Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


29.09.2024 | 17:03

img2284

Migel de Servantesning «Don Kixot» asaridan iqtiboslar

“Don Kixot” – buyuk ispan yozuvchisi Migel de Servantes Saavedra qalamiga mansub roman. Asar ikki jildda nashr etildi. Birinchisi 1605-yilda, ikkinchisi 1615-yilda dunyo yuzini ko‘rdi. Roman ritsarlar haqidagi asarlarga parodiya sifatida yaratildi. Keyinchalik juda ko‘p tillarga tarjima qilinib, dunyo adabiyotining eng mashhur asarlaridan biriga aylandi.

Uxlayotganimda qo‘rqinchni ham, mehnatni ham, rohatni ham bilmayman, kishilar fikrini yopuvchi parda, ochlikni quvuvchi ovqat, chanqoqni bosuvchi suv, sovuqda isituvchi olov, issiqni bir me’yorga solib turuvchi sovuq bo‘lgan, xullas, hammani – cho‘pon bilan qirolni, tentak bilan dononi teng qilib qo‘yadigan uyquni yaratganga ming rahmat.

Meni maqtashni bas qiling, nega desangiz, men har qanday xushomadni yomon ko‘raman, maqtovlaringizning mutlaqo samimiyligiga garchand shubham bo‘lmasa-da, senoram, harqalay kamtarin kaminangiz sha’niga haqoratday bo‘lib tuyuladi.

Olimlar mashhurlik hamda to‘qchilikka qattiq mehnat qilish, och qolish, qashshoqlik, bosh qotirish, oshqozonni bo‘sh saqlash va boshqa narsalar evaziga ega bo‘ladi. Biroq yaxshi jangchi bo‘lish uchun jangchi olimning boshiga tushgan barcha qiyinchiliklarga bardosh berishi, buning ustiga har daqiqada o‘z hayotini tahlika ostida qoldirishi zarur.

Hamma ayollar shunday, ular tabiatining o‘ziga xos xususiyati shundaki, ularni sevganlarni mensimaydilar va ulardan nafratlanganlarni sevadilar.

Ishonuvchan kishilarni aldash uyat.

G‘am-qayg‘u jonivorlar uchun emas, insonlar uchun yaratilgan, biroq kishilar g‘amga haddan tashqari berilib ketsalar, ular ham hayvonga aylanadilar.

Buyruq berish har doim yoqimli, hatto qo‘ylar podasiga bo‘lsa ham.

Bizning boshimizga yog‘ilgan dahshatli falokatlar bo‘roni tezda qora bulutlar tarqab osmonning ochilishidan va ishlarimizning o‘ngidan kelishidan nishonadir. Zotan, g‘ussa ham, quvonch ham uncha uzoqqa cho‘zilmaydi, binobarin, g‘am-alam uzoq cho‘zilgan ekan, demak, sevinch yaqin qolipti.

Ahmoqlik asosida aqllilik binosini qurib bo‘lmaydi.

Osilib o‘lgan odamning uyida arqon haqida gapirmaydilar.

Dunyodagi eng yaxshi dori ham, agar bemor uni qabul qilishdan bosh tortsa, unga yordam bermaydi.

Dunyoda o‘limdan boshqa hamma narsani to‘g‘rilasa bo‘ladi.

Hammamiz ham xudo qanday yaratgan bo‘lsa, o‘shandaymiz, ba’zan esa undan ham battarroqmiz.

Eshak asal bilan boqilmaydi.

Shoir hodisalarni o‘zining fikricha, qanday bo‘lishi lozim bo‘lsa, shunday yozadi. Tarixchi esa, voqealarni ro‘yi-rost, qay holda o‘tgan bo‘lsa, shundayligicha, qo‘shib-chatmay, tushirib qoldirmay yozishi kerak.

Bir ko‘r ikkinchisini yetaklasa, ikkovining ham chuqurga yiqilish xavfi tug‘iladi.

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596