Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.04.2024 | 22:19

img333

ECHKUNI OTI ABDUKARIM BO‘LDIMU?

Echkuni oti Mulla Abdukarim bo‘lurg‘a hanuz vaqt bor erdi-ku? Burung‘ilar aning uchun “Ebi bilan kulganni qurboni bo‘l”, degan ekanlar. Emdi hozirgilar burung‘ilarning bu gapini o‘zlariga “Qo‘lingdan kelganini qilib qandingni ur” deb moslab olmadilarmi?

Nega muncha asab deysanmi, Abdusattor? E, ko‘rmaysanmi, emdi boshdin oyoq, oyoqdin bosh chiqar fursatg‘a yetganda hadeb dilbuzir ko‘ravermay ma’nili odam bo‘lay deb “Milliy tiklanish” gazetini shundoq ochib qarasam, “Bahriddin Chustiy ham jadidlar ro‘yxatida” degan bir maqola bor ekan. Bahriddin Chustiy ham o‘ttizinchi yillarda otilgan millatparvar ekan-da, deb o‘qiy boshlasam… E, u kapkirini o‘ynatib yurgan oshpaz ekan! Oshpaz! “Vay!” degancha kalovlanib qoldim.

Kalvak Maxzum va Toshpo‘lod tajanglarning nabiralari tunov kun “emdigi zamonada ayrim gazetlardan tuturiq ketgan, og‘ziga kelganini yozadir” deganida ulardan domangir bo‘lg‘on erdim. Vodarig‘ki, ular rost so‘ylagan ekanlar, aks holda Bahriddin Chustiy degan kapkir o‘ynatgan mardum qayda-yu, “Milliy tiklanish” maqolasi boshida lutf etilganidek, “o‘z joni, hatto oila a’zolari halovatidan ham yurt istiqbolini baland qo‘ygan jadid bobolarimizning hayoti” qayda? Tarozi posangisi degan narsani ham bilmaydirg‘on chiqar bu bo‘yinbog‘ o‘rnida… Toshpo‘lod bobo aytg‘on matohni tamog‘i ostidan o‘tkazib olganlar.

Emdi ikki og‘iz nafsi ammora va g‘oya haqinda gapiradigan bo‘lsak, bizning jadid bobolarimiz non-u oshni, qorin g‘amida qilinadigan narsalarni emas, balki g‘oya va dasturlari bilan millat taraqqiyotiga xizmat qilishni bosh maqsad qilib qo‘yganlarini hatto Kalvak Maxzumga yo‘lda uchragan o‘quvchi qiz muallimasining avlodlari ham bugungi kunda yaxshi biladi. Boz ustiga, o‘qlog‘day-o‘qlog‘day harflar bilan bitilgan sarlavha ham hafsalangni pir qilmay qolmaydi, nima emish, “Bahriddin Chustiy ham jadidlar ro‘yxatida” emish. Bu ro‘yxatni kim tuzdi? Aytinglar, uch-to‘rt tanga qistirib bo‘lsayam kirib olaylik. Avvallari “o‘laman sattor, jadidga aloqam yo‘q” deganlar emdi “otingni sot, moling­ni sot, jadidlar ro‘yxatiga kir” deb yurishganmish.

Shaxsan manim Baxriddin Chustiy degan inimizga zarra xusumatim yo‘q. Oshini pishirib, kabobini kuydirib, totli taom ishqibozlarining olqishini olib, qandini urib yuraversin. Lokigin oshqozon g‘amining jadidchilikka ne aloqasi bor? Boyaqish jadidlar tirikligida ikki daryo orasinda yashaydirg‘on mardumning oshxo‘rlig-u to‘yparastlikka ruju qo‘yib, zamona ilmlaridan ortda qolgani haqinda kuyunib, gazitlarda maqola bitib, teatruda tragediyaliq tamosholar qo‘yg‘an edi. Jonini jabborga berib, shu millat g‘ami, yurt ozodligi yo‘lida “bir mo‘ylov istagi” bilan qatag‘on etilgan bobolarimizning “jadid” nomi emdi trendga chiqib qoldimi? Nima, oshpaz kirgan ro‘yxatga qassob, soliqchi, bankir, qozi, to‘ra, amaldor ham kirsa asakasi keturmi? Ayt, vznosi bo‘lsa, to‘lab boraylig-u, biz ham chetda qolmaylik.

Hay, darig‘! Yoqo ushlab “tavba” deyishdan ortiq ne chorang bor..

OVSAR (jadidlikka nomzod)


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img97

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img610

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img607