Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 9°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


19.04.2024 | 11:33

img451

AMERIKA JODUSI, yoki grin-karta lotereyasi zamonaviy qullik bozori hujjatimi?

Grin-karta nimasi bilan dunyo aholisining e’tiborini tortmoqda? Nima uchun AQSh hukumati bu kabi uzoq yillik malakaga ega loyihani izchillik bilan davom ettirmoqda? Grin-karta yutug‘ini qo‘lga kiritgan o‘zbek(lar)ning taqdiri Amerikada qaysi nuqtadan boshlanadi? Grin-karta lotereyasi sohiblari Amerika fuqaroligini qo‘lga kirita oladimi? Arosatdagi fuqarolik odamlarga qanchaga tushmoqda?  Amerika ba’zilar uchun orzular mamlakati ekani bor gap. Chunki “Amerikaga ketyapman” degan gapni eshitganda odamlar hech bo‘lmaganda “O‘h-ho‘o‘o‘” deya hayratga tushadi. Har yili grin-karta o‘ynaladigan oktyabr-noyabr oylari intiqlik bilan kutiladi. So‘rovnoma o‘tkazganimizda shu ma’lumot aniq bo‘ldiki, bir odam hatto o‘n to‘rt bor grin-karta lotereyasini o‘ynagan. Va nihoyat, o‘n to‘rtinchi urinishda yutuqni qo‘lga kiritgan. Yutuq chiqib qolganda esa, har qanday oliy ma’lumotli yoki yuqori lavozim egasi bo‘lganlar ham ummon ortiga otlanadi. Ular orasida atoqli san’atkorlar-u taniqli jurnalist va aktyorlar ham borligi fikrimizning dalilidir. Rivojlanmagan mamlakatlar fuqarolari uchun Amerikada doimiy yashash huquqini beruvchi ushbu grin-karta loyihasi 1940-yili ta’sis etilgan bo‘lib, yildan-yilga rivojlandi, keng yoyildi, ohanrabo kabi boshqa millat vakillarini o‘ziga jalb etdi. Bir savol paydo bo‘ladi, o‘z fuqaroligini bermaydigan (grin-karta­ning tartib-qoidasida bu qat’iy belgilangan), faqat o‘qish, ishlash va yashash huquqini tuhfa etuvchi ushbu lotereyadan Amerikaga nima naf? Ya’ni, odamlar grin-karta yutadi, Amerika nima yutadi? Aslida kashf etilishi muhojir sayyoh badaliga tushgan ushbu mamlakat har yili 55 mingdan ortiq kishiga grin-karta yutug‘ini tuhfa etadi. Darhaqiqat, dunyoning turli davlatlaridan kuchga, g‘ayratga to‘lgan yoshlarni Amerikaga jalb qilish, ishchi kuchini ko‘paytirish, kelgan muhojirlarning ham kuchidan, ham bilimidan foydalangan holda Amerikaday aristokrat mamlakatning nufuzini yanada oshirish bu loyi­haning bosh maqsadidir. Axir, Amerika asli kelib chiqishi italiyalik ispan millatiga mansub Xristafor Kolumbning sa’y-harakatlari bilan kashf etilgani tarixiy haqiqatligini inobatga olsak, bu mamlakatning ovro‘pacha beshigini avval boshdan muhojirlar tebratgani ayon bo‘ladi. Bugun Amerika aholisi uch yuz o‘ttiz uch milliondan ortiq deb belgilangan bo‘lsa, uning sakson to‘rt milliondan ko‘prog‘ini muhojirlar tashkil etadi. O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarida yoritilgan materiallarga nazar tashlaydigan bo‘lsak, 2010-yildan 2019-yilgacha bo‘lgan davr oralig‘ida 27 ming 563 nafar o‘zbekistonlikka grin-karta berilgan. Xususan, 2023-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra 5000 dan