Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.11.2024 | 10:20

img448

OSTONASI TILLO UY

Bu hikoyani menga bir hamkasbim aytib bergandi. Ko‘p vaqt bu hikmatomuz voqea menga uyqu bermadi.

Hayotda o‘z o‘rnimni topib, mahalla-ko‘yda izzatga erishib, oltita farzandni o‘qitib, uyli-joyli qilishimga bobom sababchi bo‘lgan. U kishi o‘ttizinchi yillar ocharchiligini ko‘rgan, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan, bir necha bor yarador bo‘lgan. Atigi yettinchi sinfni tugatgan bobomning bilimi hozirgi oliy ma’lumotlilardan kam emasdi deb o‘ylayman. Ana shu “hayot doshqozonida qovurib olingan” bobom menga ikkita qoidani o‘rgatgan edi: “Xotinning va qozonning arzoniga uchma!” Men shaharlik qizga ko‘ngil qo‘yib, uylanaman, deb qaror berganimda onam ro‘moli chetini tishlab, bosh chayqagandi: “Bobong nima derkin? Bolam, teng tengi bilan, shaharlik qizlarga qancha qalin to‘lash kerakligini bilasanmi? Undan ko‘ra, o‘zimizni qishloqni odmisiga uylanaqol”, dedi.

Lekin… Kutilmaganda bobom men taraf bo‘lib, onamni ko‘ndirdi. Sovchilikka borgan amma-xolalarim jiyilib quda tomon qalindan tashqari juda ko‘p sarupo so‘rayotganini aytishdi.

Bobom:
– “Nima so‘rasa, shuni beringlar. Yuragim sezib turibdi, qadami qutlug‘ keladi, bergan buyum-suyumlaringni o‘rni to‘lib ketadi. Palagi toza, ostonamiz tillo bo‘ladi, – dedi.

To‘y oldi bordi-keldilari ancha davom etdi. Ziyoli oila ekan, sarupo haqidagi gaplarning hammasi hazil ekan: ikki yosh baxtli bo‘lib ketishsa, shu ular uchun eng qimmatbaho tuhfa ekanini aytishibdi.

To‘yimizdan bir yil o‘tib, ukam uylanadigan bo‘ldi va bizni yangi tiklangan xo‘jalikka kuzatib qo‘yishdi. Ertasiga ikki yosh qo‘l ushlashib, markaziy bozorga qozon sotib olish uchun bordik.

– Hoy, yigit, nima izlayapsiz? – so‘radi sotuvchi ayollardan biri.
– Qozon, – dedim.
– Talabamisan? Menda arzon, kichkina qozoncha bor, – dedi u qoshi bilan uyqashgan buyumlarga ishora qilib.
– Arzonini keragi yo‘q. Sho‘rvasi tatimaydi. Menga asl va kattarog‘i kerak.
– Nima qilasan katta qozonni? Bola-chaqang bo‘lmasa, xotining ikkovingga kichkina dekcha ham bo‘laveradi-ku?
– Bobom xotin va qozonning arzoniga uchma, deb uqtirgan, – degandim, sotuvchilar kulib yuborishdi.
– Unda beri kel, eng qimmat qozon menda…

Savdolashmay, so‘ragan pulini berib, katta qozon sotib oldim. Bu qozon uyimizga haqiqatdan ham qut-baraka olib keldi. Oltita farzandimiz bo‘lishini bobom sezgan bo‘lsa kerak. Lekin rafiqam qadamining qutlug‘ligi bu qozondan ortib tushgandi: birinchisi o‘g‘il, ikkinchisi qiz, uchinchisi o‘g‘il, to‘rtinchisi qiz, beshinchisi o‘g‘il, oltinchisi qiz. Hammasi aqli raso, to‘rt muchasi sog‘. Pazandaligi, pokizaligi mahalla kelinlariga dastak. Ozoda uyni farishtalar tark etmaydi, degan edi bobom. Bizning uy doim saranjom-sarishta. Vaqti yetib, bo‘y cho‘zib, o‘g‘il bolalar uyni ostin-ustun qilib yuborgan paytlari qizlarim bir zumda tartibga keltirib qo‘yardi, gohida daladan qaytgan onasi bu beboshlikni payqamasdi ham. Men institutda ilmiy ish bilan band edim. “O‘tish davri”da ko‘p ustozlar maoshi kam deb bu sohani tark etishgani sir emas. Men ham bozorni mo‘ljallab qoldim. Bir kuni rafiqamga bu haqda gap ochdim.

– Bozorga ketaman, deb o‘ylamang. Men ilmiy ish bilan shug‘ullana olmadim, endi siz bu ishni tashlamang, – deb qisqa qayirdi. – Mayli, maoshi kam bo‘lsa ham gap baraka-da. Sabr qilaylik…

Shunda bobomning yana bir dono gapi yodimga tushdi. “Sho‘rpeshana erkakning xotini erini qo‘riydi, sho‘rpeshana xotinning eri yerini qo‘riydi”.

Bobomeros to‘qqiz so‘tix yerni birgalashib issiqxona qildik, limu, bodring, patinjon yetishtirdik. Ayolim mendan kam mehnat qilmadi. Bir og‘iz zorlanmadi, boriga shukr qildi, yo‘g‘iga sabr. Bugun esa… piri badavlatmiz: ko‘nglimiz, ko‘zimiz to‘q, bolalar o‘qimishli, asosiysi mehrli. Ro‘zg‘orimiz barakali… Uyning ostonasini tillo qiladigan sehrgar sizning ayolingiz bo‘ladi.

Hayotimdan mamnunman va bo‘ydoq yigitlarga bobomning maslahatini beraman: “Xotin va qozonning arzoniga uchmanglar”.

Bahoroy DO‘SMATOVA
Facebook

“Jadid” gazetasining 2024-yil 8-noyabrdagi 46-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img83

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img598

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img596