Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.11.2024 | 14:28

img462

TARIX ILMIDA YANGI SAHIFA

Xalqaro Amir Temur jamoat fondi Sohibqiron Amir Temur va tariximizga oid nodir kitoblarni nashrdan chiqarib, o‘quvchilarga tuhfa qilishda davom etmoqda. Yaqinda  fond tomonidan bosib chiqarilgan Sharafuddin Ali Yazdiyning mashhur “Zafarnoma” asarini mamnuniyat bilan  o‘qigan edik. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay, yangi kitoblar ham dunyo yuzini ko‘rdi.

Gʻiyosuddin Ali.

“Hindiston yurishi kundaligi”                  

Sohibqiron Amir Temur hayotligida u haqda  yozilgan kitoblar ko‘p emas. Rasmiy tarixda ular ikkita hisoblanadi: birinchisi – Gʻiyosuddin Ali qalamiga mansub “Hindiston yurishi kundaligi” bo‘lsa, ikkinchisi – Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asaridir. Ularning ikkisi ham bevosita Amir Temurning topshirig‘i bilan yozilgani e’tiborlidir. Shu choqqacha tarixchi Gʻiyosuddin Alining o‘zbek o‘quvchilariga ma’lum bo‘lmagan “Hindiston yurishi kundaligi” asari ilk marta Xalqaro Amir Temur jamoat fondi tomonidan nashrga tayyorlanib, chop etildi.

Gʻiyosuddin Alining “Hindiston yurishi kundaligi” tarixiy asari Sohibqiron topshirig‘i bilan yozilgan birinchi asar sifatida ahamiyatlidir. Boshqacha aytganda, bu – dastlabki tajriba edi, bu mavzu hali ochilmagan qo‘riq bo‘lib yotardi. Amir Temur Ko‘ragonday qudratli Jahongir, ulug‘ siymo ko‘z oldida uning hayoti va faoliyati haqida qalam tebratish, so‘z aytish, yozish uchun, avvalo, katta ishonch, yorqin salohiyat, olmosday zehn, jur’at va jasorat zarur edi. Aytish kerakki, Gʻiyosuddin Ali shunday jasoratga, kuchga  ega ekanini namoyish qila oldi.

Zahmatkash olima, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Ra’no Qobulova Gʻiyosuddin Alining “Hindiston yurishi kundaligi” asarini o‘zbek tiliga o‘girish ustida uzoq yillar mehnat qildi, sidqidildan ter to‘kdi. Shu tariqa bugungi kunda  ushbu nodir asar o‘zbek xalqining mulkiga aylandi.  Bu juda quvonchli hodisadir.

Mas’ul muharrir, so‘zboshi muallifi – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali.

Bo‘riboy Ahmedov. “O‘zbekistonning atoqli tarixshunos olimlari”

Xalqaro Amir Temur jamoat fondi tomonidan akademik Bo‘riboy Ahmedov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan uning “O‘zbekistonning atoqli tarixshunos  olimlari” asari ham nashrdan chiqarildi.

Kitobda o‘zbek zaminida tug‘ilib voyaga yetgan, dunyoga dong taratgan sakson nafar tarixshunos, geograf olimlar hayoti, ilmiy faoliyati haqida muxtasar, aniq ma’lumotlar jamlangan. Allomalar ichida  Muhammad Xorazmiy, Narshaxiy, Beruniy, Koshg‘ariy, Nasafiy, Zamaxshariy, Sam’oniy, Mirzo Ulug‘bek,  Bobur, Abulg‘ozixon, Abu Tohirxoja, Ogahiy, Niyoz Muhammad Ho‘qandiy va boshqa ko‘p siymolar nomlarini uchratish mumkin. Kitobning ikkinchi qismidan Nizomiy Aruziy Samarqandiy, As-Saolibiy, Ahmad Buxoriy, Davlatshoh Samarqandiy, Mutribiy Samarqandiy, Nisoriy, Maleho kabi olimlar haqidagi ma’lumotlar ham o‘rin olgan.

Mazkur kitob o‘quvchilarimiz, ayniqsa, yosh tarixchilarimiz uchun nihoyatda zarur va qimmatli manba vazifasini o‘tashi shubhasiz.

Nashr uchun mas’ul muharrir va so‘zboshi muallifi – O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali.

M.Mirzag‘aniyev,
Xalqaro Amir Temur jamoat fondi xodimi

“Jadid” gazetasining 2024-yil 22-noyabrdagi 48-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img118

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img145

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img335