ortiq o‘zbek ushbu o‘yinda yutgan, 3100 nafari viza olishga muvaffaq bo‘lgan. Albatta, Amerikada yashash huquqini qo‘l­ga kiritgan orzumand fuqaro o‘zida yo‘q shodlanadi, afsonaviy o‘lka tomon yo‘lga tushadi, orzular ro‘yobidan mast bo‘ladi. O‘zini afsonaviy Susambilga oyog‘i yetgan kabi his qiladi. Biroq grin-karta – hamma qiyinchiliklar shu nuqtada tugaydi, deganimi?! Amerika faqat baxt va shodlik va’da beruv­chi mamlakatmi, degan savollar odamni o‘yga toldiradi.  To‘g‘ri, Amerikaga borgach, u yerda hech kimni ochil dasturxon-u tekin uchar gilamlar kutib turgani yo‘q. Chunki Amerika departamenti faqat u yerda yashash huquqini beradi, uy-joy, ish va boshqa imtiyozlarni tuhfa etmaydi. Turli millatlar, turfa madaniyatlar jamlangan mamlakatda ishlash, o‘zligi­ni saqlab qolish oson emasligi ham kunday ravshan. U yerda uzoq masofaga yuk tashuv­chi haydovchi, farrosh, kutub­xonachi, tikuv­chi, ishchi, sotuvchi, keksalar­ni parva­rish­lovchi, quruvchi, oshpaz bo‘lib ishlayotgan hamyurtlarimiz bor. To‘g‘ri, ular AQShday iqti­sodiy qud­ratli mamlakatda O‘zbekistonda ishlab topgan oylik maoshi bilan solishtirganda ko‘proq topayotgan bo‘lishi mumkin. Qolaversa, u yerga ketganlarning fikricha, sayyohlik malakasi shakllanadi, yurt ko‘radi, odam taniydi. Lekin bir savol odamni o‘ylantiradi: har yili grin-kartani qo‘lga kiritib, AQShga otlangan necha minglab oilalar farzandlarining taqdiri, ularning kelajagi nima bo‘lyapti? Ketganlar­ning hammasi ham farzandlarini o‘zbekligiga, o‘z tarixiga, tiliga, madaniyatiga mehr-u muhabbat bilan tarbiyalay oladimi? 2015-yili Amerikada xalqaro yozuvchilar dasturida ishtirok etganimda bir necha o‘zbek oilalarining farzandlari o‘zbek tilini bilmasligidan nolib gapirgan, menga Amerikada qolib, o‘zbek oilalarining farzandlariga o‘qi­tuv­chilik qilishimni taklif qilishgan edi. Tabiiyki, qabul qilmaganman, yurtga qaytgan­man. Bu borishda ertaga tilni, o‘zbekligi­ni unutgan na amerikalik, na o‘zbekistonlik bo‘lgan gibrid bir millat dunyoga kelmaydimi? Nima bo‘lganda ham genlarning o‘z tomirlari­dan olislashuvi, madaniyatlarning, ma’naviy qad­riyatlarning mo‘rtlashuvi taraqqiy etishi bor gap. Demak, bugungi kungacha taxminan 30 mingdan ortiq hamyurtimiz “sehrli diyor”da yashayotgan ekan, xo‘sh, ular­ning ahvoli-ruhiya­si qanaqa, degan savol odamni o‘ylantiradi. Ularga “sim-sim” eshiklari-ku ochildi, bu bilan ular o‘z nafs karvonlarini orzu­sidagiday qondirishga ulgurdilarmi? Hamyurtlarimiz pul hamma muammoni bartaraf eta olmasli­giga amin bo‘lishganmi? Aks holda AQShda istiqomat qilayotgan qanchadan-qancha odamlarimiz hayotida ko‘ngilsizliklar, fojiali oqibatlarga olib kelgan falokatlar ro‘y bermagan bo‘lardi. Xususan, 2024-yilning mart oyida Sarvar Ollaberganov sobiq xotini Durdona Sultonovani to‘pponcha bilan otib o‘ldirgan, ikki nafar farzandi esa yetim qolgan. Er-xotin ikkovi ham Toshkentdagi Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini