Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.04.2024 | 22:16

img750

BU KITOBLARNI O‘QIDINGIZMI?

Abdurra’uf Fitrat in Istanbul. ‘‘Quest for Freedom» (Abdurauf Fitrat Istanbulda. Ozodlikka intilish). Muallif adabiyotshunos olim Zaynabidin Abdirashidov. Kitob 2023-yili Germaniyaning nufuzli “De Gruyter” nashriyotida ingliz tilida nashr etilgan. Sharq musulmon dunyosida keng tarqalgan islohotchilik harakati XX asr boshlariga kelib Turkistonda ham yoyildi. Ushbu harakat jamiyatning turli sohalarida ko‘zga tashlana boshladi. Xususan, taraqqiyparvar jadidlar, ziyolilarning sa’y-harakati bilan ta’lim, fan, matbuot, san’at va madaniyat jabhalarida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Kitob Turkiston jadidlarining peshqadam namoyandalaridan biri bo‘lmish Abdurauf Fitratning qizg‘in ijtimoiy-siyosiy, ilmiy va adabiy faoliyatiga bag‘ishlangan. Xususan, uning ilk faslida Buxoroga jadidchilik g‘oyalarining kirib kelishi, tarqalishi, Fitratning ilk siyosiy, ijtimoiy faoliyati haqida so‘z yuritiladi. Kitobning ikkinchi fasli Fitratning hayot yo‘liga doir tarixiy, biografik va turli ilmiy ma’lumotlar tahlilidan iborat. Shuningdek, ushbu bo‘limdan allomaning Istanbulga ketishidan avvalgi, ya’ni, 1910-yilgacha bo‘lgan hayotiga oid bir qancha ma’lumotlar o‘rin olgan. Asarda Fitratning milliy o‘zlik masalasidagi qarashlari yangi ma’lumotlar asosida ochib berilib, uning Istanbuldagi hayoti va faoliyati, o‘z g‘oyaviy yo‘lini topishdagi izlanishlari to‘g‘risida hikoya qilinadi. İsmail Gaspıralı ve XX. Yüzyılın Başlarında Türkistan (Ismoil Gʻaspirali va XX asr boshlarida Turkiston). Kitob 2022-yili Turkiyaning “Selenge” nashriyotida turk tilida chop etilgan. Muallif Zaynobidin Abdirashidov. “Tilda, fikrda va ishda birlik!” deya yo‘lga chiqqan Ismoil G‘as­pirali o‘zining yangi g‘oyalari bilan butun turkiy dunyo tarixida chuqur iz qoldirgan ulug‘ shaxsdir. Uning hayoti va faoliyati haqida ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan, biroq Turkiston ziyolilari bilan aloqalariga oid izlanishlar kam. Shu ma’noda, ushbu kitob bu boradagi bo‘shliqni bir qadar to‘ldiradi, deyish mumkin. Gaspirali tashabbusi bilan boshlangan jadidchilik harakatidan murod – milliy tafakkurni uyg‘otish va bu orqali mustaqillikka erishish edi. Mazkur harakat XX asr boshlarida Turkiston ziyolilari tomonidan Vatan ozodligi uchun yagona yo‘l sifatida qabul qilingan. Kitobda barcha turkiy xalqlarning buyuk farzandi Ismoil G‘aspiralining hayoti va faoliyati tarixiy hujjatlar vositasida yoritilgan. Xususan, unda Turkistonda yangi usul maktablarining ochilishi bevosita Ismoilbey nomi bilan bog‘liqligi ta’kidlanadi. Muallif G‘aspiralining 1893 va 1908-yillardagi Turkistonga sayohatlaridan ko‘zlagan maqsadlarini tahlil etar ekan, “yangi usul”, “yangilik”, “islohot” tushunchalari qayerdan va qanday paydo bo‘ldi, degan savolga javob topishga, ularning mohiyatini buyuk islohotchi G‘aspirali va uning turkistonlik maslakdoshlari faoliyati misolida ochib berishga harakat qiladi. “Turkistonda jadidchilik.” Ki­tob 2023-yili Toshkentda, “Aka­dem­nashr” nashriyotida chop etilgan. Muallif Zaynabidin Abdirashidov. Kitobda jadidchilik harakatining Rossiya imperiyasi hukmronligi ostidagi Turkiston xalqining ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotidagi muhim o‘rni va ahamiyati haqqoniy yoritib berilgan. Tadqiqot yetti bo‘limni o‘z ichiga oladi. Har bir bo‘lim, monografiya