Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


02.11.2024 | 15:15

img1648

Rasul Hamzatovning «Mening Dog‘istonim» asaridan iqtiboslar

Atoqli shoir va yozuvchi Rasul Hamzatov (1923–2003) qalamiga mansub «Mening Dog‘istonim» asarida Vatanga bo‘lgan cheksiz muhabbat, ona xalqini, tilini, urf odat va an’analari e’zozlash haqida so‘z boradi. Adib ushbu asari orqali atigi 1 mln aholiga ega bo‘lgan avar elini dunyoga tanitdi, o‘z xalqiga haykal qo‘ydi. «Mening Dog‘istonim» adibning ilk nasriy asari. Ushbu asar badia tarzida yozilgan. Unda yozuvchi o‘z millati haqida, tog‘liklarning o‘ziga xos fe’l-atvori, ulardagi mardlik, jasorat, or-nomus tuyg‘ularini, o‘zining boshidan o‘tgan voqea-hodisalarni jo‘shib tasvirlaydi.

Agar sen o‘tmishga to‘pponchadan o‘q uzsang, kelajak seni to‘pga tutadi.

Otangning so‘qmog‘i otangga buyursin. Sen o‘z so‘qmog‘ingni izla.

Oddiy gildan yasaladi eng go‘zal ko‘za,
Oddiy so‘zdan yaraladi she’riy mo‘jiza.

Istardimki, dengizgacha yetib borgan daryolar cheksiz moviy ummonga qo‘shilib ketgandan keyin ham o‘zining yo‘li tog‘dagi buloqdan boshlanganini, bosib o‘tgan toshli soylarni, nishab jilg‘alarni hech qachon unutmasin.

Ba’zan shunday bo‘ladi, bitta ovchi falon darada katta tog‘ takasini otibdi degan gap tarqaladi, hamma ovchilar o‘sha dara tomon shoshiladi. Bu vaqtda o‘sha birinchi ovchi boshqa darada ayiq otgani ma’lum bo‘ladi.

Realizm – bu burgutni burgut deyish, romantizm esa xo‘rozni burgut deb atashdir.

Kichkina kalit bilan katta sandiqlarni ochish mumkin.

Tog‘liklar aytishadi, xanjar uchun eng xavfsiz va ishonchli joy – qin, olov uchun o‘choq, erkak uchun o‘z uyi. Agar o‘choqdagi xavf-xatarsiz olov tog‘ning tepasiga o‘rmalasa, shu vaqtda xanjar qinidan chiqmasa, u xanjar emas, erkak o‘z uyida mudrab yotaversa, u erkak emas.

Bilsang, sevish uchun ham iste’dod kerak. Ehtimol, iste’dodga sevgi emas, sevgiga ko‘proq iste’dod kerakdir.

Odam tilga kirishi uchun ikki yil kifoya, lekin tilini tiyib turishni o‘rganishi uchun oltmish yil kerak bo‘ladi.

Odamning o‘z uyi bo‘lishi va undagi o‘choqqa o‘t yoqishi kerak. Birovning otini qancha minma, baribir egaridan tushib otni egasiga berasan. O‘zgalar fikrlarini egarlagandan ko‘ra, hamisha o‘z fikring bo‘lsin.

G‘oya bu tog‘dagi toshdan-toshga urilib sachragan suv emas, u ko‘zga ko‘rinmasdan tuproqni namlantirib, ildizlari orqali daraxtlarni oziqlantiruvchi suv.

Hammasi haqida hamma gapira oladi. Sen o‘zingning gapingni gapir, shunda to‘kislikka erishasan. Axir, har kim o‘z uyini quradi va ovul tashkil topadi. Har kim o‘z dalasini shudgor qiladi, shu tariqa barcha dala shudgor bo‘ladi.

To‘g‘ri, barcha dog‘istonliklar uchun Dog‘iston bitta, yagona. Lekin har bir dog‘istonlikning qalbida o‘z Dog‘istoni bor.

Parijdan qaytganimdan keyin rassomning qarindoshlarini izlab topdim. Hayratlanarlisi, uning onasi hali hayot ekan. Onasining uyiga to‘plangan qarindoshlari o‘z Vatanini tashlab ketib, uni o‘zga yerlarga almashgan o‘g‘il haqidagi hikoyani g‘amgin tinglashdi. Ular adashgan o‘g‘ilni kechirganday bo‘lishdi, tirik ekanidan suyunishdi. Shunda birdan onasi so‘rab qoldi:
– Sizlar avarcha so‘zlashdinglarmi?
– Yo‘q, biz tarjimon yordamida gaplashdik. Men ruscha gapirdim, u fransuzcha.
Ona yuziga qora chodrasini tushirdi, bizda onalar o‘z o‘g‘lining o‘lganini eshitganda shunday qilishadi.

She’r shunday bo‘lishi kerakki, uni hech tortinmay onangga, qizingga, singlingga o‘qiy olgin.

So‘z yomg‘irga o‘xshaydi. Birinchi yog‘ishda ne’mat. Ikkinchi yog‘ishda yaxshi. Uchinchi yog‘ishda chidash mumkin. To‘rtinchi yog‘ishda bir balo-yu ofatni keltiradi.

Ertalab uyqudan turgan vaqtingda ilon chaqqanday o‘rningdan sakrab turma, avval tushlaringda nimalar ko‘rganingni o‘yla.

Ba’zilarga o‘z ona tili qashshoq tuyulib, boyroq, kattaroq til izlab chiqib ketishadi. Lekin ularning ko‘pchiligi ertakdagi echkiga o‘xshab qolishadi. Echki bo‘rinikiga o‘xshagan dumni orzu qilibdi-yu, dum o‘stirgani o‘rmonga ketibdi, natijada sho‘rlik shoxidan ham ayrilib qolibdi.

Yog‘ochdan qilingan pichoq qancha chiroyli bo‘lmasin, jo‘jani ham so‘ya olmaysan.

O, ona tilida so‘zlayotgan va kuylayotgan odamlar! Onaningizni qay darajada qadrlasangiz, tilingizni ham shu qadar qadrlang! Sizga bu til onangizdan, otangizdan meros!

Til xalqqa bir umrga beriladi, uni o‘zgartirib ham, yo‘qotib ham bo‘lmaydi.

Men ham bu dunyoda kezib juda ko‘p ajib narsalarni ko‘rdim. Qaysi biriga qarashni bilmay, ko‘zlarim o‘ynadi. Nigohimni bitta chiroyli ehromdan uzganda undan ham chiroyli ehromga ko‘zim tushdi, go‘zal chehralarga qaradim. Lekin shuni aniq bilardim, ular qanchalik jozibali bo‘lmasin, ertaga ulardan ham jozibaliroqlarini uchrataman… Dunyoning chek-chegarasi yo‘q ekan.

Agar qog‘ozga yozilgan har bir narsa qo‘shiqqa aylanaverganda, odamlar allaqachon oddiy so‘zlarda suhbatlashishmasdi, bir-biriga qarab qo‘shiq aytishardi.

Aytishlaricha, oilada sevgi qanchalik kuchli bo‘lsa, sog‘lom bola tug‘ilish ehtimoli shunchalik ko‘proq bo‘ladi.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img84

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img599

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img597