Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.10.2024 | 12:51

img421

IBRAT DOMLANING IBRATI

Davlatimiz rahbari 2017-yil 7-iyul kuni Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida o‘z davrining yetakchi ziyolilaridan biri Is’hoqxon To‘ra haqida to‘xtalib, bu atoqli ma’rifatparvar ajdodimiz o‘ziga Ibrat taxallusini bejiz tanlamagani, uning el-yurt taraqqiyoti yo‘lidagi fidokorona hayoti nafaqat o‘z davrida, balki bugun ham barchamiz uchun haqiqiy ibrat namunasi bo‘lib qolayotganini alohida ta’kidlagan edi. Shuningdek, o‘shanda jadid bobomizga atab zamonaviy bog‘ yaratish, yodgorlik majmuasi va “Ibrat maktabi”ni tashkil qilish tashabbusini ilgari surgan edi. Ushbu taklif jamoatchilik tomonidan qo‘llab-quvvatlanib, Ibrat nomidagi bog‘ va uning muzeyi yaratildi.

“Is’hoqxon To‘ra 1861-yili To‘ra­qo‘r­g‘on dahasining Sayram mahallasida tug‘ilgan. Hibsga olingan paytdagi ijtimoiy ahvoli: mulkdor (o‘z shaxsiy uyiga (!), bitta sigir (!) va bitta otga ega (!), arava, 16 tanob yeri bor. (Hayratlanarlisi, yashash uchun eng zarur mol-ashyo ham unga burjuy-jinoyatchi yorlig‘ini yopishtirishga dalil bo‘lgan). Millati o‘zbek, SSSR fuqarosi, partiyasiz, oliy ma’lumotli, madra­sani bitirgan. Revmatizm bilan og‘rigan. Oila a’zolari: o‘g‘li Abbosxon 57 yosh (mashg‘uloti aniq emas), Vaqqosxon 35 (kolxozchi), Fayozxon 31 (dehqon), Rotibxon 7 yoshda. Qizlari – Zarifaxon 18, Tursunxon 16, Apinaxon 13 yoshda”. Bu anketa Is’hoqxon To‘raning o‘zi tomonidan imzolangan.

1937-yil fevralida Shahrixon (Stalino qishlog‘i) rayon ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i davlat xavfsizligi leytenanti Damin-Zubov (Pavel Vasilyevich – R.Sh) o‘z odamlari bilan bir kunning o‘zida Is’hoq­xon To‘ra va uning o‘g‘li Abbosxon To‘rani hibsga olib, uy xo‘jaligida tintuv o‘tkazadi.

