14.11.2024 | 14:49
652
QUYOSH va GUNESH
Quyoshni aziz tutib “Bobo quyosh” deymiz. Lekin xalqimiz orasida quyosh kun deb ham aytiladi. Kun chiqdi, kun botdi degan iboralar hamon el orasida, jonli tilda muntazam harakatda yuradi. Aslida bu iboralar bir necha ming yillik tarixga guvohlik beradi. Istaymizmi, istamaymizmi, quyosh so‘zidan ko‘ra kun so‘zi til tabiatiga ko‘ra yetakchiroq.

“At-tuhfa” lug‘atida kunesh (kÿnӓsh) va kun so‘zlari quyosh ma’nosida kelgan. Bu ozarbayjon tilidagi gunesh so‘zi bilan bir xil. Mundoq farosat solib qarasangiz, kunesh so‘zi bilan quyosh so‘zi og‘a-iniday ko‘rinadi. Lekin Mahmud Koshg‘ariyda quyosh ma’nosida kun so‘zi ham bor, quyosh so‘zining o‘zi ham bor. Kÿn tug‘dï. Quyash ani qug‘shatti – Quyosh harorati uni bo‘shashtirdi. Shunga ko‘ra quyosh so‘zining kunesh so‘zidan paydo bo‘lgani dargumon bo‘lib qoladi. Shunday bo‘lsa-da, Koshg‘ariy bobo kun so‘ziga ko‘proq diqqat qilgan. Kunning bir necha ma’nosini bergan. Qattiq issiq, qattiq issiq tegishini ham quyash deb izohlagan. Yuqorida keltirilgan birgina misolda ham quyosh so‘zi “qattiq issiq” ma’nosida ilgariroq turadi.
Yusuf Xos Hojib “Qutadg‘u bilig”da quyoshni yashiq so‘zi bilan ifodalagan.
“Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da turk lahjasidagi kӧveṣ so‘zining kõyesh so‘ziga bog‘lanishi, Vamberining “kuyish” ma’nosidagi kuy so‘zidan kuyash so‘zining paydo bo‘lishi va keyinroq uning quyashga aylanishi haqidagi farazlar berilgan.
O‘ljas Sulaymonov “So‘z kaliti” kitobida eng qadimgi turkiy belgilarda quyosh so‘zi yay shaklida bo‘lganligini aytib o‘tadi. Men yaylov so‘zidagi yay aslida “yoz” bo‘lib, yayning o‘zgargan shakli ekanini “Yaylov bilan chayla” bitta so‘zmi?” degan maqolamda asoslab o‘tganman. Agar O‘ljas og‘a ta’kidlaganiday, yay quyosh ma’nosini bildirgan bo‘lsa, yoz ham shu ma’noda kelgan. Yuqorida aytib o‘tganimizdek, Koshg‘ariyda quyosh qattiq issiqni anglatgan.
“Turkiy tillar etimologik lug‘ati”da gunesh “quyosh tushadigan tomon” ma’nosini anglatadi deyilgan va qoraqalpoq tilidagi kungay so‘zi keltirilgan. Hozir ham Qashqadaryoning Dehqonobod tumanida soylarning quyosh tushadigan tomonini kungay, quyosh tushmaydigan tomonini terskay deyishadi. Turk tilidagi güney so‘zi janub, janubiy tomon ma’nosida keladi. Bu ham tilimizdagi kungayga yaqin. Chunki quyosh janubdan chiqadi.
Nima bo‘lganda ham so‘zning oxirgi yesh qismi gunesh so‘ziga ham quyash so‘ziga ham taalluqli. E.Sevortyan so‘z tarkibidagi yesh qismini ildiz sifatida quyoshli, issiq joy ma’nosida deb izohlagan.
Eshqobil SHUKUR
“Jadid” gazetasining 2024-yil 8-noyabrdagi 46-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
60
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
585
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
582



