12.04.2024 | 13:29
365
GULLARGA KO‘MILGAN OQSHOMLAR

21-ASRGA AYTARIM
Zamin bekor aylanmas ekan,
Vaqt fazoda fitna tugadi.
Yulduzlarning gohi-gohida
Yer shariga ko‘zi tegadi.
Yo‘q, shunchaki nur sochmas quyosh,
Tutqun singil – Oy to‘lmas bekor.
Tovonimga kirgan tikanning
Yupiterda hisoboti bor.
Tili bo‘lsa aytsin dengizlar,
Esi bo‘lsa tushunsin odam.
Yupanch uchun kelmas kunduzlar,
Qo‘rquv uchun tug‘ilmas tun ham.
Yo‘q, bekorga aylanmaydi Arz,
G‘am, shodlikda muvozanat bor.
Faqat qaytib qutulinar qarz,
Katta, juda katta hisob bor.
Juda katta dargoh bor – beshak,
Juda ulug‘ nigohni ko‘rdim.
Bobom otgan ona Mamontning
Gunohiga men qo‘rqib turdim.
Tomirdagi qonim ko‘p qadim,
Garchi ko‘p bor tig‘ urdi riyo.
Rasululloh tahoratidan
Qolgan suvga yuz chaygil, Dunyo.
Ey, sen, ko‘kka bir bor boqmagan,
Ruhi – bandi, mudragan yurak.
Bolang “non” deb qo‘l cho‘zgan payti,
Senga Quddus nimaga kerak!?
Panamangni yechgin boshingdan,
Men do‘ppimni olay qo‘limga.
Mahatmani otgan qotil ham
Kimga o‘xshar, sengami, menga?
Bunda chekma – dimiqdi olam,
Ruhiyatni tutunlar quchdi.
Uyg‘onolmay chirpanar bolam,
Oyoqlari Ozonni teshdi.
Brunoni yoqib, so‘ng uning
Yorug‘ida o‘q yo‘ngan, ey, kin,
Sharq ko‘targan mash’ala tomon
Yetsin, deya aylanar zamin.
Bir karvonda ketayotirmiz,
Ketayapmiz, yo‘ldoshim, ishon.
Nechun sovuq zerikishingga
Payg‘ambarlar bo‘lsinlar nishon?
Aytmay desam, aytmoq – menga farz,
Yozmay desam, yurak to‘la she’r.
Boqqil, qanday kengdir bu olam,
Qara qanday aylanadi yer.
Beshik kabi chayqaladi yer.
UMID
Olloh, chaqirdingmi uyingga meni,
Uchib boramanmi uch kundan keyin?
Toshib ketayapti ko‘krakdan ruhim,
Rabbim, huzuringda turish ham qiyin.
Qancha umidim bor, qancha niyat bor,
Yuragim qamalgan qushlarga to‘la.
Har sezgan tuyg‘umda Sen bor, hikmat bor,
Barin aytolmayman, axir bir yo‘la…
Barchasin bilasan, o‘zing bilasan,
Ammo yuragimda bitta istak bor!
Ka’bangni aylanib o‘tayotgan dam,
Oldimdan onamni chiqargin, G‘affor!
* * *
Uchmaydigan odat chiqardi bu qush,
Bu qush zor-u nolon sayramay qo‘ydi.
Ey, dunyo, don-suving etdimi sarxush,
Yoxud u taqdirga ishonmay qo‘ydi.
Yurak tomib turgan tumshuqlarida,
Ne hislarni tashib keltirardi u.
Uzlat ayvonidan horg‘in termulgan
Shoirlarga og‘riq keltirardi u.
Tosh emasligini, qush ekanini,
Uchmoq va bo‘zlamoq – qismati tanho,
Ekanin eslatib ilhom ber, Rabbim!
Yerga qo‘nolmasdan bo‘lsa ham fido!
Shunga ko‘nolmasdan bo‘lsa ham ado,
Unga termulgancha tugaydi sabrim.
Hatto qushga qanot nechun berilgan –
Eslatib turmasang, bo‘lmaskan, Rabbim!
* * *
Gaplashgisi keladi goho,
Qo‘ng‘iroq qilgisi keladi.
Gohida ko‘zimga tik qarab,
Barisin bilgisi keladi.
Gohida bo‘ladi shunday hol –
Yulduzday to‘lgisi keladi.
Bilaman, ne ajab bilaman –
U baxtli bo‘lgisi keladi.
Gohida olovday tarmashib,
Chovutlar solgisi keladi.
So‘ng esa burchakda, uvullab,
Yuzlarin tilgisi keladi.
Gohida dunyoning yuzidan
Hijobin yulgisi keladi.
Ketishga hozirlik ko‘rib, so‘ng,
Yonimda qolgisi keladi.
Gullarga ko‘milgan oqshomlar
Negadir o‘lgisi keladi.
O‘lgisi keladi – bir marta,
Qo‘limda o‘lgisi keladi.
Bu ayol… ko‘zlari – juft qadah,
Men bilan to‘lgisi keladi.
Ko‘nglimni – Xudoning torini
Bir o‘zi chalgisi keladi.
Ba’zida sahroda tosh kabi,
Bir o‘zi qolgisi keladi.
Gohida qo‘lida telefon…
Qo‘ng‘iroq qilgisi keladi..
MUNOJAT
Menga ham kimlardir qilar qo‘ng‘iroq,
Aytgilari kelar tashvishlarini.
Ichimga olisdan yoqarlar chiroq,
Go‘yo bajaraman yumushlarini.
Men ham birovlarni yo‘qlayman goho,
Nelardir so‘ylayman, dodim aytaman.
Ammo hech kim yo‘qdir – tubimga boqsam…
Xudoyim, o‘zingga qaytaman!
Seni menga, meni Senga bog‘lagan,
Eng inja sababing, umrimdan cho‘ngroq.
Yaratganing garchi behisob, ammo
Menga ham kimlardir qilar qo‘ng‘iroq.
Bo‘yin tomirdan ham yaqin qo‘llaring,
Sezaman, tunlari barmoqlaringni.
Bandangdan so‘ratib sarson qilmagin,
Qoshingga ne bilan bormoqligimni,
Qaysi libos bilan turmoqligimni
Shodmonqul SALOM
2024-yil 26-yanvar 5-son
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
88
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
601
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
600

