“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA:
✏️Usmon NOSIR:
BOĞIM
✏️Iqbol MIRZO:
KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT
✏️Gulçehra UMAROVA:
ASRNI BÖYLAGAN ADIB
✏️Komil SINDOROV:
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
✏️E’zozxon KARIMOVA:
MILLIY YUKSALIŞ SARI
✏️Orif ODILOV:
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
✏️Nusratullo JUMAXÖJA:
TADQIQOT-ROMAN
✏️Abbos ŞOYIMOV:
XALQARO MEDIAFORUM
✏️Zikrilla MUHAMMAD:
ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI
✏️Ikrom BÖRIBOYEV:
KEÇA VA BUGUN
✏️Muhayyo RUSTAMOVA:
OG‘RIQ NUQTA
✏️Abdulhamid MUXTOROV:
UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR
✏️Jasmina ISROIL:
SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI
✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV:
QONLI JILD
✏️Alişer SANDIBOYEV:
SAMARQAND NEÇA YOŞDA?
✏️Nigina ISKANDAROVA:
“KITOB, MENING DÖSTIMSAN”
✏️Jamoliddin BADALOV:
“OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA
TAVSIYA QILAMIZ
18.10.2024 | 12:12
2499
Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostonidan iqtiboslar
Hayrat ul-abror (Yaxshi kishilarning hayratlanishi) — Alisher Navoiy qalamiga mansub «Xamsa»ning birinchi dostoni boʻlib, pand-nasihat ruhidagi taʼlimiy-axloqiy, falsafiy doston hisoblanadi. Asar 3988 baytdan iborat boʻlib, 64 bob, 20 maqolatdan tashkil topgan. Aruzning sareʼ bahrida yozilgan. Asar anʼanaviy muqaddima — hamd va naʼt bilan boshlanadi. Navoiyning dunyo haqidagi qarashlari mana shu muqaddimada oʻz aksini topgan.
Kimki bu jahonga inson bo‘lib kelgan ekan, uning asosiy sharti imondir. Demak, sabr, shukr va hayodan iborat bo‘lgan odamlargina Inson degan sharafli nomga munosibdirlar, imondan uzoq bo‘lgan kishilarni esa bu nom bilan atab bo‘lmaydi.
Dehqon bog‘ini tun-kun parvarish qilmasa, bog‘ning qurigan o‘tindan farqi qolmaydi.
Baxillik barcha sifatlaming eng xasisidir, saxovat esa hayot javharidir.
Ot chiqarish, nom qoldirish, ismini ulug‘lash uchun hatto qo‘l bilan etaklab gavhar sochish aqllilarga munosib emas. Mast yoki jinni kishi bunday bema’ni ishga qo‘l urishi mumkin.
Shunday odamlami ham saxiy deb bo‘lmaydiki, isrof qilmaydi, lekin muhtoj bo‘lmagan kishilarga o‘z mol-mulkini bekorga sarflaydi: och bo‘lmagan kishilarga dasturxon yoyadi, yalang‘och bo‘lmagan kishilarga to‘n kiydiradi. Yuzta yilqisi bo‘lgan boyga ot tortadi, yuz yilqisi bor kishiga kumush tortiq qiladi. Badaxshonga lal yuborsa, Kirmonga zira olib kelib ulashadi. Xizrni ko‘rib qolsa, unga hayot suvini tuhfa qiladi, Misrdagi shakarpazga donalab nahot sovg‘a qiladi. Shamni kunduz behisob yoritib qo‘yib, quyosh ziyosiga yordam ko‘rsatmoqchi bo‘ladi. Har kechasi qorong‘ulik kuchaysin deb, to‘xtovsiz mushk sochib chiqadi. Muhtoj el yuzlab non tilab tursa ham, birontasiga luqma ham tottirmaydi. Bunday odamlar quriyotgan bog‘ ustiga yog‘may o‘tib, suvini quruq cho‘lga to‘kkan bulutning xuddi o‘zginasi.
Odobsizlikning biri kulgu bo‘lib, kulgu odobning yo‘qligidan belgi, xolos. Qahqahasi tufayli kaklik qattiq sayrab, bu xil kulgu uning boshiga xilma-xil balolar keltiradi. G‘uncha esa ovozsiz ochilib, ochilishi so‘ngida sochilib ketadi.
Yashin o‘z qahqahasi tufayli tog‘ ichida yiqilib, yer bilan yakson bo‘ladi. Subh esa ovozsiz o‘z jamolini ayon qilar ekan, quyosh nurlari o‘z durlarini uning ustidan isiriq qilib sochadi.
Odobning eng muhim shartlaridan biri ota bilan ona ehtiromini bajo qilmoqdir. Bu ikki zotning xizmatlarini bir xil bajarish, bu xizmatlami imkon boricha ko‘proq ado qilsang ham, shuncha oz. Boshingni ota qoshig‘a fido aylab, jismingni ano boshig‘a sadqa qilgil. Ikki jahoningga rohat istasang, ushbu ikki zotning rizoligini olgil. Tun-u kuningni yoritmoq uchun birini oy, birini quyosh deb anglagil. So‘zlaridan salgina ham chetga chiqmay, vasiyatnomalaridan bir qadam bolsin tashqari qadam qo‘ymagin. Barcha xizmatlaring odob doirasida bo‘lsin, qomatingni esa «adab» so‘zidagi «dol» harfi kabi tutgil.
