10.04.2024 | 16:07
381
NOM YAXSHIMI, NON?..

“Jadid” gazetasi chop etilishi haqidagi xabarlarga ko‘zim tushganda, buni zamona zayli bilan ochilayotgan yangi nashrlardan biri bo‘lsa kerak, deb o‘ylagandim, nashrning nomi Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon kabi jadid bobolarimizning dunyoga kelishi haqidagi mulohazalarga berilishimga sabab bo‘lgandi.
Yangi 2024-yili eshitgan xushxabarlardan eng yaxshisi “Jadid” gazetasining ilk soni nashr etilgani va unga bog‘liq ma’lumotlarning oydinlashgani bo‘ldi. Yangi gazeta mustahkam poydevor – salkam yetmish yildan beri qadrdon nashrimiz bo‘lib kelgan “O‘zbekiston madaniyati”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasi va uning iste’dodli ijodiy jamoasi asosida tuzilgani yanada tahsinga sazovor. Gazetaning besh zabardast homiylarini besh barmoqning birlashib, mushtumga aylanganida ham an’anaviylik bor. Yana xayolimga Abdulla Qodiriy va ulug‘ adibimiz asoschilaridan biri bo‘lgan “Mushtum” jurnali keldi.
Yurtimizda jadidchilik harakati paydo bo‘lishi, ular orasidan Turkiston o‘lkasining ijtimoiy va madaniy hayotida atoqli arboblar yetishib chiqishida vaqtli matbuotning o‘rni katta bo‘lgani tarixiy haqiqat. Gazeta jamoaviy tashkilotchi hamdir. O‘tgan asrning boshlarida paydo bo‘lgan “Oyina”, “Yer yuzi”, “Turkiston” kabi o‘nlab mahalliy nashrlar mudragan Turkistonda yangi romanlar, qissalar yozilishi, sahna asarlari, istiqlol she’riyati dunyoga kelishiga turtki bo‘ldi. Bunday nashrlar bo‘lmaganida na “O‘tkan kunlar”, na “Kecha va kunduz” yozilar, o‘lka shoirlari “qoshing, ko‘zing”dan iborat g‘azallar yozib yuravergan bo‘larmidi…
“O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” nomi “Jadid”ga o‘zgargani ijtimoiy tarmoqlarda ancha shov-shuv qo‘zg‘adi va bu kutilmagan holat emas. Ayrim iddaolarga ko‘ra, “O‘zAS”ni saqlab qolish kerak bo‘lgan va “Jadid” alohida chiqarilishi kerakligi, “O‘zAS” bilan juda ko‘plab xotiralar bog‘liq ekani aytilgan. “Yetti yulduz birlashib, bitta oycha bo‘lolmas”, deganlari kabi adadi mingtalar atrofidagi o‘nta gazetadan ko‘ra bitta – o‘n besh mingdan ziyod tirajli gazeta yaxshi emasmi? “Jadid”ning bosma hajmi ham katta ekan. Turli gazetalarda sochilib yotgan yaxshi maqolalar, asarlarni bir nashrdan topish ham o‘ng‘ayroq.
“Jadid”gacha chiqqan gazetaning ikkala nomi – “O‘zbekiston madaniyati” va “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” o‘chib ketmaydi, gazetaning chiqish ma’lumotlari joyida eslatilib turiladi. Shu paytgacha bir nashrning zamona zayliga ko‘ra nomlari o‘zgarib turganiga ko‘p bora guvoh bo‘lganmiz. Gazeta nomi ham odam ismiga ko‘ra aytilishi osonroq bo‘lishi tarafdoriman. “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” nomini qisqacha “O‘zAS” deb yurardik. Endi qisqacha “Jadid” deymiz.
Gap nomda emas, “non”da – mazmun va mohiyatda.
“Jadid” gazetasi six ham, kabob ham kuymaydigan oltin oraliqni tutib, o‘qishli maqolalar, o‘tkir publitsistika, adabiy tanqid, pishiq-puxta adabiy asarlar chop qilsa va eng muhimi – mualliflarni moddiy rag‘batlantirib, qalam haqi to‘lashni yo‘lga qo‘ysa, nur ustiga nur bo‘lardi. Ana shunda ijodiy raqobat maydoni yuzaga kelardi va bu gazetaning faol muallifi bo‘lish sharafi uchun harakat o‘z-o‘zidan boshlanib ketardi.
Millatimiz jadid bobolarini eslaganda ularga homiylik qilgan mahalliy tadbirkorlar nomini ham yodga olishi kerak va bu borada yangi nashrimizning rejalari bo‘lsa kerak.
Hammamizga yangi “Jadid”li yil muborak bo‘lsin!
Olloyor BEGALIYEV
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
87
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600



