Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.10.2024 | 12:28

img374

KATTALAR IBRATI

Bugun bir yumush bilan ko‘chaga chiqdim. Manzilimga yetib olish uchun yo‘nalishli taksiga o‘tirdim. Avtomobil salonini yoqimli va qimmatbaho atir hidi tutib ketgan, shofyor yonida o‘rtayosh, chiroyli ayol o‘tirar, bir gapirib o‘n kulardi.

 – Eh, uka, qarang, mana siz ham sezdingiz atirimning hidi shirinligini, do‘kondagi sotuvchi yigit ham rosa kompliment qildi. “Qo‘g‘irchoq­ni bepulga olib ketavering, nabirangiz, buvi, deb murojaat qilmaguncha buvi ekaningizni ham sezmabman”, deydi-ya, tushmagur. Ha-ha-ha-ha. Voy, kulgidan o‘zimni tiyolmayapman. Qayga borsak, odamlarni lol qoldirib yuramizda, to‘g‘rimi, Lolajon, – deya orqa o‘rindiqqa o‘girilganidagina mendan biroz nari­roqda qo‘g‘irchoq ushlab o‘tirgan qizaloqni ko‘ribman.

Boshim shunchaligam aylanib qoladimi, a? Orqa o‘rindiqqa chiqib, yonimdagi 4-5 yashar qizchani sezmasam-a? Taajjublanishga ulgur­ma­simdan bir payt qizaloq tilga kirdi:

– Mani buvim – eng go‘zal ayol. Ular bilan birga yursam hamma amaki­lar shunday deyishadi. Soch­lari chiroyli, yuzlari tiniq. Manam katta bo‘lsam shunaqa go‘zal bo‘laman. Buvim-chi, maniyam salonga olib boradilar…

To‘g‘risi, nima deyarimni bilmay lol edim. Yo‘l uzoqligigami, bir gapi­rib o‘n kulayotgan ayol, tinimsiz xusho­mad qilayotgan taksichi, kichkinagina orzulari bir olam qizaloqning gaplari go‘yo uzoqdan kelayotgandek eshiti­lar, ko‘z o‘ngimda o‘zim­ning 4-5 yashar paytlarim gavdalana boshladi.

…Buvim qayergadir otlanayot­ganlarini ko‘rib, men ham ergashdim. U yonlaridan o‘tdim, bu yonlaridan. Axiyri, ko‘ndilar.

– Keling, birinchi siz kiyining unda (buvim nimagadir bizni “siz”lab gapirardi), – deb ko‘ylagimni olib chiqdilar. Birinchi ki­yinib olganim­gami, endi sabrsizlik bilan buvim tayyor bo‘lishini kutardim. Kutganim sari, vaqt sekinlashganday bo‘lardi. Buvim atayin bitta-bitta kiyinar, men esa betoqatlik bilan kutardim.

Buvim shoshilmaygina o‘zlari tikkan, keng bichimli, yengi va etagi uzun, tik yoqali ko‘ylaklarini oldi. Oyoq­lariga mahsi kiyib, ko‘ylak ustidan nimcha tashlagach, boshlaridagi uyda o‘rab yurgan kichik ro‘mollari­ni yechib, ko‘chalik kichik ro‘molni orqadan bog‘lab o‘radilar. Keyin undan biroz kattaroq ro‘molni iyagidan bog‘lab, ustidan doka ro‘mol, uni ustidan esa katta to‘rtburchak yalakni tashlab oldilar.

Men uchun asrlarday cho‘zilgan kiyinish marosimi tugagach, yo‘lga tushdik. Yo‘l-yo‘lakay, buvim, erkak kishiga ko‘zim tushsa, ogohlantirishimni bir necha marta takrorladi. Bir payt bizga qarama-qarshi tomondan ikkita erkak kelayotgani ko‘rindi.

– Buvi, ikkita erkak kelyapti, – dedim asta pichirlab. Buvim o‘sha zahoti qo‘limdan tutib bir chetga tortdilar-da, yalaklari uchini qo‘llari bilan ko‘tarib, yuzlarini pana qilgancha, yo‘l chetidagi devor tomon o‘girildi­lar. Shu bo‘yi, boyagi erkak­lar bizga yaqinlashib kelib, yo‘lning narigi chetidan o‘tib, 15-20 qadam uzoq­lashmagunicha kutib turdik.

– Buvi, nimaga ulardan yashiri­nib turdik o‘zi? Ular yomon odammi? – deb bidirlay ketdim.

– Ha yo‘g‘-a, bolam. Shunchaki, begona erkakni ro‘parasida qadam bosish noqulay. Shunga chetga chiqib tura qoldim. Bu – bizning odobimiz, bolam. Qachon, ro‘parangizdan ­erkak kishi chiqib qolsa, unga qarab tik yurmang. Bir chetga o‘tib turing, o‘tib ketsin. Keyin bemalol ketaverasiz, – deb erinmay nasihat qildi. Shu alfozda yo‘l bo‘yi erkak kishi uchrasa, orqa o‘girib to‘xtab, o‘tib ketsa, yurib manzilimizga yetdik.

Buvimning o‘gitlariga hayotim davomida qanchalik amal qila olyap­man, bilmadim. Ammo, buvimni eslasam shirin erkalashlari, har gap­lariga maqol qo‘shishlari, g‘aroyib ­hikoya-yu rivoyatlari quloqlarimda jaranglaydi. Xokisorlik bilan qadam tashlashlari ko‘z o‘ngimda gavdalanadi.

Yonimdagi qizaloq-chi? Balki u buvisining hozirgi harakatlarini takrorlar, balki yo‘q. Lekin uning xotirasida buvisi xuddi shu holda qolishi aniq. Bu yaxshimi yoki yomon? Bilmadim… Bilmadim…

Gavhar NASRULLOH,
Facebook

“Jadid” gazetasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 40-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600