19.11.2024 | 15:21
777
“NEGA AYRIMLAR O‘Z TILIDA SO‘ZLASHMAYDI?”
Milliy til insonning ma’naviy boyligi sanaladi. Onalarimiz aytgan allalar orqali esa ruhiyatimizga milliylik singdiriladi. O‘z tilimizning nechog‘lik azizligini bolaligimizdayoq anglab yetamiz. Ma’rifatparvar pedagog Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”, deya e’tirof etgan.

Aslida, qalbida milliy g‘ururi bo‘lgan inson o‘z ona tilida ravon so‘zlay olishi va yoza bilishi shart. “O‘zbekman” deya ko‘kragini kerib yurgan ba’zi yurtdoshlarimiz esa tilimizga ruscha, inglizcha so‘zlarni qo‘shib gapirishni o‘zlariga odat qilib olgan. Ba’zilari esa o‘zbek bo‘la turib ona tilida yaxshiroq so‘zlashishni ham bilmaydi. Sababini so‘rasangiz, rus maktabida o‘qiganini, ruscha ta’lim olganini ro‘kach qiladi. “Shuning uchun o‘zbekchani yaxshi gapira olmayman”, deya o‘zini oqlab qo‘yadi.
Ammo, boshqa millat vakillari bo‘lgan hamshaharlarimizning o‘zbek tilida o‘zimizdan ko‘ra yaxshiroq gapirayotganini, qadriyatlarimizni bir o‘zbekdan kam bo‘lmagan holda qadrlayotganini ko‘rib o‘yga toladi kishi.
33 yoshli Sergey Stopnevich garchi rus oilasida voyaga yetib, ta’lim rus tilida beriladigan maktabda tahsil olgan bo‘lsa-da, o‘zbek tilini juda ravon gapiradi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy g‘azallarini yoddan aytadi.
“Toshkent shahrida tug‘ilganman. Millatim rus. Lekin men, O‘zbekistonda tug‘ilib, shu yurtning havosidan nafas olib, tinch va osuda hayotida yashab kamolga yetdim. Yunusobod tumanidagi 257-maktabning rus sinfida o‘qidim. Axborot texnologiyalari universitetini ham ruscha bo‘limda tamomladim, – deydi biz bilan suhbatda “Dunyo bo‘ylab” telekanali rejissyori Sergey Stopnevich. – Qariyb, 15 yildan buyon O‘zbekiston televideniyesida rejissyor bo‘lib faoliyat yuritib kelaman. O‘zbek tilini mukammal bilganim uchun o‘zbekcha ko‘rsatuvlarda ham qiynalmay ishlayman. O‘zbek tilini mahallamizdagi bolalardan o‘rganganman. Do‘stlarimning ko‘pchiligi o‘zbek. O‘zbeklarning urf-odatlarini ham juda hurmat qilaman. Ba’zan ish yuzasidan ko‘zga ko‘ringan, taniqli o‘zbek san’atkorlari, turli soha vakillari bilan suhbatlashib qolaman. Ishonasizmi, ularning ayrimlari o‘z ona tilini bilmaydi. Bilganlari esa, buzib gapiradi. Sababini so‘rasam “rus maktabida tahsil olganman”, deydi. “Siz rus bo‘lsangiz nega o‘zbekcha gapirasiz?” deya savolga ham tutishadi ba’zan. Men ularga qarab turib garchi millatim rus bo‘lsa-da, “Yo‘q, men o‘zbekman, asl o‘zbekistonlikman”, deyman. Nega ayrimlar o‘zbek bo‘la turib o‘z tilida so‘zlashmaydi? To‘g‘risi, bu savolga hali-hanuz javob topa olmadim.
Nasling, asling o‘zbek bo‘lsa-yu, o‘z tilingni bilmasang. Shu Vatanda yashasang-u, o‘zga tilda so‘zlasang? Bu – tilga hurmatsizlik emasmi? Oilaliman, bitta farzandim bor, farzandimga ham o‘zbekcha gapiraman, ayolim o‘zbek tiliga tushunadi-yu, hali unchalik yaxshi gapira olmaydi. O‘zbekistonda tug‘ilgansan, shu yerda yashayapsan. Demak, o‘zbek tilida sof gapirishni bilishing, xalq urf-odatlarini hurmat qilishing kerak, deyman rafiqamga ham. Onam hozir nafaqadalar. Ular ham o‘zbek tilida juda yaxshi gapiradilar”.
Sergey Stopnevich bilan gaplashar ekanman, ko‘nglim o‘zgacha bir g‘ururga to‘ldi. Uning milliyligimizga sadoqatini, shu muqaddas Vatanimizga mehrini, bobomiz Navoiy g‘azallarini yodlab, zavq bilan o‘qishini elimizga, tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom deb tushundim.
Zero, O‘zbekistonday jannat diyorda ulg‘ayib kamolga yetgan rus o‘g‘lonining ona tilimizga, e’tiqodini, o‘zbekligini tan olmay, o‘zligidan kechib borayotgan ba’zi bir yurtdoshlarimizga ibrat ko‘zgusi qilib ko‘rsatish shart va lozim ekanligini teranroq angladim.
Zarnigor IBRAGIMOVA
“Jadid” gazetasining 2024-yil 15-noyabrdagi 47-sonida
ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
16.11.2026 | 14:34
77
“BIR ÇORAK ET”
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]
12.11.2026 | 14:31
594
NON VA OŞ ŞAHRI
Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]
12.11.2026 | 09:27
591