Kim qanoatni hujjat deb bilsa, yaxshi-yomonga muhtojligi bo‘lmaydi. Kimki qanoat sari yo‘l topa olsa, bu yo‘l bilan shoh ham bo‘la oladi. Mol-u dunyo bilan o‘zingni boshqalardan yuqori qo‘yma, qanoat mulki bilan o‘zingni mag‘rur tut.
Sahroda suv istagan bir tashna inson uchun qo‘lidagi oltun qadahdan ne foyda?
Yor shundayin bir bebaho gavharki, unday yorga shoh ham, gado ham muhtoj bo‘ladi.
Har kishinikim odati to‘g‘rilik bolsa, falak unga har qancha teskarilik, qaysarlik qilganida ham qo‘rqadigan joyi bo‘lmaydi. O’qning tayanch parlari to‘g‘ri bo‘lsa, yeming egriligi unga biron ziyon yetkazarmidi? Yo‘l qancha to‘g‘ri bolsa, yo‘lchi maqsadidagi manziliga tezroq yetib boradi. Shunday vaqtlarda qing‘ir-qiyshiqligi tufayli yo‘lning uzayib ketishi aniq-ku!
Nay to‘g‘ri bolgani uchun ham odamlar uni tinglashni yoqtiradilar. Chang egri bo‘lgani uchun qulog‘ini burab jazo beradilar. Ayvonda yonayotgan sham o‘ti to‘g‘ri ko‘tarilishi tufayli kechki bazm shohidi bo‘ladi, ko‘p aylanib uchavergani bilan parvonaning yetib borish joyi ma’lum. Sarv qomati o‘q kabi to‘g‘ri, shu tufayli shamol ham unga ziyon yetkazolmaydi. Bog‘da chirmashishdan boshqa ishni bilmaydigan sunbul egriligidan yuzlari qorayib ketgan. Chang asbobi qili to‘g‘ri ekan, nafis ovozlar chiqaraveradi, salgina egri bo‘lsa, soz chiqmaydi.
Yolg‘onni kamroq gapiradigan kishilar koshki bizning davronda ham bo‘lsa edi. Kimki bu davronda rostgo‘y bolsa, ishi doimo kam-u ko‘stlikdan boshqa narsa bo‘lmaydi. Davr egrilikni talab qiladi, sen rostlikni tilasang, rozilik bildirmaydi. To‘g‘rilikni shon-sharaf deb bilgan kishilarga davron gardishi dushmanlik qiladi. Qalam to‘g‘rilikni talab qilgani uchun boshi kesiladi. «Alif» harfi to‘g‘rilikni yaxshi ko‘rgani uchun «balo» so‘zi uni oyoqlari ostiga olib majaqlaydi. Yangi oy egriligi tufayli hammaning diqqatini o‘ziga tortadi. Salla chirmalib-chirmalib bosh ustiga chiqishga sazovor bo‘ladi.
Kimki zarar keltirishga odatlansa, elgagina emas, o‘ziga ham javr etadi. Chunki shishani bosib sindirgan inson o‘z oyog‘i yara bo‘lishini o‘ylayvermaydi. Xas-xashakka shu’la tushib alanga olsa, uni kuydirgach, o‘zi ham o‘chadi. Kapalakni tutmoqchi bo‘lgan bola do‘ppisini yerga uradi-da, o‘z boshini ochiq qoldiradi.
Bergan narsani esdan chiqarib yubormoq, berganni olmoqni xayol etmaslik yaxshidir. Bulut topganini el ustiga sochgani uchun ham Haq uni qudratli, dargohi keng hukmdorga aylantirdi. Odamlar sochgan narsalami terib o‘z makoniga tashuvchi chumolining ishi tiriklayin go‘rga kirmoq boldi. El boshiga sochilgan hamma narsani yig‘ib yuradigan shamol shu ishi tufayli hamisha darbadar-u xoksor. Shisha yuzlarga gulob sepgani uchun uni orzulab toq ustida asraydilar. Supurgi har uchragan narsani yig‘ib yurgani uchun eshik oldida xor-zor bo‘lib yotadi.
Shoh adolat bilan ish yuritsa, adolat uning vayron bo‘lgan mamlakatini obod etadi. Adolat bilan mamlakatni boshqargan podshoning sirot ko‘prigidan o‘tishi ham oson bo‘ladi.
Yaxshilikni tez-tez qilib tursang ham, siyosat tig‘ini ham ba’zan o‘tkir qilib tur. Necha kasalga qand foydali bo‘lsa ham, shunday kasallar borki, ularga zahar foyda beradi. Tanadagi modda marham yordam bermasa, u fasodni nishtaming uchi bilan chiqarib bo‘lmasa, badan undan igna bilan qutula oladi. Zamon shohi aql bilan ish qilar ekan, yaxshiga – yaxshi-yu, yomonga – yomon bo‘lmog‘i kerak. Ikkisiga bir xil munosabatda bo‘lsa, mamlakatda inqilob yuz beradi.
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]