar. Mazkur ko‘rgazmadan bosh maqsad – ertamiz egalari bo‘lgan yoshlarimizga bundan bir asr avvalgi jadid bobola­ri­miz­ning jasoratlari haqida hikoya qilishdir. Zero, bobolarimiz omonati bo‘lgan bu muqaddas Vatan barchamizga birday aziz. Uning ravnaqi, taraqqiyoti yo‘lida o‘z hissasini qo‘shgan har bir inson shubhasiz, qahramondir!

Bahrom IRZAYEV,
Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi bosh ilmiy xodimi


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img108

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img618

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img614