Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


06.11.2024 | 12:53

img575

OʻRGIMCHAK, OʻRMAK VA QIRQ OʻRIM SOCH

“Oʻrgimchak. Oʻziga ovqat boʻladigan hasharotlarni tutish uchun toʻr toʻqiydigan boʻgʻimoyoqli yirtqich hasharot”.

“Oʻrmak. Sholcha yoki gilam toʻqiydigan mahalliy dastgoh”.

“Oʻzbek tilining izohli lugʻati”da bu ikki soʻzga shunday izoh berilgan. Demak, oʻrmak soʻzining ham, oʻrgimchak soʻzining ham tub ilidizi toʻqish ma’nosidagi oʻr soʻziga borib taqaladi. “Qizimning sochini oʻrib qoʻydim” degan gapda oʻrish soʻzi toʻqish soʻziga yaqin. Chunki onalar qizlarining sochini oʻrganda soch tolalarini gilam iplarini birlashtirib toʻqiganday toʻqiydilar. “Qirq oʻrim soch” iborasi ham shunga ishora qiladi.

Alisher Navoiy oʻrmak soʻzini ikki ma’noda “tuya junidan toʻqilgan bir nav’ mato va soch oʻrish ma’nosida ishlatgan. Oʻrgimchak soʻzini oʻrgamchi shaklida qoʻllagan:

 Oʻrgamchi shuboqqa parda solib,
 Ul parda ichida soya olib.
(Layli va Majnun)

Xalq tilida hozir ham bu soʻz koʻproq oʻrgamchi deb ishlatiladi.

Mahmud Koshgʻariy oʻrdi soʻzini “qiz­lar­ning sochini oʻrish” ma’nosida va oʻrgimchak soʻzini oʻrumchak ӧrumchӓk shaklida qoʻllagan. “At-tuhfa” lugʻatida oʻrgimchak ӧrÿmchÿk – orumchoʻk, soch oʻrami ormach (orÿk) shaklida kelgan.

“Turkiy tillar etimologik lugʻati”da moʻgʻul tilida jun koʻylak – ӧrmege (oʻrmege), tuya junidan qilingan yumshoq mato ӧrmӧg (oʻrmoʻg) deyilishi haqida ma’lumot bor. Shuningdek, gilam toʻqiydigan ibtidoiy qurilma – oʻrmak asli oʻr soʻziga -moq qoʻshimchasi qoʻshilishidan paydo boʻlgan degan izoh ham bor.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2024-yil 1-noyabrdagi 45-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596