22.08.2024 | 12:16
234
QALB KO‘ZI OCHIQ JURNALIST
“…Hamma ham bu dunyoda bir iz, bir ezgu nom qoldirishni o‘ylab yashaydi. Insonning mehnatlari ertadir-kechdir e’tirof qilinsa, bu uning harakatiga g‘ayrat, kuchiga qanot beradi, albatta…” Yozuvchi uchun mehnati samarasi o‘laroq, yozganlari kitob bo‘lib chiqsa, o‘quvchilarini topsa, bundan katta baxt bo‘lmasa kerak.

Taniqli jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Husan Ermatovning yangi kitobi “Sokin daryo mavjlari” deb nomlangan bo‘lsa-da, uning ichida atrof-javonibga uyg‘oq nigoh, ijtimoiy voqea-hodisalarga nisbatan fuqarolik qat’iyati mujassam. Kitobda muallifning respublika matbuotida e’lon qilingan publitsistik maqolalari jamlangan bo‘lib, ularda asosan bugungi kunning dolzarb mavzulari qalamga olingan.
Ayniqsa, matbuot va media sohasiga oid maqolalar, jadal elektron axborot maydonining yuzaga kelishi ortidan gazetachilik, obuna masalalarida paydo bo‘lgan muammolar kuyunchaklik bilan yoritilgan. Xalq ma’naviyatini oshirishga oid o‘rinli mulohazalar, tanqidiy fikrlar kishini o‘ylashga, mushohada qilishga undaydi. Maqolalarni o‘qish jarayonida kishida beixtiyor, millat kelajagi uchun javobgarlik hissi qo‘zg‘oladi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Ahmadjon Meliboyev to‘plamga yozgan so‘zboshisida “…Qalb ko‘zi ochiq jurnalist kasal xuruj qilmay turib, vaqt va imkon borida bong urishi, ogohlikka chorlashi zarur. Husan Ermatov qalamiga mansub maqolalarni o‘qib borayotgan, teleko‘rsatuvlarda bildirgan, bildirayotgan salmoqli fikrlaridan xabardor kishi unda ayni shu fazilat – oldindan ko‘ra olish qobiliyati mavjudligiga amin bo‘ladi…”, deydi. Bu tavsiflarning qanchalik to‘g‘ri ekaniga esa “Sokin daryo mavjlari”ni o‘qib amin bo‘lishingizga shubhamiz yo‘q. O‘ylaymizki, qalbi uyg‘oq, tafakkuri teran publitsistning o‘y-mulohazalari, keskin fikrlari sizni-da befarq qoldirmaydi.
Sh.ALIYEV
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
77
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
594
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
592



