23.09.2024 | 17:06
246
“OTLANDI” VA “QUSHLANDI”
Avvalroq o‘zbek tilida qishloq so‘zi bormi, demak, mantiqqa ko‘ra, bu tilda qishlashning ziddi bo‘lgan, to‘g‘rirog‘i egizagi bo‘lgan yozloq so‘zi ham bo‘lishi kerak degan fikrda yaylov va chayla so‘zlari xususida mulohaza yuritgan edim.

Bu mavzumiz ham shunga mosroq. Tilimizda yo‘lga tushish otlandi so‘zi bilan ifodalanadi. Otdami, avtomobildami, poyezddami, baribir, yo‘lga tushdingizmi, otlangan bo‘lasiz. Qadimgi tilimizda qanotlanish, uchishga shaylikni bildirgan qushlandi degan so‘z bo‘lgan. Endi u zamonlarda samolyot yo deltaplanlar bo‘lmagani uchun odamlar uchishni orzu qilganlar, tushida ko‘rganlar, qanotli bo‘lishni istaganlar. Lekin bandasining yelkasidan qanot o‘sib chiqishi buyurilmagan.
Mahmud Koshg‘ariy izohiga ko‘ra, qushlandi so‘zi “qanotlandi” ma’nosi barobarida odam “bir oti ustiga ikkinchi otni oldi, ikki otli bo‘ldi” degan ma’noni ham anglatgan. Ya’ni, ikki oti bor odamning ikki qanoti bo‘ladi. Bunday odamga nisbatan Ӭr qushlandї deyilgan. Yana bobomiz qanotlandi degan so‘zni ham ishlatgan. Ӭr qanotlandї iborasi “odam uchar otli bo‘ldi va unda uchdi yoki tilagiga yetdi” degan mazmunda kelgan.
Otlandi so‘zida ham, qushlandi so‘zida ham she’riy ruh bor.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2024-yil 13-sentyabrdagi 38-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
602
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600

