Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.11.2024 | 15:12

img986

KARIKATURA

«Karikatura» atamasi italyancha «caricare» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «bo‘rttirish» yoki «buzib ko‘rsatish» ma’nolarini anglatadi. Karikatura tasviri ijtimoiy va siyosiy hodisalarni, kundalik muammolarni, aniq shaxslarni yoki umumlashtirilgan tiplarni kulgiga oladi. Ko‘pincha hajviy rasm matn bilan birga keladi, matn ma’noni izohlaydi va kulgili ta’sirni kuchaytiradi.

Karikaturada rassomlar haqiqiy va xayoliy xususiyatlarni uyg‘unlashtirishadi. Ular qahramonning o‘ziga xos jihatlarini: uning tashqi ko‘rinishi, kiyinishi, xatti-harakatlarini topib, ularni bo‘rttirib va keskinlashtirib ko‘rsatishadi, shu bilan birga, asl nusxaga o‘xshashlikni saqlab qolishadi. Ta’sirni kuchaytirish uchun satira va hazil, qiyoslash va metaforalardan foydalaniladi.

Karikatura unsurlari qadimgi san’atda ham uchraydi. Uyg‘onish davrida Leonardo da Vinchi hajviy rasmlar yaratgan. Mustaqil janr sifatida karikatura XVIII asrda shakllangan. Masalan, ingliz rassomi Uilyam Xogartning rasmlari va gravyuralari jamiyat axloqiy ko‘rinishini masxara qilgan. U jamiyat nuqsonlarini fosh etuvchi butun boshli turkumlar chop etgan. XIX asrda gazetalar va jurnallarda siyosatchilarning hajviy tasvirlari nashr etilgan. Fransuz karikaturachisi Onore Dome Fransiya qiroli Lui Filippning rasmlari bilan mashhur bo‘lgan: u qirolning semiz yuzini nokka o‘xshatgan.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600