Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.09.2024 | 14:32

img521

SHARAFLI MAQOM

Inson zoti qaysi zamon va makonda yashamasin, qaysi kasbni tanlamasin, har vaqt ustozga muhtoj bo‘ladi. Haqiqiy ustozning maqom-martabasi bag‘oyat yuksak, unda ibratga loyiq fazilatlar mujassam bo‘lmog‘i darkor. Insonning pokiza qalbini bunyod qilish bilan mashg‘ul bo‘ladigan fidoyi muallimga ehtirom ko‘rsatish xususida hazrat Navoiy aytadiki:

Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila,
Aylamak bo‘lmas ado, oning haqin yuz ganj ila.

Ustozlik maqom-martaba­si ana shunday yuksak va ulug‘­vor. Zero, ustozining ko‘ng­lini og‘ritgan shogird o‘smay­di, hayotda o‘z o‘rnini topishi qiyin kechadi. Biror soat dars bergan muallimning norizo bo‘lib, qosh chimirishi shogird uchun qimmatga tushishi aniq.

“Muallim” so‘zi negizida ilm va olimlik tushunchasi mujassamdir. Chin muallim mustaqil fikr egasi bo‘ladi. Shu­ning uchun ustozlik martabasi mual­limning o‘z ilmiga amal qi­lishi bilan tugal va go‘zal bo‘ladi. O‘quvchiga, talabaga juda bama’ni, foydali hikmatlarni aytib, ma’ruzalar o‘qiyotgan ziyoli odam, eng avvalo, aytgan so‘ziga o‘zi amal qilishi lozim. Aks holda murabbiy so‘zi shogirdlariga zarracha ta’sir qilmaydi.

Rivoyatga ko‘ra, o‘tgan za­mon­larda bir kampir nabirasini yetaklab donishmand huzuriga boribdi. Bolajonning har kuni ko‘p xurmo yeb qo‘yayotgani­dan shikoyat qilibdi: “Bolamga nasihat qilsangiz”. Ulug‘ zot umid bilan ostonasidan kirgan kampirga qirq kundan keyin kelishlarini aytib iziga qaytaribdi. Kampir nabirasi bilan mahzun uyiga qaytibdi. Oradan aytilgan muddat o‘tgach, yana donishmand huzurida paydo bo‘libdi. Donishmand chol bolakayga zarur nasihatlar, tanbehlar, maslahatlar beribdi. Kampir­ning yuzi yorishibdi, xursand bo‘libdi. Ammo ketar mahali avvalgi kelganlarida shu nasihatlarni nima uchun darhol ayta qolmaganining sababini so‘rabdi. Shunda donishmand: “O‘zim ham juda ko‘p xurmo yer edim. Aytilgan muddat oralig‘ida nafsimni tiyib yurdim. Nasihat aytish uchun ma’nan haqli bo‘ldim”, degan ekan. Ustozlikka, ta’lim va tarbiya berishga ma’nan haqli bo‘lish ortida to‘g‘rilik, haqgo‘ylik, o‘z so‘ziga amal qilishdek muazzam fazilatlar mujassam.

Sinfxonalaridagi muallimlar o‘z tashqi ko‘rinish­lariga naqadar diqqat qaratishsa, ma’naviy dunyosiga, ichkarisiga, nutqiga ham shu darajada e’tibor berish­lari lozim. Oppoq libos kiygan muallim­ning yuragi qora bo‘lsa, bu illat uning o‘quvchilari ruhiyatiga ko‘chadi.

Muallim tabiatini olimlik, pokizalik, ulug‘­vorlik, to‘g‘rilik, adolat va xolislik kabi bebaho fazilatlar bezatadi.

Xalq ta’biricha, guruch kurmaksiz bo‘lmas. To‘g‘risi, bugungi ijtimoiy hayotda, xususan, muallimlar orasida o‘z aytayotgan so‘ziga tes­kari ishlar qilib yurganlari topiladi. Sinf­xonasida juda ta’sirchan she’rlar o‘qiydi, aforizmlarni yod aytadi, ta’lim-tarbiyadan, oli­ja­nob­lik­dan ma’ruzalar qiladi. O‘zi esa hayotda, jamoatda,  oilasida aynan aytganlariga amal qilmaydi.

Bunday vaziyatda ustozning oydin siymosi xira tortadi, so‘zidan quvvat ketadi. Agar ustoz aldamchi bo‘lsa, kelajakda shu sinfdan yolg‘onchilik bilan kun ko‘radigan muttahamlar guruhi yetishib chiqadi. Bunday nadomatlar marazini davolash uchun asrlar kamlik qiladi.

