Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


22.08.2024 | 12:16

img233

QALB KO‘ZI OCHIQ JURNALIST

“…Hamma ham bu dunyoda bir iz, bir ezgu nom qoldirishni o‘ylab yashaydi. Insonning mehnatlari ertadir-kechdir e’tirof qilinsa, bu uning harakatiga g‘ayrat, kuchiga qanot beradi, albatta…” Yozuvchi uchun mehnati samarasi o‘laroq, yozganlari kitob bo‘lib chiqsa, o‘quvchilarini topsa, bundan katta baxt bo‘lmasa kerak.

 Taniqli jurnalist, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Husan Ermatovning yangi kitobi “Sokin daryo mavjlari” deb nomlangan bo‘lsa-da, uning ichida atrof-javonibga uyg‘oq nigoh, ijtimoiy voqea-hodisalarga nisba­tan fuqarolik qat’iyati mujassam. Kitobda mual­lifning respublika matbuotida e’lon qilingan publitsistik maqolalari jamlangan bo‘lib, ularda asosan bugungi kunning dolzarb mavzulari qalamga olingan.

Ayniqsa, matbuot va media sohasiga oid maqolalar, jadal elektron axborot maydoni­ning yuzaga kelishi ortidan gazetachilik, obuna masalalarida paydo bo‘lgan muammolar kuyun­chaklik bilan yoritilgan. Xalq ma’naviyatini oshirishga oid o‘rinli mulohazalar, tanqidiy fikrlar kishini o‘ylashga, mushohada qi­lishga undaydi. Maqolalarni o‘qish jarayonida kishida beixtiyor, millat kelajagi uchun javobgarlik hissi qo‘zg‘oladi.

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurna­list Ahmadjon Meliboyev to‘plamga yozgan so‘z­boshisida “…Qalb ko‘zi ochiq jurnalist ka­sal xuruj qilmay turib, vaqt va imkon borida bong urishi, ogohlikka chorlashi zarur. Husan Erma­tov qalamiga mansub maqolalarni o‘qib borayotgan, teleko‘rsatuvlarda bildirgan, bil­di­rayotgan salmoqli fikrlaridan xabardor kishi unda ayni shu fazilat – oldindan ko‘ra olish qobiliyati mavjudligiga amin bo‘ladi…”, deydi. Bu tavsiflarning qanchalik to‘g‘ri ekaniga esa “Sokin daryo mavjlari”ni o‘qib amin bo‘li­shingiz­ga shubhamiz yo‘q. O‘ylaymizki, qalbi uyg‘oq, tafakkuri teran publitsistning o‘y-mulohazalari, keskin fikrlari sizni-da befarq qoldirmaydi.

Sh.ALIYEV


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img593

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591