boblarida alohida masalalar o‘rtaga qo‘yilib, muallif o‘z qarashlarini dalillar va faktlar asosida taqdim etadi. Ma’lumki, jadidchilik va jadidlar oldida turgan eng dolzarb masala ta’lim sohasini isloh qilish va uni butunlay yangi bosqichga olib chiqish edi. Mustamlakachi hukumatning Turkistondagi vakillari ham o‘lkani nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan, balki ma’naviy tarafdan ham o‘ziga bo‘ysundirish, mahalliy xalqlarni to‘liq ruslashtirish maqsadida e’tiborini birinchi nav­batda ta’lim tizimiga qaratgan. Rus hukumati musulmon ta’lim tizimi davlat tomonidan e’tiborga olinmasa, uning moliyaviy asosi bo‘lgan vaqf instituti bekor qilinsa, ushbu tizim vaqt o‘tishi bilan o‘z-o‘zidan qulashini yaxshi bilar edi… Monografiyaning birinchi bobida shu masala tahlil qilingan. Milliy o‘zlikni yo‘qotish siyosatiga qarshi o‘laroq jadidlar yangi usul, ya’ni, jadid maktablariga asos solishadi. Ularning millat ravnaqi, yurt ozodligi yo‘lidagi sa’y-­harakatlari, xalqni istiqlol uchun kurashga tayyorlash, yangicha fikrlaydigan, yangi bilimlarni mukammal egallagan yangi avlodni tarbiyalash bilan bog‘liq faoliyati monografiyaning ikkinchi bobida batafsil ochib berilgan. Ismoil G‘aspirali. Dorur-Rohat musulmonlari. Kitob 2022-yili Tosh­kentda “Akademnashr” nashriyotida chop qilingan. Kitob ikki qismdan iborat. Birinchi bo‘limda jadidchilik harakatining asoschisi Ismoil G‘aspirali hayoti, ijodiy va ijtimoiy faoliyati haqida ma’lumot berilgan bo‘lsa, ikkinchi fasldan uning “Farangiston maktublari”, “Dorur-Rohat musulmonlari” romanlari va “Ovrupo madaniyatiga betarafona bir nazar” risolasi o‘rin olgan. Kitobning buyuk jadid hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan birinchi qismida Nikolay Ilminskiy boshchiligidagi rus missionerlar guruhining turkiy xalqlar ta’lim tizimini shakllantirish, ularni ma’naviy jihatdan bog‘lab turgan vositalar, jumladan, yagona alifbodan mahrum qilib, har bir mintaqa lahjasi asosida kirill yozuvini joriy etish bo‘yicha olib borgan ishlari haqida so‘z yuritiladi. Missionerlarning bu bilan turkiy millatlarni ichidan parchalab, ularni ruslashtirish va xristian diniga olib kirish siyosatiga qarshi kurashgan G‘aspirali va uning izdoshlari faoliyati haqida muhim ma’lumotlar beriladi. E’tiborli jihati shundaki, G‘as­pirali adabiy asarlari qahramoni toshkentlik Mulla Abbos ismli yigitdir. U tom ma’noda haqiqiy jadid. U avvalo dindosh va millatdosh­larini g‘aflat uyqusidan uyg‘onib, ilm olishga da’vat etadi. Borar yo‘ling Turkistondir… Kitob 2023-yili Toshkentda “Akademnashr” nashriyotida chop qilingan. Mualliflar: Zaynobidin Abdirashidov, Nodira Egam­qulova.Kitobning so‘zboshi sifatida berilgan tadqiqot qismida Turkistonda milliy matbuotning shakllanishi, bu ishda qardosh xalqlar ziyolilarining amaliy yordami hamda Turkistonda tarqalgan xorijiy matbuot haqida ma’lumot berilgan. Xususan, Ismoil G‘aspirali tarafidan nashr etilgan “Tarjimon” gazetasida Turkiston ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy hayotidagi muhim masala va muammolarning yoritilishi; Turkiston mahalliy matbuotining ijtimoiylashuvi; matbuotda adabiy til va ta’lim siyosatining aks etishi kabi masalalar yoritib berilgan. Kitobning ikkinchi qismidan Turkiston vaqtli matbuotida e’lon qilinib, bugunga qadar qayta nashr etilmagan turli mavzulardagi maqolalarning tabdili o‘rin olgan. 


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599