Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


11.11.2024 | 15:00

img424

SHARAFLI ZAMONDOSH

Mamlakatimiz hududida yaqin tarixda yashab o‘tgan shaxslar xususida o‘ylaganimda, beixtiyor ularning oydin siymosi ko‘z oldimda gavdalanadi. Zero, O‘zbekiston tarixida yozilgan juda ko‘p sanalarni, voqea-hodisalarni zamonamiz yoshlari kitoblardan o‘qib o‘rganishadi. Biz yoshi ulug‘ insonlar esa o‘sha hodisalarning bevosita guvohi, ko‘pgina tarixiy voqealarning ishtirokchisi o‘laroq, millatning asl fidoyi fenomen shaxslariga maslakdosh va izdosh ham bo‘lganmiz.

XX asrda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy hayotida ulkan islohotlarni amalga oshirgan Sharof Rashidov ana shunday peshqadam tarixiy siymolardan biri edi. Men uchun ustoz maqomida bo‘lgan bu benazir shaxs to‘g‘risida o‘ylaganimda uning mislsiz tarixiy xizmatlari bir-bir xayolimdan o‘tadi. Zotan, aslo yemirilmas, parchalanmas bo‘lib ko‘ringan sovetlar ittifoqi davrida, mustabid tuzum hukmronligi ostida O‘zbekistonga birinchi rahbar bo‘lish oson emasdi. Barcha topshiriqlar markazdan turli hududlarga tarqalar va bu so‘zsiz bajarilishi lozim edi. Shunday bir qaltis vaziyatli muhitda Sharof Rashidov bilimi, odamiylik fazilatlari, o‘z xalqiga bo‘lgan muhabbati tufayli obro‘ qozondi.

Bepoyon cho‘llarda paxta ekish uchun yangi yerlar ochildi. Amudaryo bilan Sirdaryo suvlarining aksariyat qismi shu dalalar tomon yo‘naltirildi. Bir zamonlar shu ishlarga bosh-qosh bo‘lgan, deya Sharof Rashidov nomini qoralashga urinishlar ham sezildi. Ammo bugun tarixiy haqiqat tiklandi. U kishining mamlakat obodligi, xalqning farovon turmushi yo‘lidagi fidoyiliklari hech qachon unutilmaydi. Chunki O‘zbekistonga yigirma yildan ortiq rahbarlik qilgan bo‘lsa, u o‘z shaxsiy manfaatlarini emas, balki Respublika aholisining foydasini, farovonligini ko‘zladi. O‘sha yillardagi bunyodkorlik ishlari sobiq ittifoqda bizga qo‘shni respublikalarning iqtisodiy ahvolidan yuksak bo‘lsa yuksak ediki, aslo kam emasdi.

Zero, hozir ham Toshkent shahriga ko‘rk bag‘ishlab turgan Xalqlar do‘stligi san’at saroyining barpo bo‘lishi, mamlakat markazida metropoliten qurilgani bu tarixiy qurilishlarga guvohi bo‘lgan biz kabi yoshi ulug‘ insonlarning hali hamon yodida.

Ittifoqning iqtisodiy umumqozonidan o‘zbek xalqi uchun zarur ulushni olish, mamlakat poytaxtida yer osti ulovini barpo etish rejasini o‘z vaqtida Gosplandan o‘tkazib tasdiqlatish uchun rahbarda yetarli jur’at, asosli dalillar hamda kuch-g‘ayrat bo‘lishi lozim edi. Sharof Rashidov shunday dadil, cho‘rtkesar, qat’iy va ayni damda, o‘ta yuksak ichki madaniyat sohibi edi. Insonlarga imkoni boricha yaxshilik qo‘lini cho‘zishga intilardi. Bugun ham Sharof akani ko‘rgan-bilganlarda iliq xotiralar bor. Deylik, bir ayolning taqdiri partiyaning ulkan bir majlisida hal bo‘lishi kerak. U sho‘rlik balki jinday xato qilgandir, kamchilik kimda bo‘lmaydi. Bunday pallada yig‘ilish a’zolari, kazo-kazolar o‘sha ojiza ustiga mag‘zava ag‘darish bilan mashg‘ul bo‘libdi, xato-kamchiliklarini ro‘kach qilibdi.

