Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.09.2024 | 15:10

img338

KARGAPOLI VOQEASI yoxud Abdusalom akaning aytganlari

Bir kuni Chorsu bozorida joylashgan “Turon” kutubxonasining sobiq binosida “Zarafshon” gazetasining 20-yillar­dagi taxlamlarini varaqlab o‘tirgan edim. Tepamga bir kishi qiziqsinib keldi. Ko‘zida ko‘zildirik, qo‘ltig‘ida muallimlarning uniqib ketgan yelim papkasi, ko‘rinishidan ziyolinamo. Tanishib, bir-ikki og‘iz gaplashgan bo‘ldik. Abdusalom akaga yozayotgan tadqiqot mavzuimdan gapirdim. 20-yillarda ­yashab ijod qilgan munaqqidning 30-yillarda qamoqqa olinganidan so‘zladim. “Qamoq muddatini Kargapoli mahbusxonalarida o‘tagan”, deganimda suhbatdoshim o‘yga toldi. Allanimanidir eslagan bo‘ldi. Beixtiyor bir seskandi. “Kargapoli” so‘zi u kishini moziyga tortib ketdi. U bobosi – Abdusa­mad buva qismatidan so‘z ochdi va u kishi­ning tilidan ajib bir hodisani gapirib berdi.


“Kargapoli qamoqxonasida mening o‘n to‘qqiz yillik umrim o‘tdi. Xudo bandasining boshiga solmasin bunday ko‘rgilikni. Hibs­ning oti o‘chsin. Birovning qosh-qabog‘iga, qo‘liga qaramsan. Buyruq-ko‘rsatma bilan nafas olib-nafas chiqarasan go‘yo. Har qadaming sanab turiladi. Ammo men do‘xtir bo‘lganim uchun nisbatan erkin, biroz imtiyozga ega edim. Kerak bo‘lib qolsam ular kasal mahbus­larga tashxis qo‘yish uchun mendan foydalanishardi. Betob mirshablarning holidan xabar olgan paytlarim ham bo‘ldi. Ammo ular juda ehtiyotkor. Ishonishmaydi. Berilgan hapdorilarni avval o‘zimda sinab, keyingina ichishardi. Kim bilsin, zahar berayotir deb hayiqisharmidi.
Bir kecha uxlab yotgan edim (kasbim hurmatiga “ichkari”dagilar “Do‘xtir buva” deb chaqirishardi) “Do‘xtir buva, turing, gap bor”, dedi savlatli, shopmo‘ylov, sap-sariq navbatchi mirshab o‘rischalab. Hayron bo‘lganimni ko‘rib qo‘shimcha qildi: “Bittasi o‘lib qolibdi. Akt tu­zib, rasmiylashtirishimiz kerak”. Apil-tapil kiyi­nib unga ergashdim.
Shopmo‘ylovning aft-angoridan biror narsani uqish ham, o‘qish ham qiyin. Qiyofasi mutlaqo majhul, gapirmaydi. Jim. Hech narsa ma’lum emas. Ammo kimdir o‘lgan. Xo‘sh, kim? O‘ylab boryapman. Shu zaylda keta tursak, yonimizga yana uch mirshab qo‘shildi. Beshovlon yerto‘ladagi maxsus kamera­larning panjarali temir eshiklari tomonga yo‘naldik. Menga bu yo‘laklar tanish. Xizmat yuzasidan kichik qafaslar eshigini ko‘p bora taqillatgan­man, ochganman, kirganman. Be­xos­dan yura­gim “shuv” etdi. Chunki mirshab­lardan biri Saidnosir eshon kamerasi oldida to‘xtadi. “Eh, – dedim ichimda, – Eshonga nimadir… Yaxshi inson edi. Nahotki?” O‘zimga ishonmayman. Mirshab­lar bir saf bo‘lib tizilib olishdi. O‘zaro o‘rischalab shivir-shivir qilishdi:
“Qattiq urding”.
“Kim bilibdi o‘lib qolishini”.
“Quladi-yu hushidan ketdi. Tomirini ushlasam, tinchigan. O‘lik”.
“Endi biz kichkina odammiz, topshiriqni bajardik-da”.
“O‘z joniga o‘zi qasd qilgan. Mana Do‘xtir buva tasdiqlab imzo qo‘yadi”.
Bu allaqanday soniyalarda yuz berayotgan gaplar. Shu mahal men o‘likni ko‘rishga yuragim betlamay, eshikni ochishdan avval darchadan sekin mo‘raladim. Subhanalloh! Ne ko‘z bilan ko‘rayki, Saidnosir aka qiblaga qarab namoz o‘qib o‘tiribdi. Navbatchi mirshab ichkari kirishga undab: “Davay, davay”, dedi. “Biroz sabr qilaylik, ibodat qilayotir”. Mirshablar bu gapimdan hang-u mang bo‘lib qolishdi. “O‘lgan edi-ku! Qanday tirildi?” O‘zaro pichirlashib bahslasha ketishdi: “Bosh­liqqa nima deb javob beramiz?” Tasavvurimda Saidnosir aka uzala tushib, yerbag‘irlab yotibdi, yuzlari momataloq. Og‘zidan qoni kelgan edi go‘yo. U ikki yoniga salom berib, qisqa duo qildi. Yuziga fotiha tortgach, ortiga o‘girildi va meni ko‘rib dediki: “Tinchlikmi, Abdusamad og‘ayni, yarim tunda?” Bir muddat duduqlandim, tilimga so‘z kelmadi. Bazo‘r: “Doimgi ishimiz, taqsir, sizlardan bir-bir xabar olib yuribmiz. Ahvollar yaxshimi? Kamchiliklar yo‘qmi?” dedim o‘zimga mirshablar safidan joy berib.
To‘rt mirshabga ergashib ortga qayt­dim. Joyimga borib yotishim buyurildi. Biroq ko‘zga uyqu kelmadi. Hali tong yorishmasdan yo‘qlagan boshliq eshikdan kirmasimdanoq o‘dag‘aylab ketdi: “Sening yurtdoshing (“ze­ming”) ekan, sen o‘zbeklar millatchi bo‘lasanlar. Gapir, qanaqa ukol qilding? Qan­day tiriltirding?” Dag‘dag‘aning ma’nosini shunda angladim. Men tiriltirgan emishman. ­“Eshigidan kirmadim, yoniga yo‘lamadim. Ana, mirshablar guvoh”, desam battar tutaqdi. Oxiri asabim chidamadi. “Qanday tiriltirding?” Bu savol qayta so‘ralganda, butun jasoratimni tilimga jamlab aytdimki: “Mendan so‘rab nima qilasiz? Allohdan so‘rang. U zot bilguvchi­roq”. Xonada u yoqdan-bu yoqqa yurib turgan boshliq taqqa to‘xtadi. So‘ng­ra menga ruxsat tegdi. Boshqa bezovta ham qilishmadi.
Saidnosir aka bilan hibsxonada ko‘p bora yuzma-yuz keldim. Ammo o‘sha tundagi tashrifimiz sababini ochiq aytmadim. U kishi ham so‘ramadilar”.
Birgina Kargapoli nomi Abdusalom aka xayolida shu xotirani jonlantirdi. Enam rahmatli: “Qirq yil qirg‘in bo‘lsa-da, qazosi yetgan o‘ladi”, derdilar. Saidnosir eshonning qazosi yetmagan ekan. 1956-yili eson-­omon oilasi bag‘riga qaytibdi.

Bahodir NURMUHAMMAD


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600