24.09.2024 | 14:10
551
ZAMONAVIY MUTOLAA
Xalqaro tadqiqot instituti o‘tkazgan so‘rovnoma natijalariga ko‘ra, 2016-yili dunyoning eng kitobxon millati xitoyliklar bo‘lishdi. So‘rovnomaga javob bergan xitoyliklarning 70 foizi har kuni yoki har haftada aqalli bir marta kitob o‘qishini ta’kidlagan. Ikkinchi o‘rinni rossiyalik (59 foiz), uchinchi o‘rinni ispaniyalik (57 foiz) kitobxonlar egallashdi.
Hozirgi kunda kitob o‘qishning turli xil usullari va vositalari keng tarqalgan. Kitob topish ham muammo bo‘lmay qolgan. Kishi qayerda istasa, o‘sha yerda, qay holatda bo‘lishidan qat’i nazar mutolaa qilish imkoniyatiga ega. Elektron kitob o‘qiyverib ko‘z toliqmasligi uchun maxsus “Bookreader”lar mavjud. Faqat bizda birgina narsa – xohish bo‘lsa kifoya…

XXI asrga kelib yoshlarni kitobga jalb etish qiyin masalaga aylanib borayotgani sir emas. Atrofimizni turli xil gadjetlar o‘rab olayotgani, chalg‘ituvchi narsalarning tobora ko‘payib ketayotgani kitobxonlik darajamizga ham putur yetkazmay qolmayapti. Shunday vaziyatda butun mamlakat yoshlarini kitobga qiziqtiradigan, qamrab oladigan, o‘zining qulayligi va jozibadorligi bilan ajralib turadigan kitobxonlik bo‘yicha kattagina platformaga ehtiyoj seziladi. Ana shunday kitobxonlik “maydon”i yaratildi va kutilgan natijaga erisha boshladi. Bu – Yoshlar ishlari agentligi hamda Xalq banki tomonidan tashkil etilgan “Mutolaa” loyihasidir.
Loyiha ilova shaklida bo‘lib, qurilmaga yuklab olinadi va qo‘l telefonimizdagi doimiy hamrohimizga aylanadi. Hozirgi kunda ilovani 900 mingga yaqin kishi yuklab olgani quvonarli hol. Bu – loyihaning muvaffaqiyatidan dalolat. Ayni ko‘rsatkich kundan kunga ortib borayotir. Endi o‘tirib kitob o‘qishga vaqt yo‘q, degan bahonalarga o‘rin qolmaydi. Ilovadagi kitoblarni istalgan joyda, xohlagan paytingizda mutolaa qilishingiz yoki tinglashingiz mumkin.
Loyiha yil oxirigacha bir million kitobxonga ega auditoriyani qamrab olish, o‘zbek adabiyotini xorijga eksport qilish hamda bolalar adabiyoti bozorini yaratish kabi uchta asosiy maqsadni ko‘zlab ish olib bormoqda.
Loyiha bugungi kunda yoshlar ko‘p qimmatli vaqtini telefonda o‘tkazib, mutolaadan uzoqlashgani, chop etilayotgan kitoblar adadi yoshlar soniga mutanosib emasligi, kutubxonalar yetishmasligi, elektron kitoblarning tarqoqligi, kitoblarning sifatli audio formatdagi shaklini yaratish tizimli yo‘lga qo‘yilmaganligi va bolalar adabiyoti inqirozi kabi kun tartibidagi muammolarga yechim o‘laroq vujudga keldi.
Adabiyotshunos, shoir va yozuvchilarni, o‘zbek va jahon adabiyotining sara namunalarini bir ilovaga jamlash, taniqli suxandon va dublyaj ustalari orqali asarlarni audiolashtirish, bolalarga oid asarlarni yoshga qarab ajratish, mamlakatda mutolaa ko‘lamini kengaytirish maqsadida butunlay yangi “Kitob-kino” kabi yo‘nalishlardan foydalanish uchun ko‘plab targ‘ibot mahsulotlarini tayyorlash loyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar jumlasidandir.
Hozirgacha ilovaga 1310 dan ortiq audio va 1610 ga yaqin elektron kitob joylashtirildi. Bugungi tig‘iz va shoshilinch hayotimiz hisobga olingan holatda, audio-kitoblarga katta e’tibor qaratilyapti. Boir Xolmirzayev, Dildora Rustamova, Nargiza Mirzayeva, Elbek Mirzohidov, Muhammadali Abduqunduzov, Mahmud Ismoilov, Behzod Muhammadkarimov, Ramziddin Sayfiyev, Muslima Murodova kabi mashhur, iste’dodli aktyorlar va suxandonlar yordamida kitoblar ovozlashtirilyapti. Kitobxonlarda endi ko‘chada, transportda, jismoniy mehnat jarayonlarida bevosita mutolaaga oshno bo‘lish imkoni mavjud.
Bolalar adabiyotiga ham alohida urg‘u berilmoqda. Loyihaning bolalar adabiyoti bo‘limi qoshida “Bolalar ijodkorlari maktabi” faoliyat ko‘rsatmoqda. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad – loyiha doirasida yosh ijodkorlar jamoasini tashkil etish, ulug‘ ajdodlarimizning bolalikdagi siymolari aks etgan kitoblarni ko‘paytirish va zamonaviy-milliy qahramonlarni yaratishdir.
Ilovaga yuklangan barcha kitob muqovalari sun’iy idrok tomonidan yaratilgan. Bundan tashqari, kitoblarni audiolashtirishda ovozni klonlashtirish integratsiyasi ham ancha takomillashtirildi. Bu nima degani? Endi siz bir asarni turli ovozlarda, eng hayratlanarlisi esa, marhum ijodkorlarning ovozida ham tinglash imkoniga ega bo‘lasiz. Bu jarayonda, albatta, ovozlarning mualliflik huquqiga alohida e’tibor qilinadi.
Har qanday davlatning, mamlakatning, xalqning yagona najoti – ilmda. Ilm uchun yagona vosita kitob va kitobxonlikdir. Hamisha shunday bo‘lib qoladi. “Mutolaa” loyihasi esa kitobxonlik targ‘iboti yo‘lida “yo‘lchi yulduz” vazifasini o‘tashga bel bog‘laydi va siz kitobxonga eng yaxshilarini ilinadi.
Gulasal QODIROVA,
adabiyotshunos
“Jadid” gazetasining 2024-yil 20-sentyabrdagi 39-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
86
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
599