Respublikaning birinchi rahbari majlis ahlining fikrlarini tinglagach, “aybdor” ayolga savol beradi: “Necha nafar farzandingiz bor?” Partiyaning siyosiylashgan muhtasham majlisida bunday oilaviy savolni kutmagan ayol ibo bilan javob beradi: “Sakkiz…” Sharof aka hushyor tortadi va majlis ahliga bir-bir nazar tashlab chiqqach: “Biz uchun insonni qadrlash, xususan, ayol zoti hurmatini o‘z o‘rniga qo‘yish muhim. Muhtaram majlis ahli, o‘z ishida biroz kamchilikka yo‘l qo‘ygan, sakkiz farzandning onasi bo‘lgan bu hamkasbimizni o‘sha qorako‘zlar haqqi-hurmati kechirsak, nima deysizlar?!” degan mazmunda qat’iy so‘z aytadi. Shunda ayolning ko‘zlaridan yosh tirqirab chiqadi. Majlisdagi eng asosiy so‘zni aytadigan Markazdan kelgan vakil ham Sharof Rashidovning insoniyligi oldida lol qoladi va ayni qaror uchun qayta-qayta tashakkur aytadi. Insondan ana shunday ezgu ishlar, yaxshiliklar qoladi.

Bu bag‘rikeng rahbarning qo‘l ostidagilarga ko‘rsatgan karamidan birgina misol, xolos. Holbuki, u kishining faoliyatida shu kabi ibratli voqealar bisyor. Hurmat va ehtiromni birovdan, xususan, xalqdan so‘rab, tilanib olib bo‘lmaydi. U mehnat-mashaqqatlar, uyqusiz tunlar, qalb go‘zalligi va boshqalarga ko‘rsatilgan cheksiz muruvvat evaziga qozoniladi. Shuning uchun ham bu insonning mislsiz xizmatlaridan har bir yosh xabardor bo‘lishi lozim.

Ilm yo‘lida zahmat chekib, fidoyilarcha ishlagan hech bir o‘zbek olimi, ijodkori, mehnat faxriysi Sharof akaning e’tiboridan aslo chetda qolmasdi. U kishi ilm-fan, adabiyot va san’at ahliga qalban yaqin edi. Yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlardi.

Sharof akaning adabiy-ijodiy merosiga o‘z vaqtida adabiyotshunoslar yuksak baho berishdi. Zero, uning “Qudratli to‘lqin”, “Bo‘rondan kuchli” romanlari ham bunyodkor insonlar hayotidan hikoya qiladi. Qo‘shiq bo‘lgan she’rlari, ayniqsa “Kashmir qo‘shig‘i” juda mashhur. Ushbu asarlarda Sharof akaning ijodkor sifatidagi yuksak mahorati va go‘zal qalbi aks etadi.

Bugun mamlakatimizni dunyodagi ilg‘or, eng taraqqiy etgan davlatlardan biriga aylantirish va har bir fuqaroning farovon turmushi uchun kecha-kunduz jonfidolik qilib ishlayotgan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev yoshlik chog‘larida Sharof akadan oq yo‘l olganini ham bilaman. Bugun Prezidentimiz shunday sharafli yo‘lda mardona davom etayotgani bizni quvontiradi.

Sharof Rashidovning beqiyos tarixiy xizmatlarini yodga olish bilan biz unga o‘z hurmatimizni, minnatdorligimizni bildirgan bo‘lamiz. O‘z vaqtida bunday fikrlarni aytolmadik, u kishiga tashakkur izhor etolmadik. Bugun Sharof Rashidovni ko‘rgan ziyolilar qalbida ham xuddi men aytgan kabi xotiralar bo‘lishi tabiiy.

Oqil SALIMOV,
akademik

“Jadid” gazetasining 2024-yil 8-noyabrdagi 46-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img88

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img602

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600