Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


14.10.2024 | 11:12

img4246

MAXTUMQULI, XALQ YODIDAN AYRILMA!

KETSANG

Dedim: “Yuzi tobonim”. Dedi: “Go‘yo Menglixon!”
Dedim: “Qo‘yding armonga”. Dedi: “Ko‘ngildur vayron”.
Dedim: “O‘larman endi”. Dedi: “Qolarsan omon”.
Dedim: “Kipriklaring o‘q”. Dedi: “Qoshlarim kamon”.
Dedimki: “Libos kiymish”. Dedi: “To‘ni zarafshon”.

Dedim: “Yuzda xollar bor”. Dedi: “Yuzda gullar, hay”.
Dedim: “Qumri zabondir”. Dedi: “Shahddir tillar, hay”.
Dedim: “Kel, xabarlash”. Dedi: “Sezar ellar, hay”.
Dedim: “Ul ne sarvdir”. Dedi: “Nozik bellar, hay”.
Dedim: “Tovus ne joydin?”. Dedi: “Joyi – Hindiston”.

Dedim: “Kechang qorong‘u”. Dedi: “Uyquda oyim”.
Dedim: “Kimlar yasovul?”. Dedi: “Kiprigim – yoyim”.
Dedim: “Qayda maskaning?”. Dedi: “Lomakon joyim”.
Dedim: “Zarafshon erur?”. Dedi: “Kavsardir loyim”.
Dedim: “Undan ber manga”. Dedi: “Istarmish bejon”.

Dedim: “Bu ne tutundir?”. Dediki: “Qora morlar”.
Dedim: “Qo‘rqaman undan”. Dedi: “El-u yurt chorlar”.
Dedim: “So‘zing aslini”. Dedi: “So‘rar, tuyarlar”.
Dedim: “Sirni fosh etding”. Dedi: “Aytmish ayyorlar”.
Dedim: “O‘lim bor senga”. Dedi: “Senga ham farmon”.

Dedim: “Ey Maxtumquli!” Dedi: “Ko‘zlar yosh bo‘lar!”
Dedim: “U ne yigitdir?” Dedi: “Sizga bosh bo‘lar”.
Dedim: “Yaqindir Ka’ba?” Dedi: “Eski tosh bo‘lar”.
Dedim: “Yaxshi zamondir”. Dedi: “Bu ham tush bo‘lar”.
Dedim: “Endi ketarman”. Dedi: “Ketsang, bor omon”.

KO‘RING

Har yigitning aslin bilay desangiz,
Ma’rakada o‘tirib-turishin ko‘ring.
Birov bilan oshno bo‘lay desangiz,
Avval o‘z so‘zida turishin ko‘ring.

Uzoq-yaqin yo‘lga borar bo‘lsangiz,
Mardlik qilichini solar bo‘lsangiz,
Bir bedovni saylab olar bo‘lsangiz,
Siynasin, sag‘risin kerishin ko‘ring.

Bir pul tushsa bir iflosning qo‘liga,
Ko‘ksin ochib, kezar qishning yeliga,
Xaridor bo‘lsangiz qizga, kelinga,
Adabin, ikromin, o‘tirishin ko‘ring.

Mard yigitning ot-yarog‘i shay bo‘lsa,
Yetishar har yerda hayda-hay bo‘lsa,
O‘zi Hotam bo‘lib, yana boy bo‘lsa,
Chor atrofdan mehmon kelishin ko‘ring.

Bir nechani qilding moli bisyori,
Bir nechani qilding bir pulning zori,
Yaxshi-yomon – odam zotining bori
Navbat bilan o‘tib borishin ko‘ring.

Tangri bezor, biling, zakotsiz boydan,
Siz ham qoching zinhor ul kelar joydan,
Mardga bir ish tushsa, ko‘rar Xudoydan,
Nomardning hamrohdan ko‘rishin ko‘ring.

Nomard yurar mudom o‘limdan qochib,
Uyiga kelganda zahrini sochib,
Mard yigit mehmonga quchog‘in ochib,
Nomardning mehmondan qochishin ko‘ring.

Zolimlar unutar zikri Olloni,
Arzon olib, qimmat sotar g‘alloni;
Sudxo‘r noinsoflar halol tilloni
Harom foydasiga berishin ko‘ring.

Mard yigitning ishi suhbat – soz bo‘lar,
Ko‘ngli qish bo‘lmayin, doim yoz bo‘lar,
Yaxshining ko‘nglida gina oz bo‘lar,
Yomonning kunda bir urushin ko‘ring.

Qadrdon, qardoshdan uzoqda turib,
Qadrsiz yot bilan qarindosh bo‘lib,
Maxtumquli, nosozlarga duch kelib,
Xo‘janing, sayyidning yurishin ko‘ring.

Jumaniyoz SHARIPOV tarjimasi

ADOLAT YAXSHI

Aslo odamzodga achchiq so‘z qilmang,
Faqir-u miskinga dalolat yaxshi.
Baxilga uchramang – kular yuz bo‘lmang,
Ishni bitirmoqqa kifoyat yaxshi.

