Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 14:49

img387

HAQIQATGA ELTUVCHI “XOTIRA YO‘LAGI”

Bugun jadidlik harakatining boshlanishi, mazkur harakatning yetuk namoyandalari va ularning izdoshlari hayoti hamda faoliyatiga qiziqish har qachongidan ham ortmoqda. Kuni kecha poytaxtimizdagi Tasviriy san’at galereyasida ochilgan “Xotira yo‘laklari” ko‘rgazmasi ham Turkistondagi jadidlik harakati va uning namoyandalari faoliyatiga bag‘ishlangani bilan nafaqat san’at muxlislarida, balki poytaxt aholisi va mehmonlarida ham katta qiziqish uyg‘otdi. Keng ko‘lamda namoyish etilayotgan mazkur ekspozitsiyada XIX asr ­oxiri va XX asr boshlaridagi Turkiston tarixi, xususan, ziyoli jadidlar tomonidan o‘tkazilgan ta’lim sohasidagi islohotlar, ularning jamiyatni rivojlantirish borasidagi qarashlari hamda huquqiy demokratik davlat qurish yo‘lidagi intilishlariga doir asl manbalar, hujjatlar namoyish etilmoqda.

Jadid bobolarimizning hayoti fojiali yakun topgani nazarda tutilgan holda ko‘rgazma “yo‘lak” shaklida tashkil etilgan va har bir “yo‘lak” muzeyga keluvchilarni bir bo‘limdan ikkinchi bo‘limga go‘yo vaqt oralig‘idan olib o‘tayotgandek tuyuladi.

Ma’lumki, jadidlar­ning asosiy maqsadi xalq hayo­tini yaxshilash, savodxonlikni oshirish, inson huquqlari­ni himoya qilish kabi hayotiy masalalarni dunyoning taraqqiyotga yuz tutgan davlatlari darajasiga ko‘tarishdan iborat bo‘lgan. Zero, jadidlar dunyoning turli mamlakatlarida, jumladan, Yevropa davlatlarida, Yaqin Sharqda, Turkiyada bo‘lib, o‘z haq-huquqlarini bilib, milliy-ma’naviy qadriyatlar asosida yashash lozimligini ko‘rdilar va bundan tegishli xulosa chiqardilar.

Ko‘rgazmani shakllantirishda jadidlikning bizning hududimizda shakllanishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlarga, jumladan, yurtimizda ushbu harakatning oldingi saflarida borgan Fitrat, Cho‘lpon, Behbudiy, Munavvarqori kabi ulug‘ yurtdoshlarimiz faoliyatini chuqur yoritishga e’tibor berilgan. Shu bilan birga, ko‘rgazmada o‘sha davrda yashagan aholining ahvoli, maktablarning tashkil etilishi, teatr san’atiga e’tibor kabi mavzular ham fakt va suratlar misolida keng namo­yish etilgan.

Aynan jadidlik harakati va uning namoyandalari hayotiga bag‘ishlangan bu kabi ko‘rgazmalar yosh avlodni milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish, e’zozlash ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishi sir emas. Yangi O‘zbekistonni bunyod etishga, yangicha fikrlashga kirishgan ekan­miz, bugun ham yosh jadidlarga ehtiyojimiz bor.

G.Fayziyeva 2024-yil 26-yanvar 5-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img86

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img599