Abbosxon To‘ra dastlabki tergovda 1929-yilgacha mulksiz bo‘lgani, ijtimoiy holati xizmatchi ekani, kelib chiqishi o‘rtahol dehqon ekanligi, millati o‘zbekligi, qishloq xo‘jaligi boshlig‘i bo‘lgani, 1930-yili quloqqa tortilgach, Shahrixon qishloq sovetiga qarashli Tumor qishlog‘iga kelib yashay boshlagani, qishloq imomi ekani, o‘zi va oila a’zolari kolxozga a’zo emasligini aytadi. Bayonnomada u Tumor qishlog‘ida ruhoniylarning maxfiy yig‘ilishida qatnashgani, o‘zga mamlakatlarning Sovet hokimiyatiga qarshi urush ochishi muqarrarligi haqida mag‘lubiyatchilik targ‘ibotini olib borgani, urush bosh­langanida Sovet hokimiyatiga qarshi kurashish maqsadida aholi orasida aksilinqilobiy targ‘ibotda gumonlanib, bu ishga boshqalarni ham da’vat etgani ko‘rsatilib, Andijon turmasida hibsda saq­lash shaklidagi ehtiyot chorasi o‘z kuchida qoldirilganligi qayd etilgan. Mahbus uni imzolab tasdiqlagan. Tergovchi qiynoqlar vositasida Abbosxon To‘radan otasi Is’hoqxon To‘raning “aksilinqilobiy” xarakterdagi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot olishga erishadi. Oqibatda Is’hoq­xon To‘ra ham hibsga olinib, Andijon turmasiga tashlanadi. Shuningdek, mazkur tergov jarayonida Ubaydulla Maxsum Otaboy A’lamov, Jabborxon Sultonxo­nov, Umarali Jumaboyev, Dehqonboy So‘fi Do‘smatov, Akbarali Niyozov, Moʻtabarxon Sultonxonovning “aksilinqilobiy” faoliyati haqida ham ma’lumotlar to‘plangan, shunga ko‘ra ular hibsga olinib, tergov qilinadi va qiynoqlarga solinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavf­sizligi xizmati arxivida Damin-Zubov 1937-yil 8-fevral kuni Is’hoqxon To‘ra Junaydullayevga nisbatan ehtiyot chorasini belgilash uchun davlat xavfsizligi katta leytenanti Lisisinga taqdim etgan hujjat saqlanib qolgan. Uni aynan keltiramiz: “Andijon shahri. 20-fevral kuni O‘zSSR NKVD Ma’muriy xizmat boshlig‘i, davlat xavf­sizligi leytenanti Lisisin, davlat xavf­sizligi serjanti Derevyanchenko Is’hoq­xon To‘ra Junaydullayevni – 1861-yili To‘ra­qo‘rg‘on ra­yonida tug‘ilganini qayd etadi. Uning millati o‘zbek, SSSR fuqarosi, ma’lumoti oliy, arab, fors, turk, afg‘on, hind va rus tillarini biladi. U inqilobgacha 10 yil qozilik qilgan, davlat tomonidan jazoga tortilgan. 1926-yili yer maydoni sotib olgani uchun (!) bir yil qamoq jazosiga hukm etilgan. 1936-yil avgust oyida musulmonlar ruhoniylari­ning maxfiy yig‘inida ishtirok etgan, unda SSSR­ning boshqa davlatlar bilan urushishi muqarrarligi muhokama etilgan va Sovet hokimiyati mag‘lub qilinishi tayinligi qayd qilingan. Bu yig‘inlarda kolxozchilar orasida aksilinqilobiy targ‘ibot olib borish haqida qaror qabul qilingan. Sovet hokimiyati bilan kurashish uchun aksil­inqilobiy unsurlardan tashkilot tuzish maqsadida Stalino ra­yoni qishloq soveti Yuqori Shahrixon Tumor qishlog‘idagi ikkita kengashda ishtirok etib shaxsan o‘zi nutq so‘zlab, urushning muqarrarli­gi­ni, Musulmon­obod davlati tuzish fikrini aytgani tasdiqlangan. Fuqaro Is’hoqxon To‘ra Junaydullayev O‘zSSR Jinoyat kodeksining 40-moddasi, 66-moddasi 2-bandi, 67-moddasi bilan ayblanib, avvalgi ko‘rilgan chora kuchida qoldirilgan”.

O‘zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat xavfsizlik komiteti Andijon oblasti Andijon shahri bo‘yicha Boshqarmasi katta tergovchisi kapitan Lisenko imzosi bilan 1959-yil 21-avgustda berilgan ma’lumot­nomada Andijon turmasidagi Junaydullayev Is’hoqxon ishi yuzasidan uning o‘limi sababi haqida hech qanday ma’lumot yo‘qli­gi aytilgan. Andijon shahridagi 4-sonli turma arxivida Junaydullayevning hisob kartochkasida u 1937-yil 19-iyunda vafot etgani qayd etilgan. Aslida esa Ibrat domla­ning farzandi Rotibxonning shahodat berishicha, O‘zNKVD Andijon sektori bo‘limining sobiq boshlig‘i Makarevich so‘roq jarayonida “aybini” bo‘yniga oluvchi ko‘rsatma, ma’lumot olish va tergov materiallarini soxtalashtirish maqsadida keksa mahbusga mislsiz azob bergan. Inson zoti dosh berolmaydigan darajada jismoniy qiynoqqa solingan 76 yoshli Is’hoqxon To‘ra bu azoblarga bardosh berolmay, turma kamerasida may oyida, demak, arxivda qayd etilganidan bir oy oldin – dastlabki tergov jarayonida yurak xurujidan vafot etgan.

Shu tariqa ma’rifatchi olim, jadid­lik harakatining peshqadam vakili, shoir, tilshunos, yangicha usulda maktab och­gan, o‘quv dasturiga yangiliklar kiritgan, o‘z qishlog‘ida “Matbaai Is’hoqiya” nomli bosmaxona tashkil etgan, Turkiya, Bolgariya, Gretsiya, Italiya, Afg‘oniston, Saudiya Arabistoni, Hindiston davlatlari­da va ularning yirik shaharlarida ilmiy izla­nishlar olib borib, arab, fors, ingliz, hind va urdu tillarini o‘rgangan, ensiklopedik ma’lumot sohibi Is’hoqxon To‘ra Junaydullaxo‘ja o‘g‘li Ibrat Andijondagi qatl­gohga tunda yashirin ravishda janozasiz, kafansiz ko‘milgan.