Yetimni ko‘rganda kular yuz bo‘lgil,
Qo‘ldan kelsa, unga taom-tuz bergil,
Gʻamginni ko‘rganda shirin so‘z bergil,
Chorasiz qullarga himoyat yaxshi.

Yigit uldir, so‘zga aylasa amal,
Qo‘ldan kelmas ishga etmasa jadal,
Allohning amriga qilmagil badal,
Bekka – saxo, shohga – adolat yaxshi.

Gʻariblik bir darddir – odam o‘ldirmas,
O‘ldirmas, hayotda lekin kuldirmas,
Bo‘riga ajzini it ham bildirmas,
Albatta, dushmanga siyosat yaxshi.

Maxtumquli, shukr, shirin til berdi,
Daraxtlar ko‘karib, samar, gul berdi,
Go‘ro‘g‘li Rayhonga qanday yolbordi? –
“Omonliq” deganga diyonat yaxshi.

Mirzo KENJABEK tarjimasi

AYRILMA

Mast bo‘lib yurgancha begona yurtda,
Unib-o‘sgan o‘z yurtingdan ayrilma.
Mag‘rur kaklik kabi nafs degan dardda
Domga tushib, qanotingdan ayrilma.

Tavakkal et – xalqqa siring berib bor,
Sabrli bo‘l, besabrlik ham bekor,
Har qayerga borsang, nasibangdir yor,
Boy bo‘lay deb, izzatingdan ayrilma!

Nomardlar ham yaramaslar, nochorlar,
Tuzing ichib, ishing bo‘lsa qocharlar,
Siringni fosh etib, aybing ocharlar,
Qadring bilgan ulfatingdan ayrilma!

Gadolarning ko‘ngli shohlikni tilar,
Nodon ko‘ngli yolg‘on so‘zni rost bilar,
Beqadrlar dushmaningga do‘st bo‘lar,
Ta’lim bergan ustodingdan ayrilma!

Birov qashshoq bo‘lib, birov boy bo‘lar,
Har kishining baxti-iqboli kular,
Boshga nima kelsa, tilingdan kelar,
Maxtumquli, xalq yodidan ayrilma!

OSHIQ BO‘LMISHAM

Ey, yoronlar, bir yuzi gul oya oshiq bo‘lmisham,
Barchaning maqsudi – gul-ra’noya oshiq bo‘lmisham,
Bulbulam bog‘ ichra – bir g‘avg‘oya oshiq bo‘lmisham,
O‘zi g‘oyib, zulflari yaldoya oshiq bo‘lmisham,
Manzilim bog‘ ichradir, sahroya oshiq bo‘lmisham.

Qay kuni keltirdi charx meni fano tuprog‘ina,
Kuydi bag‘rim doimo Makka-Madina tog‘ina,
Bulbul o‘ldim, sayradim, kirdim Eramning bog‘ina,
Mubtalo o‘ldim u kun g‘am ahlining tuzog‘ina,
Yuz balo, kulfat-la bir savdoya oshiq bo‘lmisham.

Ko‘nglim ichra yor g‘amidir – manzilim sahroda, hay,
Kiyganim g‘am-g‘ussadir – aylanmisham Farhoda, hay,
Soldi ishqing, dilbaro, jon-u jigarim o‘da, hay,
Vodarig‘o, kechdi umrim zoye – berdim boda, hay,
Ohi ko‘p, afg‘oni ko‘p bir ko‘ya oshiq bo‘lmisham.

Bilmadim: ne bahr-u bardir, ne muazzam tog‘dir-ey,
Oldi ko‘nglim, ketdi aqlim, tan mudom nosog‘dir-ey,
O‘xshashi yo‘qdir uning hech – qumri, bulbul, zog‘dir-ey,
Sochining har tori yuz ming er uchun tuzog‘dir-ey,
Qaddi-qomati baland, zeboya oshiq bo‘lmisham.

Do‘st, havoyi vaslini men muncha chandon istaram,
Domi zulfing qasdina o‘zimni zindon istaram,
Dema g‘amdan bir zamon ko‘nglimni xandon istaram,
Bir g‘arib oshiq manam, yor, sani sandan istaram,
Kecha-yu kunduz, biling, hu-hoya oshiq bo‘lmisham.

Istamas yorim meni – ul yora zorim yo‘q mening,
Qolmisham hayron bo‘lib, o‘zga madorim yo‘q mening,
Oldi jonim ishqing o‘ti – ixtiyorim yo‘q mening,
Kelsa – aqlimni olar, ketsa – qarorim yo‘q mening,
Gʻamzasi – o‘q, qoshlari ul yoya oshiq bo‘lmisham.

Aytadir Maxtumquli: man unda kona uchradim,
Sayr etib bordim charx uzra – lomakona uchradim,
Chun meni rasvo qilibdir, ishqi kona uchradim,
Yetmish ikki shahr ila ming bir do‘kona uchradim,
Shuncha sargardon safil-u zoya oshiq bo‘lmisham.

Ergash OCHILOV tarjimasi

“Jadid” gazetasining 2024-yil 11-oktyabrdagi 42-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img607

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img605