Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


13.11.2024 | 16:41

img1168

ESSE

Esse – muayyan mavzuga bag‘ishlangan kichik hajmdagi asar. Muallif o‘z nuqtayi nazarini erkin shaklda, odatda shaxsiy tajribasiga asoslanib ifodalaydi. Esse aniq janr chegaralariga ega emas. Tilshunoslar va adabiyotshunoslar bu janrga falsafiy, adabiy-tanqidiy, tarixiy-biografik va publitsistik nasrni kiritadi.

«Esse» fransuzcha «essai» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «sinov», «tajriba», «urinish» ma’nolarini anglatadi. Bu fransuzcha atama esa lotincha «exagium» – «tortish» so‘zidan kelib chiqqan.

Janr asoschisi fransuz faylasufi Mishel Monten hisoblanadi. U XVI asr oxirida «Les Essais» («Tajribalar») asarini yozgan, va bu asar keyinchalik barcha shu turdagi asarlarga asos bo‘lgan. Asarga hajmi, syujeti, uslubi va mavzusi jihatidan turli-tuman mulohazalar kiritilgan bo‘lib, ularni faqat muallifning shaxsiyati birlashtirgan. Monten ta’kidlaganidek, «kitobimning mazmuni – o‘zim».

Shunga o‘xshash janr Yaponiyada ham mavjud bo‘lgan. U yerda bu janr ancha oldinroq – X asrda paydo bo‘lgan va «dzuyxitsu» deb nomlangan. Uning asoschisi imperator saroyidagi mulozim Sey Syonagon edi. U «Yostiqdagi yozuvlar» asarini yozgan bo‘lib, unga o‘zining fikrlari va kuzatuvlarini, kundalik voqea-hodisalarga bo‘lgan o‘ziga xos qarashlarini kiritgan.

«Tajribalar» nashr etilgandan so‘ng, esse janri avval Yevropada, keyinchalik esa AQSHda ham mashhur bo‘lib ketdi. XIX asrga kelib, u mazkur mamlakatlar adabiyotida an’anaga aylandi.

Yozuvchi Deni Didro, ma’rifatparvar Volter, shoir Haynrix Hayne, yozuvchi Genri Toro, dramaturg Bernard Shou, faylasuf Jan-Pol Sartr kabi ijodkorlar esse janrida mashhur asarlar yozgan.

Janrning jahon adabiyotiga asta-sekin kirib borishi bilan uning axloq va falsafa masalalariga murojaat qilish, mulohaza va tasvir usullaridan foydalanish, syujetning faqat muallif nuqtayi nazarini tushuntirish uchun xizmat qilishi, nutq va uslubning o‘ziga xosligi kabi asosiy xususiyatlari shakllandi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600