23.01.2025 | 09:25
1443
CNN e’tirofi: “O‘zbek olimlari dunyoni o‘zgartirgan!”
Dunyoning mashhur axborot platformalaridan biri — CNN’da bir qator buyuk o‘zbek allomalari haqida turkum maqolalar e’lon qilindi.

Ilm-fan tarixi insoniyat taraqqiyotiga beqiyos ta’sir ko‘rsatgan olimlar nomlari bilan boyitilgan. Ularning matematika, astronomiya, geografiya va tibbiyot sohalaridagi kashfiyotlari hozirgi zamon texnologiyalari va ilmiy yutuqlarining asosiga aylangan. CNN o‘z maqolalarida ana shu buyuk mutafakkirlarning boy merosi va ularning ahamiyatini alohida ta’kidlagan. Muhammad Xorazmiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sino kabi afsonaviy olimlar asarlari avlodlarga ilhom manbai bo‘lib kelmoqda.
Muhammad Xorazmiy, keng ma’noda algebraning otasi sifatida tanilgan, zamonaviy matematikaning asoslarini yaratgan. CNN maqolalarida shunday deyiladi:
”Xorazmiy – o‘zbek olimlari orasida ajoyib iqtidor egasi bo‘lib, zamonaviy matematikaning poydevorini qurdi”.
Uning mashhur ”Al-Kitob al-Muxtasar fi Hisab al-Jabr va al-Mukabala” asari har kuni foydalanilayotgan texnologiyalarni rivojlantirishga zamin yaratgan.
Ahmad Farg‘oniy esa astronomiya, matematika va geografiya sohalarida ulkan yutuqlarga erishib, ilm-fan tarixi va islom sivilizatsiyasida chuqur iz qoldirgan.
”O‘rta asrlardagi o‘zbek olimi Ahmad ibn Muhammad al-Farg‘oniy, Yevropa olamida Alfraganus nomi bilan tanilgan, astronomiya va matematika rivojiga ulkan hissa qo‘shgan”, deyiladi CNN maqolasida.
Abu Rayhon Beruniy ham juda muhim tarixiy shaxs hisoblanadi. Uning Yerning aylanishi va uning diametrlarini o‘lchashga oid kashfiyotlari ilm uchun asos bo‘lib qolgan.
”Abu Rayhon Beruniy – buyuk o‘zbek olimlaridan biri bo‘lib, uning kashfiyotlari antiqa meros va zamonaviy ilm o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajargan”, deya fikr bildirgan nashriyot o‘z maqolasida.
Abu Ali Ibn Sinoning ham insoniyat taraqqiyotida hissasi juda katta. G‘arbda Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan bu olimning ”Tib qonunlari” asari asrlar davomida tibbiyotning asosiy qo‘llanmasi sifatida xizmat qilgan. CNN alloma haqida quyidagicha izoh bergan:
“Bu o‘zbek olimi insoniyatga abadiy asar – “Tib qonunlari”ni tuhfa etdi”.
CNN maqolasida, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ishlar va buyuk o‘zbek allomalarining ulkan merosi shu bilan birga, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga alohida e’tibor qaratilgan.
Ahmad Farg‘oniy, Muhammad Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy va Abu Ali Ibn Sinoning merosi CNN maqolalarida ta’kidlanishi O‘zbekistonning jahon ilm-fan va madaniyati rivojidagi ahamiyatli o‘rnini yana bir bor namoyon etadi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
83
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
132
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
324



