03.12.2024 | 10:03
254
SHE’RIYATGA OSHNO MATEMATIK
Bu yil taniqli matematik olim, akademik, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi To‘xtamurod Jo‘rayev tavalludining 90 yilligi yurtimizda keng nishonlanmoqda. Shu munosabat bilan yaqinda u kishining ibratli hayot yo‘li, ilm-fan sohasida erishgan yutuqlari xususida muxtasar ma’lumot beruvchi “Orzular ushalgan umr” deb nomlangan to‘plam chop etildi. Ushbu kitobga serqirra olimning hamkasblari, zamondoshlari, shogirdlari va oila a’zolari yozgan xotiralar ham kiritilgani uning qimmatini yanada oshirgan.

Kitobni o‘qir ekansiz, To‘xtamurod Jo‘rayevni birgina sifat bilan ta’riflab bo‘lmasligini anglaysiz. Xotiralar qismida kimdir gapni “Fizika-matematika fanlari doktori, Xalqaro oliy maktab akademiyasining akademigi…” deb boshlasa, boshqa bir muallif “Beruniy nomidagi Davlat mukofoti sohibi, benazir olim” deya davom ettiradi. Shogirdlari esa atoqli olimni “ilm-fanimizning asl fidoyisi”, “o‘zbek matematika fanining zalvorli ustunlaridan biri”, “chinakam ustoz”, “samimiy va kamtarin inson” degan sifatlar bilan xotirlaydi. Ular orasida “xususiy hosilali differensial tenglamalar sohasida ilmiy maktab yaratgan yirik mutaxassis” degandek, ilm-fandan uzoq kishilar uchun tushunarsizroq bo‘lgan ta’riflar ham bor. Har nechuk, bu o‘rinda uncha-muncha odamning bo‘yi va o‘yi yetmaydigan sohada chuqur ilmiy izlanishlar olib borgan ulug‘ olim haqida gap ketmoqda.
“Ilm va hayot yo‘llari”, “Zamondoshlari va hamkasblari xotirasi”, “Ilmiy sohadagi izdoshlar va shogirdlar ehtiromi”, “Oila a’zolari va yaqinlari yodida barhayot”, “Bebaho ilmiy meros” kabi boblardan tashkil topgan mazkur kitob akademik To‘xtamurod Jo‘rayevning ibratli hayoti va faoliyatini o‘zida yorqin aks ettirgani bilan ahamiyatlidir.
Ayniqsa, olim ko‘plab fan doktorlari va nomzodlarining ilmiy ishlariga rahbarlik qilish, matematika ilmiga oid qator monografiyalar, yuzlab maqolalar yozish bilan bir qatorda, muntazam ravishda badiiy ijod bilan ham shug‘ullangani ibratlidir.
Ustozning keksalik chog‘ida bitgan “Qari gilos bilan diydorlashuv” she’rida shunday misralar bor:
O‘ttiz yillik do‘stimsan, axir,
Meva qilib bizga yedirgan.
Ne daraxtlar kesilib ketdi,
O‘zing qolding g‘arib… qarigan.
Yoshligingda havas qilardik,
Gurkiragan baquvvat eding.
Shoxlaringni qancha egsak ham,
Egilarding, ammo sinmasding.
Hayotimiz o‘xshaydi, bilsang,
Sen gullading, men ham gulladim.
Sen ham meva, ham soya bersang,
Men ilm qilib, g‘oya berardim.
Shu bois ushbu kitobga aqlan matematika, qalban she’riyat bilan oshno bo‘lib yashagan ijodkor olimning she’rlaridan namunalar ham kiritilgani ayni muddao bo‘lgan, deyish mumkin. Qolaversa, kitobda To‘xtamurod Jo‘rayev umrining yorqin lahzalaridan hikoya qiluvchi qiziqarli suratlarga keng o‘rin berilgan.
Bir so‘z bilan aytganda, uzoq yillar davomida O‘zbekiston Milliy universiteti rektori, Fanlar Akademiyasi prezidenti lavozimlarida sidqidildan faoliyat ko‘rsatib, mamlakatimizda oliy ta’lim va ilm-fan sohalari taraqqiyotiga salmoqli ulush qo‘shgan fidoyi bir insonning sharafli hayot yo‘liga bag‘ishlangan “Orzular ushalgan umr” to‘plami har qanday toifadagi kitobxon uchun birday qiziqarli va foydali bo‘lishi shubhasiz.
N.HABIBULLAYEVA
“Jadid” gazetasining 2024-yil 29-noyabrdagi 49-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
107
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331

