Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


10.06.2024 | 18:23

img505

BOZORLAR NEGA HUVULLAB QOLDI?

Bu haqda yozsam, batafsil to‘xtalishga to‘g‘ri keladi. Biroq men o‘zim guvohi bo‘lgan holat­larnigina yozmoqchiman.

GURUCH BOZORIDA: 

Chet eldan vagonlab guruch olib kelishadi, ko‘rinishi “Lazer” naviga juda o‘xshab ketsa-da, ta’mi bemaza. Asosiy xaridori Xorazm guruchi bilan ulgurji savdo qiluvchilar. Ular toza navli “Lazer”ga soxtasini aralashtirib, asl nav deya iddao qilib, arzonroqqa pullashadi. Bu mening bilganim, bilmaganim qancha.

ZIRAVOR BOZORIDA:

Toza ziraga sabzi urug‘i ara­lashtirib sotishadi. Sabzi urug‘i ko‘rinishidan ziraga o‘xshaydi, narxi esa “kapeyka” turadi.

Maydalangan bir kilo toza zanjabilga kamida besh kilo makkajo‘xori unidan aralashtirib sotishadi. Zanjabil falon so‘m, makkajo‘xori uni esa o‘ta arzon.

Asl sirkaga oddiy uksus qo‘shib, hidini o‘tkir qilishadi va 10-15 yil saqlangan, deya aldashadi. Aslida, tayyorlanganiga bir yil ham bo‘lmagan.

CHORVA BOZORIDA:

Mol va qo‘ylarni semirtirishda garmondorilardan foydalanadiganlar borligi sir bo‘lmay qolgan. Bundan tashqari, molni sotuvga olib chiqishdan avval ko‘p miqdorda tuz qo‘shilgan yem berishadi va sho‘r yemdan chanqagan mol 30 litrgacha (balki, undan ortiqroq) suv ichadi. Taroziga qo‘yilganda kami­da 20-30 kilogacha og‘irroq tosh bosadi. Qarabsizki, xaridor kamida 800-900 ming so‘m pulni suv uchun to‘laydi.

Oluvchini avrash uchun soxta xaridor bo‘lib narxni sun’iy oshiruvchilar va boshqa firibgarliklarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi.

“ZAPCHAST” BOZORIDA:

Eng xaridorgir “zapchast”larni Xitoyga buyurtma berib, ko‘rinishi­ni aslday qilib tayyorlatib olib kelib, “original zavod” deb sotishadi. Albatta, hamma savdogarlar ham bunday emas.

MOSHINA BOZORIDA:

Bu yerdagi qallobliklarni aytmasak ham ko‘pchilikka ayon. Birgina misolni aytib o‘taman. Sotiladigan moshinaning yangi akkumulyatori o‘rniga “uygacha yetib oladigan”ini qo‘yib, chirigan o‘rindiq ustiga yangi qoplama kiydirib, “Moshina svejiy, qarab qo‘yilgan”, deb xaridorlarni chuv tushirishadi.

KIYIM DO‘KONLARIDA:

O‘zimizda tikilgan kiyimlarga xorij firmasi yorliqlarini yopishtirib, “origi­nal, chet elniki” deya xaridorlarni “kiydirishadi”.

Eng achinarlisi, rahmimni kelti­radigani, do‘konlarga yoki ulgurji sotuvchilarga mol yetkazib berayotgan savdogarlardir.

Masalan, chet eldan mol olib kelib yoki o‘zimizda ishlab chiqarib “optom”chilarga o‘n ming dollarlab nasiyaga berishadi. “Optom”chi esa molning to‘rtdan biriga haq berib, tag‘in o‘n minglik tovarni nasiyaga olib ketadi. Mol egasi “optom”chidan avvalgilari uchun qat’iy hisobot talab qilsa, u hisobot berolmasligi tayin. Chunki sotilgan mollarning asosiy qismiga yo moshina olgan, yo “uchastka” qurgan. Mol beruvchi “optom”chiga ipsiz bog‘lanib qoladi. Chunki endi “optom”chining puli ham yo‘q, ombori ham bo‘sh. Yagona chora, ulgurji savdogar bilan murosa qilib, uzluksiz mol berib turish bo‘ladi, xolos. Aks holda “optom”chi zarda qilib, mol egasi pulini umuman ololmasligi mumkin.

QANDOLAT BOZORIDA:

O‘zimizning ishlab chiqaruvchilar qandlarini taniqli firmalar nomi yozilgan qog‘ozlarga o‘rab, xaridorga “Bu eng tozasi, haqiqiy mahsulot”, deya aldab sotishadi.

Yana “yorliq” va qandqog‘oz yasov­chilar “Lyuboy fabrika yo zavodnikini o‘ziday qilib yasab bera­miz, poshshosiyam ajratolmaydi”, deb maqtanib ham qo‘yishadi.

Eh-he, gapirsa, gap ko‘p. Yana “Nega baraka yo‘q, nega bozorlar bo‘shab qoldi?” deya sabablarni boshqa yoqdan qidiramiz.

Tag‘inam bizni yer ko‘tarib turibdi. Keyinroq “Nega kasal ko‘p, nega dorilarning ta’siri yo‘q?” degan savollarga to‘xtalamiz.

Yuqorida yozganlarim barcha bozorchilarga tegishli emas, albatta. Yurtimizda halol, rostgo‘y savdogar­lar ko‘p, ammo “Birniki mingga, mingniki tumanga uradi” degan xalq naqlida ham haqiqat bor ekanini hayot ko‘rsatib turibdi. Salomat bo‘linglar.

Muhammad IKROM sahifasidan olindi.

“Jadid” gazetasi | 2024-yil 7-iyun | 24-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img77

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img594

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img591