Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


03.10.2024 | 12:12

img442

LO‘KILLASH yoki TUYAYURISH

Bir oliy o‘quv yurtida magistrlardan imtihon olayot­ganimda nuqul aravani quruq olib qochadigan yigitga duch keldim. ­Nimani so‘rasam, tunukaning shaqir-shuquridan boshqa javob yo‘q.

Oxiri, unga shunday bir savol berdim:

– Mayli, bu oldi-qochdi gaplaringni qo‘ygin-da, juda oddiy bir savolimga javob ber. Familiyang Lukchayev ekan. Xo‘sh, bobongning ismini ma’nosi nima?
– Bobomning ismi… – tap tortmasdan yana dadillik bilan javob bera boshladi yigitcha, – bobomning ismining ma’nosi ruschadagi luk so‘zidan. Piyoz degani. O‘sha paytlarda ruslar ta’siri kuchli bo‘lgani uchun Lukcha deb nom qo‘yishgan.
– Demak, sen Piyozchayev ekansan-da?! Nima ajdodlaringda ruslarga aloqa­si bor momo-bobolardan bormi­diki, otini ruscha Luk, qo‘shim­chasini o‘zbekchasiga -cha deb qo‘yishsa.
– Yo‘q, bizning avlodda rus bo‘lmagan. Lekin bobomning ismini ruscha qo‘yishgan.

Shundan keyin unga “sen Lukchayev emas Lo‘kcha­yevsan, Norchayev deganday, shu paytgacha o‘z familiyang bilan qiziqib ham ko‘rmaganing meni hayron qoldirdi”, deb lo‘kcha so‘zining ma’nosi mana bunday, ana unday deb uzoq tushuntirdim. Niyatim: hech bo‘lmasa, bu magistrgina bola bobosining otini bilib ketsin. Yo‘q, nazarimda u menga ishonmadi. Balki u quyida yozganlarimni o‘qir yo o‘qimas. Lekin me­ning vazifam, baribir, ko‘nglimdagi gapni aytib qo‘yish.

Lo‘killab yurish – qadami­ni katta tashlab, lopillab yurmoq degani. Ba’zan ovora bo‘lib yurish ham shu so‘z bilan ma’nolanadi. Xo‘sh, nima uchun lo‘killab deymiz? Bu so‘z qan­day paydo bo‘lib qolgan? Men avval “Lu­kov va Idiyevga salom” degan maqolam­da lo‘k so‘ziga to‘xtalgan edim va “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da bu so‘zning ma’nosi quyi­dagicha sharhlanganini kelti­rib o‘tgandim: LO‘K (f. Kalta yungli, yuk tashuvchi tuya) Boshi kichikroq bo‘yni uzun bir o‘rkach­li katta tuya, yetakchi tuya.

Menimcha, lo‘killab fe’li­ning paydo bo‘lishi ham tuya ma’nosidagi lo‘k so‘ziga borib taqaladi. Tuya lo‘killab yuradi. Shu ma’noda, lo‘killashni “tuya­yurish” deb izohlash mumkin. Aslida lo‘killab yurish ko‘proq ot, tuya, eshakka xos. Ba’zi odamlarning qadam tashlashida lo‘killash borligi uchun bu sifat odamga ham ko‘chgan.

“Alisher Navoiy asarlari lug‘ati”da lo‘k so‘ziga quyi­­dagicha izoh berilgan: 1. Yo‘g‘on gavdali, qo‘pol. 2. Og‘ir. 3. Yuk tashiydigan taqir yungli tuya.

Shuningdek, “Farhangi zaboni tojik”da lo‘k so‘zi tuya ma’nosidan tashqari haqir, za­bun, mayib ma’nolarini anglatishi haqida ham aytib o‘tilgan.

Qolaversa, “Alpomish” dostonimizda shunday satr­lar bor:
Nomusi bilan oringiz,
Qatorda lo‘kcha noringiz.
Sag‘irga o‘tibdi zo‘ringiz,
Yurakdan chiqdimi cheringiz,
Qulluqlar bo‘lsin-ey, to‘rajon-ey,
Bir marddan qolg‘anay yoringiz.

Eshqobil SHUKUR

“Jadid” gazetasining 2024-yil 27-sentyabrdagi 40-sonida


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599