Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


05.04.2024 | 13:56

img321

SIZNING FIKRINGIZ?..

Uljamol Xonnayeva:

– Yangi 2024-yilning dastlabki yangiligi – “Jadid” gazetasining nashr etilishi bo‘ldi. “Jadid” barcha yurtdoshlarimizga muborak bo‘lsin!

Uljamol Xonnayeva

Otabek Bakirov:

— Qaytadan tashkil etiladimi, yo‘qdan bino bo‘ladimi, muhimi milliy matbuotda yangi nashr paydo bo‘ldi — “Jadid”. Bu nom jarangdor va e’tiborni tortadi. Jadidlar dasturiga qaraydigan bo‘lsak, adabiyot va publitsistika, san’at va madaniyat asosiy o‘rinda turgan. “Jadid” sahifalarida ham bu aniq ko‘rinadi. “Jadid”dan shaxsan mening umidim katta.

Otabek Bakirov

Doston Rahmat:

— Gazetalarni kirillda, lotinda bosilibdi deyishdan ko‘ra, ularning dizayni ustida ishlash kerakligi haqidayam gapirishimiz kerakdir. O‘zbekistonda xuddi shunaqa nusxada va shaklda 15 tacha gazeta chiqsa kerak. Agar undan ko‘p bo‘lmasa.

Boshqalarni bilmadim, auditoriyani jalb qilish uchun ham hozirgi kunda gazeta dizayni juda muhim. Shu bilan birga, dizayner ham o‘z ustida doi­miy ishlab, izlanishda bo‘lgani yaxshi.

Doston Rahmat

Shuhrat Hayitov:

– “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi o‘z davrida turlicha nomlangan, ya’ni inqilobiy o‘zgarishlar bu gazetada ko‘p bo‘lgan. Eng muhimi, u bugun yangi nom bilan 700-800 nusxada emas, balki yigirma mingga yaqin adadda chop etilayotir.

Asosiy masala gazetaning qo‘lma-qo‘l o‘qilishida, o‘z o‘quvchilarini topishdadir…

Shuhrat Hayitov

Nazokat Murodova:

– Yangi gazetaning shov-shuvini eshitib o‘qigim keldi. Lekin topolmadim. Tezroq elektron versiyasini yo‘lga qo‘yinglar. Telefonda bo‘lsayam o‘qib turaylik.

Sherzodbek Dehqonov: 

– Gazetalar “davri” yana qachonlardir qaytishi kerak. “Jadid”chilar jamoasiga ijodiy barkamollik tilayman. Iloji bo‘lsa, nashr soni ko‘payib, har bir xonadonga kirib borsa… Elektron shaklini yoritish masalasini ham o‘ylab ko‘rish kerakmikan. Faqat obuna bilan cheklansa, gazeta yuksalishi qiyin hozirgi vaqtda. Ya’ni ijtimoiy tarmoqlarda faollashish maydonini yaratish kerak.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600