tamomlaganligi ma’lumotlar orqali ochiqlandi. Xuddi shu kabi yana bir qayg‘uli holat mart oyida ro‘y bergan edi. Nyu-York poli­t­­siyasi qirq olti yashar o‘zbek millatiga mansub Jamshid Ne’matovni otib o‘ldirgan. Ne’matov 8-mart kuni turmush o‘rtog‘i Amirani pichoq­lagach, yetib kelgan politsiya­ning ogohlantirishiga qa­­ramasdan ayoliga pichoq tiqishda davom etgan va natijada politsiya o‘qi tufayli u hayot bilan vidolashgan. Ayol esa shifoxonada jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani aytiladi. Xo‘sh, bu kabi o‘ta uqubatli voqealarni qan­day izohlash mumkin? Qolaversa, bu kabi holatlar nafaqat Amerikada, balki chetda yashayotgan aksariyat vatandoshlari­miz orasida ham ro‘y bermoqda. Modomiki, vatandoshlarimiz mo‘may daromad izlab Amerikaga ketgan ekan, daromadni-ku topmoqda, biroq baxt­ni, xotirjamlikni, osoyishtalikni topa olish­yap­timi? Bu­ning nomi to‘qlikka sho‘xlikmi, o‘ziga xon, o‘ziga beklikmi va yoki demokratiya jodusimi bu? Shuningdek, keyingi yillarda Meksika orqali AQSh chegarasini noqonuniy buzib kirayotganlar va suv yo‘li orqali o‘tayotganda timsohlarga yem bo‘lgan o‘zbeklar haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar tarqal­di. Aynan yosh shoira qizning Amerikaga Meksika orqali noqonuniy ravishda kirib, tikuvchi bo‘lib ishlayotgani haqida ma’lumotga egamiz. O‘zbekning nima uchun chet elga ishtiyoqi bunchalar baland? Nega odamlar yoppasiga Amerika xumoriga chalingan? Vatandoshlarimiz bu qutqudan qutulib o‘z vatanimizni, o‘z yurtimizni rivojlantirish haqida o‘ylaydigan fursat yetib kelmadimi? Axir, o‘tgan asr boshlarida turkistonlik millat oydinlari jahon kezgani, Ovro‘pa-yu Osiyoni tirikchilik dardida emas, ma’rifat hasratida oralab, millat dardiga darmon izlagani hammamizga ma’lum-ku. Jadid bobolarimiz Beh­budiy, Cho‘lpon, Fitrat, Hamzalarning chet el taassurotlari bitilgan yo‘lnomalari nahotki bizga saboq bo‘lmasa. Germaniyaga o‘qishga jo‘nab ketgan yetmish nafar talaba yurtda ommaviy rep­ressiya shitob davom etayotganiga qaramasdan o‘z yurtiga qaytib kelgani ko‘p narsani anglatadi, menimcha. Amerikacha “uchburchakli qullik tizimi” ikki yuz yildan ortiqroq vaqt davom etib, 1865-yilgacha, ya’ni AQSh prezidenti ­Avraam Linkoln davrigacha hukm surgani yaxshi ma’lum. Lekin bugun tobora muhtasham, tobora sehrli tus olayotgan grin-karta lotereya­lari qul­lik bozorining zamonaviy ko‘rinishi emasmi, degan o‘y kechadi kishi ko‘nglidan. Bu mamlakatni boyitayotgan, qud­ratini ma’lum darajada belgilayotgan, mavqeini ko‘tarayotgan vositalardan biri grin-karta lotereyasi emasmi? Qullik bozorlarining faqat tarixda qolgani rost bo‘lsin, ilohim!

Go‘zal BEGIM

“Jadid” gazetasi 2024-yil 12 -aprel 16-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img121

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img632

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img627