Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


12.04.2024 | 16:02

img330

SHUNDAY KUTUBXONA, ALBATTA, KERAK

TAHRIRIYATDAN: Gazetamizning ilk sonida e’lon qilingan filologiya fanlari doktori Bahodir Karimovning “Jadid” kutubxonasi bunyod etilsa…” sarlavhali maqolasida bildirilgan takliflar ko‘pchilikda jiddiy qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, ustoz Abdulla A’zam o‘z chiqishlarida: “Hurmatli ma’rifatparvarlar, millatparvarlarning vorislari, bu taklifni qo‘llab-quvatlaylik, imkoni bo‘lsa, binosini ham tiklaylik”, deya yurtdoshlarimizni kutubxonani kitoblar bilan boyitishga, qolaversa, yangi kutubxona bunyod etishga chaqirdi. Shu singari takliflardan ayrimlarini e’tiboringizga havola etamiz. “Jadid” gazetasining chop etilayotgani munosabati bilan oilamiz nomidan barcha vatandoshlarni chin qalbdan muborakbod etamiz. Gazetada bosilgan “Turon” jadid kutubxonasi bun­yod etilsa…” maqolasidagi taklif bizga juda manzur bo‘ldi.| Har bir kitobsevar inson bu taklifni qo‘llab-quvvatlaydi, bu kutubxona kelajak avlodimiz uchun noyob ziyo maskani bo‘lib qoladi.Jadid kutubxonasi tashkil qilinsa, albatta, biz – Erkin Vohidov oilasi ham ayrim tarixiy, jadidlik hara­katiga taalluqli kitoblar bilan o‘z hissamizni qo‘sha­miz… Yangi kutubxonada ziyolilar adabiy meros jamg‘armasini tashkil etishni ham tavsiya qilgan bo‘lar edik.

Nozima VOHIDOVA  

IKKI NOYOB KITOB

Bizning buyuk ma’rifatparvar bobolarimiz o‘z ishlarini yangi maktab va kutubxonalar ochishdan boshlagan. Turkistonning Buxoro, Xiva, Qo‘qon, Namangan, Toshkent va boshqa shaharlaridagi jadidlar ochgan kutubxonalarda aholi, ayniqsa yoshlar (maktab o‘quvchilari va madrasa toliblari) jadid gazetalari va kitoblar bilan tanishganlar. Bu kutubxonalar o‘zaro fikr almashuv uchun katta imkoniyatlar yaratgan.

1918-yilda jadidlar o‘z kuchlari, o‘zlarining kitoblari bilan Toshkentda “Turon” kutubxonasini ochishgan. Bu kutubxonada arab imlosidagi ko‘plab kitoblar jamlangan. Jadidlarning o‘z kutubxonalari ham kattagina bo‘lgan. Birgina Shokirjon Rahimiyning uyida XVIII – XIX asrlarda chop etilgan mingdan ortiq kitob, qo‘lyozma va xaritalar bor edi. Ko‘plab ma’rifatparvarlarning kitoblari qata­g‘on davrida yo‘q qilindi.

Jadid kutubxonasiga ehtiyoj bor va buni tashkil qilish lozim. Aholi­ning qo‘lida ko‘plab qadimiy kitob­lar saqlanayotgani shubhasiz.

Men keksayu yosh fidoyi yurtdoshlarimizni yangi kutubxona ochi­lishida faol ishtirok etishga chaqiraman. O‘zim Shokirjon Rahimiydan meros – 1913-yilda chop etilgan “Ta­rixi muqaddas” va 1925-yilda nashr qilingan “Sovg‘a” nomli kitoblarni topshiraman.

Bu kutubxona farzandlarimiz bi­lim oladigan chinakam xazina bo‘ladi.

Ulfat SOBIROV, mehnat faxriysi.

2024-yil 26-yanvar 5-son


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img84

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img599

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img597