16.10.2024 | 10:45
622
Yangi Toshkentda quriladigan Alisher Navoiy markazi loyihasi taqdim etildi
“Zaha Hadid Architects” arxitektura byurosi Yangi Toshkent uchun madaniyat markazining tasvirlarini e’lon qildi. Majmuada Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, Adabiyot muzeyi va Milliy maqom markazi joylashishi kutilmoqda.

Ma’lumotga koʻra, adabiyot muzeyida 3,5 mingta noyob qo‘lyozma va kitob namunalari saqlanadi.

Bundan tashqari, muzeyda restavratsiya ustaxonalari va 13 ta ko‘rgazma zali bo‘ladi. Majmuada o‘zbek tili, adabiyoti va musiqa maktabi ham faoliyat ko‘rsatadi.

Ta’kidlanishicha, markaz loyihasini ishlab chiqishda me’morlar O‘zbekiston me’morchiligi tarixiga tayanishgan.

Imoratning peshtoqlari va ichki devorlari an’anaviy o‘zbek me’morchiligiga xos mahalliy g‘ishtdan quriladi. Shamollatish va tabiiy yoritish uchun hududiy dizaynga asoslangan ichki hovlilar yaratiladi.

Bino elektr energiyasini minimal darajada iste’mol qilish uchun passiv sovutish tizimiga ega bo‘ladi: ravoqlar shamolni ushlab qoladi va salqin havoni bino bo‘ylab tarqatadi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
173
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
159
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
365



