Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


15.04.2026 | 14:49

img2131

TEMURBEK NAVKARLARI XIROVULNING YANGI AVLODI

Favqulodda vaziyatlar tabiiy va texnogen xususiyatga ega holatlar bo‘lib, ularga zilzila, sel-u suv toshqinlari, yong‘inlar, ko‘chkilar, kuchli shamol-u bo‘ronlar, shuningdek, ishlab chiqarishdagi avariyalar va boshqa turdagi ofatlar kiradi. Ular kutilmaganda yuz bergani uchun xavfni bartaraf etish tezkor hamda puxta tayyorgarlikni talab etadi. Ushbu materialni tayyorlash uchun hududga yuborilgan jurnalist ham belgilangan manzilga oldindan ogohlantirishlarsiz yetib borib, vaziyatni bevosita va xolis kuzatish imkoniga ega bo‘ldi. Xodimlar esa har qanday favqulodda vaziyatga tayyor ekanliklarini ko‘rsatib, barcha savollarga belgilangan tartibda aniq va tushunarli javob berdi. Demak, tayyor bo‘lsangiz, hammasini bir boshidan boshlaymiz…

Bundan yetti yil avval Prezidentimizning “O‘smirlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tarkibida “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylari tashkil etilgan edi. Shular qatorida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tasarrufidagi Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi ham yoshlarni Vatanga sadoqat va mardlik ruhida tarbiyalovchi maxsus ta’lim muassasasi hisoblanadi.

Bu yerda o‘quvchilar harbiy soha va qutqaruv ishlari bo‘yicha bilimlarni tizimli egallash bilan birga, matematika, fizika, informatika va chet tillari kabi fanlarni chuqurlashtirilgan tarzda o‘rganadi. Shuningdek, ular saf tayyorgarligi, jismoniy chiniqish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish kabi amaliy ko‘nikmalarni ham o‘zlashtiradi. Mazkur tayyorgarlik jarayoni o‘quvchilarni Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimidagi oliy harbiy ta’lim muassasalariga kirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalar bilan ta’minlab, ularning kelgusida malakali mutaxassis bo‘lib yetishishlariga zamin yaratadi.

Takomillashtirilgan o‘quv dasturi, eng yaxshi pedagoglar va a’lo darajadagi moddiy-texnik bazaga ega bo‘lgan, O‘zbekiston qutqaruv kuchlarining yangi avlodi shakllanadigan mazkur maskanda ilmga chanqoq yoshlar soha sirlarini puxta o‘zlashtirmoqda.

Ushbu harbiy-akademik litsey faoliyati bilan bizni direktor Zafarjon To‘rayev tanishtirib bordi: “Qabulimiz 9-sinfni tamomlagan o‘g‘il bolalar orasidan tanlov asosida amalga oshiriladi. Nomzodlar test sinovi, jismoniy tayyorgarlik hamda tibbiy ko‘rik natijalari asosida saralanadi. Har yili o‘rtacha yuz nafar o‘quvchi olamiz”.

O‘quvchilar to‘liq davlat ta’minotida bo‘lib, bepul issiq ovqat, maxsus harbiy forma hamda zarur yashash sharoitlari, yotoqxona bilan ta’minlanadi.

Binoning kirish qismida Sohibqiron Amir Temurning haybatli tasviri kishining e’tiborini darhol o‘ziga tortadi. Har qadamda “Temur tuzuklari”dan olingan ibratli hikmatlar yozilgan peshlavhalar o‘quvchilarni tafakkurga chorlaydi. Devorlarda esa Temuriylar shajarasi aks ettirilgan kompozitsiya, “Buyuk sarkarda Amir Temurning yurishlari xaritasi” hamda “Temuriylar davri qahramonlari” nomli devoriy suratlar uyg‘un joylashtirilgan bo‘lib, ular maktabga shonli tarix va davlatchilik an’analari ruhini bag‘ishlab turibdi.

Harbiy-vatanparvarlikni ulug‘lovchi shiorlar bu muhitning ma’naviy-ma’rifiy quvvatini yanada mustahkamlaydi. Shuningdek, maktabning muhri va bayrog‘ida ham bitilgan “Kuch adolatdadir” shiori bino markazida yaqqol ko‘rinib turadi. Bu esa muassasaning asosiy g‘oyasi hamda tarbiyaviy ahamiyatini ifodalaydi.

Axborot-resurs markazi esa o‘zining zamonaviy jihozlanishi, boy kitob fondi va yaratilgan qulay o‘quv muhiti bilan e’tiborni jalb qiladi. Bu yerda bilim olish uchun barcha shart-sharoitlar yuksak standartlar asosida tashkil etilgan bo‘lib, u har qanday o‘quvchida ilmga intilish va izlanish ruhini kuchaytiradi.

Shu yerda kitob mutolaasi bilan band bo‘lgan bir necha o‘quvchi bilan suhbatlashdik. Ulardan Dilshod Normurodov, Mirhayot Ziyodullayev, Shahzodbek Muqimboyev, Esonbek Quvondiqov va Nodirbek Eshtemirovlar o‘qish jarayoni, shart-sharoitlar hamda tanlagan yo‘nalishlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Ikki yil davomida o‘quvchilarning kun tartibi qat’iy intizom va aniq reja asosida, haqiqiy harbiy ta’lim muassasalariga xos tizimda tashkil etiladi. Bu jarayonda jismoniy tayyorgarlik bilan birga ularning intellektual salohiyati ham uzluksiz rivojlantirib boriladi. Yuqorida nomlari tilga olingan yoshlar ham mahalliy va xalqaro darajadagi yutuqlarga erishgan. Jumladan, ular orasida IELTS va TOEFL kabi xalqaro til sertifikatlarini qo‘lga kiritgan, matematika va tabiiy fanlar yo‘nalishida Cambridge International Examinations, STEM olimpiadalari hamda IMC kabi nufuzli xalqaro tanlovlarda faol ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning borligi ham kishini quvontiradi.

Mazkur maktabda ingliz tili fanidan dars beruvchi o‘qituvchi Nozimbek Odilovga favqulodda vaziyatlarda faoliyat yuritadigan yoshlar uchun chet tilining ahamiyati haqidagi savol bilan murojaat qilganimizda u:

– Zamon jadal rivojlanmoqda, har bir yangi texnologiya ingliz, xitoy, koreys kabi chet tillarida yaratilayotgani sababli, ularni to‘g‘ri tushunish va amaliyotda samarali qo‘llash uchun xorijiy tilni ilmiy darajada bilish talab etiladi. Shuningdek, sohaga oid muhim adabiyotlar, xalqaro tajriba va so‘nggi yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun har bir o‘quvchi jahon tillarini mukammal darajada egallashi shart, – deb javob berdi.

Mahalliy miqyosda o‘quvchilar Prezident maktabi va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari o‘rtasidagi fan olimpiadalari, “Bilimlar bellashuvi”, “Iqtidorli yoshlar” tanlovlari, Respublika fan olimpiadalari, “Zakovat” intellektual musobaqalari hamda “Yosh qutqaruvchi” kabi amaliy yo‘nalishdagi musobaqalarda ham yuqori natijalarni qayd etib kelmoqda.

Temur yosolida old safda turuvchi peshqadam qo‘shin “xirovul” deb atalgan. Ushbu ta’lim maskani mamlakatning kelajagini belgilovchi ilg‘or yoshlarni yetuk shaxslarga aylantirmoqda.

Shahriyor SHAVKAT

“Jadid” gazetasining 2026-yil 3-apreldagi 14-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img83

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324