Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


16.04.2026 | 14:01

img801

GAZETA KASALLIK TARQATARMISH…

Bu voqeaga ancha bo‘lgan.

Ta’tilda biznikiga kelgan jiyanim sho‘xlik qilib, qo‘radagi qo‘ylarni ham bezor qildi. Shunda otam uydan gazeta olib chiqib, qo‘raning simto‘riga o‘qiladigan holda katta qilib osib qo‘ydi, so‘ng jiyanni chaqirishimni buyurdi. Jiyanim qo‘raga yoyib qo‘yilgan gazetani ko‘rib, “Nega qo‘yxonaga gazeta ilib qo‘yilgan?” deb so‘raganida, otam: “Sen ta’tilingni bekor o‘tkazyapsan. Qara, men o‘qib bo‘lgan gazetalarimni har doim qo‘raga ilib qo‘yaman. Qo‘ylar ham gazeta o‘qiyotgan bir paytda, nahotki sen o‘qib, bilim olishga fursat topmasang?” deb javob bergan edi. Bu so‘zlar hamon qulog‘im ostida jaranglaydi. Shu hangomadan keyin oramizda: “Otamning qo‘ylari ham gazeta o‘qirdi, sen-chi?” degan istehzoli tanbeh paydo bo‘ldi. Bu gaplarni eshitmaslik uchun barcha qarindosh-urug‘, yosh-yalanglar mutolaaga kirishardik…

Tush payti uyga qaytdim. Darvozaga qistirib qo‘yilgan gazetani ko‘rdim-u, olmay, uyga kirishga shoshildim. Kechga yaqin yodimga tushib, ko‘chaga chiqsam – kechikibman. Yo‘q, gazetani kimdir olib ketmagan ekan, yangam yirtib tashlabdi. Amakimning aytishicha, bu “kasallik tarqatadigan gazeta” emish, uni yirtib, yoqib yuborish kerak ekan. Hamma shunday qilayotganmish. Gazetaning yarmi chiqindi idishida, qolgan yarmi shamolda ko‘chaning turli tomonlariga uchib ketgan edi. Kattaroq bo‘laklarini yig‘ib olib o‘qib ko‘rdim. Sahifalarning deyarli barchasi kasalliklar, shifokorlar va dori-darmon reklamalari bilan to‘lib-toshgan. Gazetaning nashriyot manzili yo‘q. Qo‘shnilar esa o‘z gazetalarini allaqachon tandirga tutatqi qilib yuboribdi.

Albatta, “gazeta kasallik tarqatadi”, degan da’vo aqlga sig‘maydi. Aksincha, gazeta inson tafakkurini charxlaydi, dunyoqarashini kengaytiradi, ham ko‘z nurini, ham aql nurini oshiradi. Aslida, muammo gazetada emas, o‘qishga bo‘lgan munosabatimizda. Ijtimoiy tarmoqlardagi shov-shuvli, tekshirilmagan xabarlardan ko‘ra, gazeta sahifalaridagi ma’lumotlar ishonchli. Shu bois, tijoratchilar, tashkilot va muassasalar o‘z xizmatlarini gazetalar orqali targ‘ib qilishga intilmoqda. Rostini aytsak, ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on va behayolik oddiy holga aylanib bormoqda. Gazeta esa har birimizdan mulohazani talab qiladi.

Biroq masalaning ikkinchi tomoni ham bor. Butun bir gazeta sahifalarini dori vositalari, kasalliklar tarixi, alomatlari va shifokorlar reklamasi bilan to‘ldirish ham to‘g‘ri emas. Chunki kasallik alomatlarini o‘qigan inson o‘zini o‘sha dardga chalinganday his qilib, ruhiy tushkunlikka tushishi mumkin. Reklama qilinayotgan dorini shifokor maslahatisiz qabul qilib, foyda o‘rniga zarar ko‘rayotganlar oz emas. “Dok-1 Maks” fojiasi odamning yuragini hamon zirqiratadi. Shunday holatlardan keyin ham ayrim tijoriy gazetalarning dori-darmon reklamasi bilan to‘lib-toshishi aholi orasida ruhiy xavotir, qo‘rquv va ishonchsizlikni kuchaytirib, aslida ma’rifat va ma’naviyat tarqatishi lozim bo‘lgan gazetchilik obro‘siga putur yetkazayotganini ham tan olish kerak. Bozorlarda gazeta ustiga terilgan mevalarni, gazetaga o‘ralgan ziravorlar-u dudlangan baliqlarni ko‘rganimda, ich-ichimdan achinaman…

Har yili tashkilot va korxonalar respublika va hududiy gazeta-jurnallarga obuna bo‘ladi. Ammo ayrim muassasalarda gazetalar taxlam holicha javonlarda qolib ketishi juda achinarli. Axir, gazeta o‘qish uchun chiqariladi-ku. Agar rahbarlar gazetalarni qabulxonalarga qo‘ysa, kirgan odam haqqoniy axborot, tahliliy va tanqidiy maqolalar orqali fikr yuritish imkoniga ega bo‘ladi. Men o‘zim “Yangi Sirdaryo” gazetasini qarindoshlarim, qo‘shnilarim, umuman, ko‘plab insonlarga, albatta, beraman.

Yana bir karra tafakkur qilaylik. Gazeta bizga voqealarga mustaqil fikr bilan yondashishni, tahlil qilishni, tanqidiy mulohaza yuritishni o‘rgatadi. Bir so‘z bilan aytganda, gazeta ma’rifat tarqatadi!

Bahrom BOYMURODOV

“Jadid” gazetasining 2026-yil 3-apreldagi 14-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600