20.09.2024 | 15:38
654
“ERKIN A’ZAM – SARKAZM USTASI”
“Erkin aka katta izdihomlarni yoqtirmaydi. Hamma bilan ham til topishib, chaqchaqlashib keta olmaydi. Ammo o‘ziga ma’qul tushgan odam bilan soatlab gurunglashishi mumkin. O‘ziga xos xarakterli odam. Yozuvchining fe’l-atvoridagi o‘jarlik, qaysarlik, haqiqatparastlik, adolatparvarlik uning qahramonlariga ham ko‘chgan…” Ushbu fikrlarni filologiya fanlari doktori Marhabo Qo‘chqorovaning “Erkin A’zam – sarkazm ustasi” nomli kitobida o‘qishingiz mumkin.

Adabiyot rivoji, albatta, ilm, ya’ni adabiyotshunoslik bilan bog‘liq. Birgina misol: zabardast ijodkorlarning asarlarini targ‘ib qiladigan, uning xususiyat va kamchiliklarini aytadigan yetuk olimlar XX asr adabiyotida muhim rol o‘ynagan. Adiblarning turfa janrdagi asarlari haqida yozilgan tahlillarning ahamiyati beqiyos bo‘lgan.
Bugungi kunda ham zamonaviy adabiyotni tadqiq qiladigan o‘tkirnazarlarga ehtiyoj katta. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti o‘rganiladigan katta adabiy bazaga aylanib bo‘ldi. Demak, adabiyotshunoslarning o‘rni ham shunchalik muhim.
Adabiyotshunos, olima Marhabo Qo‘chqorovaning Erkin A’zam ijodi haqida bitgan “Erkin A’zam – sarkazm ustasi” kitobi “Fan” nashriyotida chop etildi. Filolog mutaxassislar, yozuvchining muxlislari, talabalar va keng jamoatchilik uchun mo‘ljallangan ushbu monografiyada yozuvchi ijodi bir butun holda tahlil qilingan. Uni o‘qigan odamning beixtiyor adib ijodiga mehri oshadi, asarlarini yana bir bor o‘qish istagi paydo bo‘ladi.
Erkin A’zam asarlarini o‘qigan kitobxon uning so‘z o‘yiniga, qochirimlariga, tasvirlariga shaydo bo‘ladi. Adib mohirlik bilan so‘zga sayqal beradi. Asarlari jiddiy mavzuda, shunga monand qahramonlari obrazi ham betakror, ular shunaqa kinoyali gapiradiki, beixtiyor o‘quvchining yuzida tabassum paydo bo‘ladi.
Ovoz chiqarmay turib aytish, kulmay turib kuldirish, me’yordan oshirmay mubolag‘a qilish – ijodkor uslubi… Yozuvchining ustaligi va mahorati ham shunda.
Erkin A’zam asarlaridagi sarkazm, mubolag‘a, satira, so‘z o‘yinlarini topib uni tadqiqotga tortgani – olimaning yutug‘idir. Kitob sakkiz qismdan iborat. Uni mutolaa qilish asnosida muallif mazkur risolani yaratish ustida bir necha yillar izlanganiga amin bo‘lasiz.
Adabiyotimiz va ijodkorlar baxtiga ana shunday fidoyi va jonkuyar sinchilar ko‘paysin. Shundagina adabiy asarlarning biz payqamagan, faqatgina sinchilargagina ko‘rinadigan qirralari namoyon bo‘laveradi. Adiblarimizning mahorat sirlari havasmand qalamkashlar ko‘z oldida kashf etilaveradi.
Zikrilla MAMATOV
“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 38-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
93
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
606
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
604



