Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.10.2024 | 15:41

img902

UNUTILGAN SO‘ZLAR

Qadimgi lug‘atlarni titib o‘tirib, bir narsaga ichim kuyadi. Ko‘pgina so‘zlarimiz “o‘lib ketgan”. To‘g‘ri, bugun shu so‘zlar o‘rnida ma’no tashuvchi so‘zlar bor. Lekin o‘sha qadimiy so‘zlar ham, hozirgi so‘zlar ham butun yursa, tilimizning boyligi ortardi. Bir ma’noni bir qancha so‘zlarda ifodalay olardik. Bu til uchun muhim. Alisher Navoiy “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida turkiy tildagi shu boylik bilan faxrlangan va bu tilning kuchini shu bilan ko‘rsatgan.

Deylik, polizdagi qo‘rig‘ichni ko‘p­chi­ligimiz qo‘rig‘ich ham demay, chuchelo deymiz. Mahmud Koshg‘ariy­da ko‘z tegmasin uchun bog‘cha va polizlarga qo‘yilgan bunday qo‘riqchi abaqi de­yilgan. “At-tuhfa” lug‘atida esa shalu deyilgan. Yana bu lug‘atda so‘lag‘ay – chapaqay, talvir – urg‘ochi kaklik, temӓn – juvoldiz, sag‘im – sarob, saqs – loydan yasalgan idish, chimdivuch – mo‘ychinak kabi talay g‘aroyib so‘zlar berilganki, ular saqlanishga arzigulik, yashashga haqli so‘zlardir. Hozir tilimizdagi qo‘riq­chi so‘zining yonida abaqi va shalu so‘zlari turgani yaxshi emasmidi? Til ham ona. Onalar farzandlari bilan “O‘nta bo‘lsa, o‘rni, qirqta bo‘lsa qilig‘i boshqa”, deb quvonadilar.

Odam organizmidagi parazitlar ma’nosini ifoda qiladigan gijja so‘zini hammamiz bilamiz. Lekin tili­miz tarixi­da uning sinonimlari ham bo‘lgan. Mahmud Koshg‘ariyda sovushg‘an, “At-tuhfa”da qurvali so‘zi gijjani bildirgan. Yoki pivo – sira, gazak – sharaz so‘zi bilan ifodalangan. Tandirni o‘to‘rni, metallomni pas, taxta biti, klapani iyaz, pan­demiyani o‘lat, chorvadagi o‘latni ham alohida nom bilan yut deyishgan. Bunday so‘zlarni juda ko‘p keltirish mumkin. Qarangki bugungi tili­mizda metallomni ham, klapani ham ifodalaydigan yaxlit turkiy so‘zimiz yo‘q. Men bu yerda bir necha misollar bilan cheklandim, xolos. Holbuki, milliy tafakkur darajasi milliy tildagi so‘zlarning saqlanishi va himoyalanishi bilan ham belgilanadi.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2024-yil 18-oktyabrdagi 43-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591