Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


28.10.2024 | 13:32

img468

HAYRAT BOSIB KELAR BALANDROQ

Shahriyor SHAVKAT – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahrida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil olgan. “Ruhim qushlari”, “Ham” nomli kitoblari nashr etilgan. Hozirda “Mahalla” telekanalida katta muharrir vazifasida faoliyat olib bormoqda.

LAHZA

Sen gullar rasmini chizarsan:
Yaproqlaru yashil gilamlar.
Barmog‘ingni bir o‘pmoq uchun
Navbat kutar rangli qalamlar.

Men chelak rasmini chizarman,
Bilasan-ku, bor hunarim shu.
Men chelak rasmini chizarman
Keltirgani gullaringga suv…

* * *
“Men boshqani sevaman, kechir,
U ham go‘zal, bamisli Layli,
Gar aldasam, labini tishlab,
Qovog‘ini uyib qaraydi!”

Bu so‘zimdan qo‘rqib ketdi qiz,
Shart qaradi ko‘zlari ko‘zgu.
“U kim?” dedi,
Labini tishlab,
Qovog‘ini uyib olib u!

* * *
Chiqib ketging kelmaydi tundan,
Oromingga quyilsa g‘ulg‘ul.
Gʻurob tomib tursa uzumdan,
Yonginangda kuylasa bulbul.

Peshayvonda qatiq to‘rva ham
Satilga yosh yo‘llaydi – zardob.
Hayotidan mamnunmi karam,
Ichgani nur, kiygani zarbof?!

Ruboiylar yoqib ichingni,
Yuragingni sharshara qilsa,
Qurbaqalar yolg‘izligingni
Tomog‘ida g‘arg‘ara qilsa…

Shovullasa daryo jununvash,
Yoshligini qo‘msab yotsa tol.
Tomog‘ingni o‘langa o‘xshash
Alangalar chulg‘asa alhol…

Chiqib ketging kelmaydi tundan!
Hayrat bosib kelar balandroq.
Chiqib ketging kelmaydi chindan,
Evoh, buning chorasi qandoq?!
 
* * *
Kipriklaring og‘irlashdi jim,
Ko‘tarmoqqa yetmadi kuching.
Yuzlaringga botdi nigohim,
Shunda paydo bo‘ldi kulgiching…

Shabnam kabi nurga to‘yingan,
Yurak zarbim bilan hamohang,
Bitta-bitta barmoqlaringdan
Tomchiladi yelkamga ohang!

Sharhu shakli nimadir kuzning,
Noyabrda gulladi ochun.
Shivirladim, mas’uma qizning
Ruhi bo‘ylab yugurdi afsun.

Ey, telbalik ichra topganim,
Ey, ko‘nglida ojiza jur’at.
Xudo bergan hisni totgani
Odamlardan so‘rama ruxsat!

O‘z erkimni etgani tahqir,
O‘zing ayt-chi, birov haqlimi?
Kulgichingdan olganman axir,
Sening baxting bo‘lish baxtini!

KEZIB…

Shamdek miltillaydi ko‘zlaring…
Nafasim
o‘chirib qo‘ymasaydi deyman!
Tonggi yomg‘irdayin shivirlab
sochlaringga she’rlar o‘qiyman.

Gʻamgin bedazorlar shalabbo…
Qushlar quchoqlashib panada
qaynatur tumshuqda murabbo –
suhbat shirinlashur yanada…

Kezdim.
Etigimdan o‘tmadi
maysalarga to‘kilgan izhor.
Barra bedalarni tush ko‘rib
yurgan
yuragim bir to‘yib o‘tladi!
Endi u pishqirib-pishqirib
kutar ko‘pkarini intizor…

Tag‘in
shamdek miltillaydi ko‘zlaring
shundoq yuragimning yonida…

Ammo…
Shashtim maqsadimga munosib,
achinmasman baxtimga aslo,
bir juft shamni bag‘rimga bosib
yashab o‘tsam yomg‘irlar aro…


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img93

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img606

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img604