Shu o‘rinda Ibrat domlaning o‘g‘li Rotibxonning 1959-yil 28-mayda O‘zbe­kiston SSR Oliy Sovetiga yo‘llagan ariza­sini keltiramiz: “Mening otam, “Ibrat”, “Anisiy” taxallusi bilan asarlar yozgan progressiv olim Is’hoq Junaydullayev 1862-yilda To‘raqo‘rg‘onda o‘qimishli xonadonda tug‘ilib, yoshlik davrida To‘raqo‘rg‘on, Naman­gan va Buxoroda bilim olgan. O‘z hayotida bilim qidirgan otam Rossiyaning ko‘p shaharlarida, Turkiya, Eron, Afg‘oniston, Hindiston hamda Xitoy davlatlarida bo‘lgan. Rus tilini, o‘qish, yozish va tarjimalar qilishni mukammal bilgan. Kezgan mamlakatlarining tili va madaniyatini o‘rganib, ular haqida yozgan asarlari hozirgacha saqlangan. “Jomul xutid” (Xatlar yig‘indisi), “Farg‘ona tarixi”, “Madaniyatlar tarixi”, “Yetti tilda lug‘at” va boshqa asarlari ma’lumdir. Bu manbalar Toshkentda Sharq qo‘lyozmalari ins­titutida va Yozuv­chilar soyuzining Namangan oblast bo‘limida saqlanmoqda.

Otam bilim tarqatuvchigina bo‘lib qolmay, ma’rifatparvar, madaniyatga undov­chi shaxs bo‘lgan. Revolyutsiyadan ilgari Namanganda “Is’hoqiya” nomli tipo-litografiya tashkil qilib, o‘z asarlari va xalqni ma’rifatga chaqiruvchi boshqa asarlarni bosib turganki, hozirda Namangandagi “Udarnik” bosmaxonasi sobiq “Is’hoqiya” litografiyasi bazasida tashkil bo‘lgan.

Otam 1924-yilgacha xalq sudligi lavo­zimida ishlab kelganligi haqida zamondoshlari ma’lumot beradi. Keyin­chalik qarilik tufayli ishdan qolgan.

1937-yilning fevral oyida otamni to‘sat­dan qamoqqa olishgan va 75 yosh­da may oyida Andijon turmasida vafot etgan. Men 1930-yilda tug‘ilib otamni qamalish sababini bilolmaganman. Ushbu arizam bilan otamni qamalishi sababini va uning so‘nggi vaqtda oqlanganmi-yo‘qmi, shu haqida ma’lumot berib, meni o‘z biografiyamda otam haqida to‘laroq yozishimga imkon berishingizni so‘rayman”.

Shu ariza bo‘yicha O‘zSSR Ministrlar Soveti huzuridagi Davlat xavfsizligi komitetining Andijon oblasti bo‘yicha katta tergovchisi kapitan Lisenko tomonidan 1959-yil 5-sentyabrda arxiv tergov ishi bo‘yicha xulosa tayyorlangan. Xulosa Davlat xavfsizligi komitetining Andijon oblasti bo‘yicha bo‘lim bosh­lig‘i A.Sichev tomonidan tasdiqlangan. Unda bu ayb­lanuvchilar asossiz ravishda hibsga olingani va sud qilinib, jazoga tortilgani ko‘rsatilgan. Boshqacha aytganda, ular reabilitatsiya qilingan. Ammo bu “oqlov” xo‘jako‘rsinga bo‘lib, na keng ommaga oshkor qilingan, na ma’rifatparvar Ibrat domlaning faoliyatiga adolatli baho beril­gan, na haqiqiy jinoyatchilar jazolangan. Aksincha, o‘z vaqtida Ibrat domlani hibsga olib, tergov qilgan, unga nisba­tan nohaq ayblov xulosasini tayyorlagan chekist Damin-Zubov o‘zining razil ishlari uchun, qatag‘on kampaniyasida faollik ko‘rsatgani sovetlar tomonidan qadr­lanib, hatto o‘tgan asrning 70-yillarida Lenin ordeni bilan taqdirlangan. Bu razil kimsa Andijon viloyatida turli tantanali majlislar hay’atida g‘urur bilan o‘tirganiga shaxsan o‘zimiz ham guvoh bo‘lganmiz. Bunday adolatsizliklar sovet rejimi sharoitida odatiy tus olganiga hamma ko‘nikkan edi. 

Rustambek SHAMSUTDINOV,
tarix fanlari doktori, professor

“Jadid” gazetasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 42-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596