Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


07.10.2024 | 09:04

img498

OZOD QALB

Shuhrat domla o‘zbek xalqining zabardast adibi, el sevgan shoiri va dramaturgidir. Shoir asarlari nafis lirizmi, qahramonlar ruhiy olamini yorqin ifodalaganligi, his-tuyg‘ulari­ning samimiyligi bilan o‘quvchilar qalbini rom etgan. Uning asarlari xalqimiz ma’naviyati va ma’rifatining ko‘zgusi sifatida ahamiyatlidir.

“Ozod qalb”. Ushbu qissa orqali yozuvchi hibsda bo‘lsa-da kitob­xon ko‘z o‘ngida o‘zini mardona tutgan, g‘animlarga bo‘ysunmagan, ozod qalb sohibi sifatida qiynog‘-u uqubatlarni sabot ila yenggan inson o‘laroq namoyon bo‘ladi. Kitobning qimmati shundaki, muallif Mirzo Kenjabek voqealarni 1988-yilda bevosita adib tilidan yozib olgan. Asarda turli qahramonlarning hayoti va ularning ichki kechinmalari badiiy ifoda topgan. Ularning har biri zo‘ravon tuzum kasofatlari sababli boshiga tushgan ko‘rgiliklarni, yo‘qotish­larni va hayotiy sinovlarni yengishga intiladi. Ularni bir jihat – adolat tantanasiga bo‘lgan ishonch birlashtiradi.

O‘zbek adabiyotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan zamonaviy adib­lardan biri Mirzo Kenjabekning bu asari real voqealarga asoslangani va o‘sha mud­hish kunlarga guvoh bo‘lgan yurtdoshlarimiz oramizda borligi bilan ham o‘quvchilarda mushohada uyg‘otadi. Bu kitobda ruhiy ozodlik masalasi chuqur tahlil qilinadi.

Ushbu qissada O‘zbekiston xalq yozuvchisi Shuhratning mashaqqatli hayoti bilan birgalikda, yigirmanchi asrning elliginchi yillari boshida yurtimizning bir qancha ko‘zga ko‘ringan adiblari hibsga olinishi, ular maxfiy sud qilinib, uzoq muddatlarga surgunga jo‘natilishi ham aks ettirilgan. Ayanchli tomoni shundaki, hukm ham, surgun joyi ham sir saqlangan, hech kimga aytilmagan. Istiqlol yillarida bu adiblar oqlanib, xizmatlari haqli taqdirlandi, hurmatlari rasman o‘rniga qo‘yildi.

Insofdan libos kiy, hamiyatdan toj,
Ezgulik qo‘lingda bo‘lsin bayrog‘ing.
Poklik dengizida dadil ot quloch,
Haqiqat bo‘lg‘usi suyangan tog‘ing!

Yozuvchi o‘z qahramonlari orqali inson qalbining turli holatlarini, ­uning ichki kurashlari va umidlarini tasvirlaydi. Har bir qahramon o‘z hayoti, sevgisi va kelajagi haqida chuqur o‘yga cho‘madi.

– Asardagi voqealar garchi bir adib tilidan aytilgan bo‘lsa ham, bir davrning fojiasini o‘zida jamlagan haqiqatlardir, – deydi Mirzo Kenjabek. – Kitob “Ozod qalb” deb bejiz nomlanmagan. Chunki Shuhrat aka garchi mustamlaka zamonida, og‘ir tazyiqli zulmlar davrida yashagan bo‘lsa ham, qalbi ozod shaxs edi. Dastlab uni “O‘tmagan kunlar” deb nomlagandim. Lekin keyin Shuhrat akaning shaxsiyatiga yarashadigan, u zotning qalbi ozodligini anglatadigan, “Ozod qalb” va ostsarlavha “Yozuvchi Shuhratning hibsdagi hayoti” nomini ma’qul topdim.

Asar qahramonlari bir xil emas, har biri o‘z hayoti, orzulari bilan bir-biridan farq qiladi. Masalan, bir qahramon sevgi izidan keta­di, ikkinchisi esa o‘z ichki dushmanlari bilan kurashadi. Ular qo‘yilgan to‘siqlardan o‘tishga intilishadi.

Bu kitob o‘zbek xalqi­ning ulug‘ adibi “Shuhratning hibsdagi hayoti” deb nomlangani bilan, bu butun o‘zbek xalqining qatag‘on davridagi fojiasini, sovet davridagi ko‘p millatning asl ma’nodagi hibsdagi hayotini namoyon etgan.

Bahora AHMEDOVA,
Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari maslahatchisi

“Jadid” gazetasining 2024-yil 4-oktyabrdagi 41-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img592