13.11.2024 | 14:29
389
ALLOMANI TANISH
O‘tgan asrda ilm-u ma’rifat ila xalqni mustamlaka zug‘umidan xalos etishga uringan jadidlik harakatining har bir hududda o‘z yetakchilari, yo‘lboshchilari bo‘lgan. Biroq mazkur harakatning shunday namoyandalari borki, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini, jaholatga qarshi kurashini nafaqat butun mamlakat, balki mintaqa miqyosidagi ish sifatida xarakterlash mumkin.

Mahmudxo‘ja Behbudiy ana shunday ulug‘ shaxslardan biri edi. Adib, publitsist, noshir va muharrir, faol jamoat arbobi sifatida Samarqandda turib ko‘rsatgan jiddu jahdi uni jadidlik harakatining yetakchilaridan biriga aylantirgandi. Turkiston milliy uyg‘onish davri yirik vakilining ilmiy-ijodiy merosi ko‘lami ham shunga monand juda salmoqlidir.
Mazkur merosni o‘rganishga umrini bag‘ishlagan jadidshunos olimlar, tarixchilar, adabiyotshunos-u tilshunoslar ro‘yxatini uzoq davom ettirish mumkin. Biroq bugun “zamonamiz jadidi” deya ta’riflangan, kamtarin olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, san’atshunoslik fanlari nomzodi Sirojiddin Ahmadning mazkur ro‘yxatda o‘z o‘rni bor.
Zahmatkash olim ilmiy faoliyati davomida Behbudiy fenomeniga ko‘p bora murojaat qilgan. Yaqinda nashrdan chiqqan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” kitobi ham uzoq yillik izlanishlar va tinimsiz mehnat samarasidir. Ushbu kitobning avvalgi jildlikdan farqli tomoni shundaki, Behbudiyning “Vaqt”, “Ulfat”, “Turkiston viloyatining gazeti”, “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Tujjor”, “Samarqand”, “Siroti mustaqim” kabi nashrlarda e’lon qilingan maqolalari jamlangan. Yana bir muhim jihat, mazkur kitobda adib asarlarining fixristi ham ilova qilingan.
Behbudiy faoliyatiga oid arxiv hujjatlari, tarixiy suratlar kitob mundarijasidan o‘rin olgan materiallarni yanada boyitgan. Ular maqolalarda so‘z borayotgan jarayonlar va o‘sha davr odamlari haqidagi o‘quvchi tasavvurini oydinlashtirib boradi.
Kitobdan o‘rin olgan maqolalar bilan tanisha turib, qatag‘on qilichi boshi uzra xavf solib turgan bir davrda el-u yurt manfaati uchun, o‘g‘il-qizlar ertasi uchun o‘z jonini garovga qo‘yib, matonat ko‘rsatgan Behbudiy bobomizning irodasiga qoyil qolishingiz aniq. Chunki o‘z hayoti, ro‘zg‘ori tashvishlaridan kechib, xalqni g‘aflat uyqusidan uyg‘otish, jaholat zulmatidan ma’rifat quyoshi sari yetaklash ajalning ko‘ziga tik boqish bilan teng ish edi.
Bugun biz yuksak jasorat namunasi bo‘lishga munosib jadid namoyandalari haqida yuzaki ma’lumotlar bilan cheklanayotgandekmiz. Ustoz Sirojiddin Ahmad tiklagan “Mahmudxo‘ja Behbudiy” kitobi bizga jadidlik harakatining mazmun-mohiyati, mazkur harakat a’zolari, xususan Behbudiy hazratlari to‘g‘risida fundamental bilim olish imkonini beradi.
Ruxshona BOBONAZAROVA,
O‘zJOKU talabasi
“Jadid” gazetasining 2024-yil 8-noyabrdagi 46-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
77
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
594
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
591