Jamiyatda muallimning o‘rni bag‘oyat katta. Chunki yosh bola oilasidan ham ko‘ra maktabda olgan tarbiyasini o‘z hayotiga tatbiq etadi. Insonning ruhan yemirilishi, pallabinligi, ma’naviy bulg‘anishi ustoz ko‘rmaganlik oqibatida yuzaga keladi. Biror kasb-korida, hunarida ustozi yo‘rig‘ida yurmagan odam­ning yo‘l boshlovchisi shayton bo‘lar ekan. Shaytoniy vas­vasa – yomon. Qora bulut qu­yosh nurlarini to‘sganidek, xurofot va bid’at haqiqat yog‘dusini xiralashtiradi. Oydin tushun­chalar rangi qorayadi. Tiniq fikrlar loyqalanadi. Siniq kosa chegalab butlansa ham, avvalgidek jaranglamaydi.

Oddiy odamlarni jaholat botqog‘idan haqiqat nurlari tomon yetaklagan muallimlar­ning amaliy xizmatlari tahsinga lo­yiq, nomlari abadiylikka daxldordir.

Yaqin tarixga, XX asrning boshlariga nazar tashlaymiz. Tish-tirnog‘i bilan inson ma’naviyatini changallab olgan jaholat, ilmsizlikdan qutulishga jidd-u jahd qilgan jadidlar ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Ular yoshlardan umid qildi. Yoshlarning fikriy va ruhiy tarbiyasi bilan shug‘ullanishdi. Zero, ta’limdagi islohotlar qalbni, fikrni yangilaydi. Jadidlar g‘aflatda yotgan Turkiston ahlini ilm-ma’rifatga, madaniyatga, haqqoniyatga, dunyo tamadduni bilan bo‘ylashmoqqa chorladi. “Achchiq bo‘lsa ham haqiqatni so‘zla” hadisini o‘zi uchun shior qilib olgan Turkiston jadidlari rahnamosi mufti Mahmudxo‘ja Beh­budiyning alamli va umidli ovozi keladi asr qa’ridan: “Barchamizga oftob kabi ravshan va ayondurki: maktablar taraqqiy­ning boshlang‘ichi, madaniyat va saodatning durdonasidur”. Taraqqiyga chorlov bor bunda. Jadidlar maktablarda zamon­cha ilm oladigan yoshlarning kelgusidagi kuch va quvvatiga, g‘ayrat va shijoatiga umid bog‘lashdi. Hamma zamonlarda ustozlar o‘z shogirdlari kamolotidan mamnun bo‘lgani aniq…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Mus­taqillik bayramining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan so‘zlagan nutqida Yangi O‘zbekistonni barpo etishning beshta eng muhim yo‘nalishini ko‘rsatib, unda birin­chi navbatda “sifatli ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish”ga urg‘u berdi. “Muammolarning yechimi, savollarimizning javobi faqat va faqat ta’limda. Hamma eshiklarni ochadigan kalit ham – faqat va faqat ta’lim va tarbiyadir”. Bu ulug‘vor g‘oya muallimlar­ning jamiyatdagi o‘rni va missiyasini belgilab beradi. Qolaversa, barcha turdagi ta’limni isloh etish, maktab va oliy o‘quv yurtlaridagi ta’lim sifatini oshirib, jamiyat uchun eng noyob mutaxassislar, yuragi butun shaxslar yetishtirib chiqarish – bu muallimga bog‘liq. Bu yo‘lda qat’iyat, shijoat, fidoyilik lozim. Eng muhimi, har bir muallim o‘z kasbini chin yurakdan sevishi, har kun, har soatda o‘z-o‘ziga hisobot berishi va ayni damda, vij­donini ko‘zguga solib ko‘rishi lozim.

Chunki yoshlarning go‘zal qalbini bunyod etish, yoshlarning ko‘nglini, yuragini turli balolardan qo‘riqlash – bu Vatan sarhadlari­ni himoya qilayotgan askarlar ishidan aslo kam emas. “Har bir muallim xuddi Vatan himoyasi uchun otlangan askardek sinf­xonasiga, auditoriyaga kirmog‘i kerak”. Alloma adib Abdulla Qodiriy ta’biri bilan aytganda, bu hikmat “turmush onasining dard chekib tuqqan to‘ng‘ich o‘g‘lidir”. Uni yodida tutgan muallim yoshlar qalbi, tafakkuri himoyasi bilan mashg‘ul bo‘ladi. Bugungi kun muallimlari o‘zlari uchun jadid bobolarining fidoyiligini namuna qilib olishi lozim. To‘g‘ri, u bir asr naridagi tarix. Jadidlarning hayotiy dasturlarini chuqur o‘rga­nish va ular­ning armonga aylanib qolgan orzularini tugal ro‘yobga chiqarish bugungi kun muallimlari zimmasidagi sharafli vazifa sanaladi. Vazifaning qoyilmaqom ijrosi ustoz muallimning yodi bashariyat tarixi kitobining unutilmas va o‘chmas sahifalari bo‘lib qoladi. Zotan, bunday sharafga, maqom va martabaga eng dongdor shoirlar ham havas qilganini yaxshi bilasiz:

Shoirga dedilar: Siz baxtli inson,
El-yurt ardoqlaydi, hamma taniydi.
Shoir javob berdi: Menda bir armon –   
Muallim desalar meni, qaniydi…

Bahodir KARIM

“Jadid” gazetasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 40-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596