Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 11°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


24.10.2024 | 12:45

img10455

O‘ZBEKISTONDA TA’MINOT ZANJIRI BOSHQARUVIGA BAG‘ISHLANGAN ILK KITOB

Sohibxon Salixovning “Ta’minot zanjiri boshqaruvi asoslari” nomli kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Ushbu nashr O‘zbekistonning iqtisodiy va geografik sharoitlarini hisobga olgan holda, logistika va ta’minot zanjiri boshqaruvi sohasiga oid muhim yondashuvlarni o‘zida jamlagan. Kitob nafaqat akademik, balki sanoat amaliyotida ham yangi bilim manbasi sifatida e’tirof etilishi kutilmoqda. Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu sohada ilgari o‘zbek tilida hech qanday kitob chop etilmagan edi, bu esa mazkur kitobning ahamiyatini yanada oshiradi.

O‘zbekiston xalqaro savdo bozorida o‘z mavqeini mustahkamlash yo‘lida samarali ta’minot zanjiri boshqaruvi tamoyillariga asoslangan rivojlanishga alohida e’tibor qaratmoqda. Mamlakatning yirik xalqaro savdo yo‘llari chorrahasida joylashgani uning iqtisodiy o‘sishi va barqarorligini ta’minlash uchun kuchli logistika tizimlariga tayanishini talab qiladi. Sohibxon Salixovning mazkur kitobi ta’minot zanjiri boshqaruvi bo‘yicha zarur bilimlarni tizimli tarzda taqdim etib, O‘zbekistonning raqobatbardoshlik salohiyatini oshirish va ushbu sohadagi mutaxassislarni tayyorlash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lishi mumkin.

Soha mutaxassislari ushbu kitobni O‘zbekistonda logistika va ta’minot zanjiri boshqaruvi bo‘yicha bilimlar bazasini boyituvchi muhim ilmiy manba sifatida e’tirof etmoqda. Akademik va professional hamjamiyat vakillari kitobning mazmunini yuqori baholashayotir. Xususan, Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti rektori O.A.Tuychiyev ushbu kitobga bergan taqrizida quyidagicha fikr bildirgan:

“O‘zbekiston sanoati nuqtai nazaridan ta’minot zanjirini samarali boshqarishga oid bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish uchun bu kabi monografiyalar katta qiymatga ega. Qo‘shimcha ravishda, yillar davomida universitetimiz muhandislik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashda yetakchi oliy ta’lim muassasasi sifatida faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda ish bozoridagi o‘zgarishlarni diqqat bilan kuzatar ekanmiz, ta’minot zanjirini boshqarish sohasidagi mutaxassislarga bo‘lgan talabning oshib borayotganini shu bilan birga, ushbu mavzudagi o‘zbek tilidagi adabiyotlarga bo‘lgan qiziqish kuchayib borayotganini ko‘rish mumkin. Ushbu monografiya esa bu yo‘nalishdagi ilmiy bo‘shliqqa qimmatli hissa qo‘shadi”.

Shu o‘rinda muallif Sohibxon Salixovning ta’minot zanjiri boshqaruvi sohasida malakali ekspert sifatida xalqaro e’tirof qozonganini ta’kidlash joiz. U Peugeot Citroen va Volkswagen Group bilan bog‘liq nufuzli investitsion loyihalarda ta’minot zanjiri jarayonlarini optimallashtirish hamda samaradorlikni kengaytirish bo‘yicha muvaffaqiyatli loyihalarni amalga oshirgan. Shuningdek, Wisconsin-Madison Universitetida ta’minot zanjiri boshqaruvi yo‘nalishi bo‘yicha MBA darajasini muvaffaqiyatli tamomlagan va Qo‘shma Shtatlardagi korxonalarda faoliyat yuritib, o‘z bilim va tajribasini yanada boyitgan.

Quvonarli jihati shundaki, muallif o‘z kitobini ommaga bepul taqdim etishga rozilik bildirdi. Sohibxon Salixov so‘zlariga ko‘ra, ushbu kitob uning mutaxassis sifatida soha rivojiga qo‘shajak ulushi bo‘lib, odamlar kitob mutolaasidan o‘zlari uchun yangi bilim va g‘oyalar olishi muallif uchun katta sharafdir. Kitob saytimizda joylashtirilgan bo‘lib, quyidagi havola orqali unga kirish mumkin.

“Ta’minot zanjiri boshqaruvi asoslari” – Yuklab olish

Tahririyatdan:

Jadid.uz tahririyati ilmiy-ma’rifiy va ijtimoiy yo‘nalishdagi nashr sifatida ta’lim hamda ilm-fan sohalaridagi yangiliklarni yoritib keladi. Sohibxon Salixovning ushbu kitobi akademik va amaliy doiralarda katta e’tiborga sazovor bo‘lishini alohida ta’kidlamoqchiman.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonda ilgari bunday qamrovli va tizimli qo‘llanma yaratilmagan edi. Ta’minot zanjiri haqida ko‘pchilik eshitgan bo‘lsa-da, uning mazmuni, asosiy tamoyillari va sanoatdagi turli ko‘rinishlari haqida yetarli bilimga ega bo‘lmagan edik. Bu kitobning ommaga taqdim etilishi, albatta, katta yutuqdir.

Mazkur kitob entuziastlar uchun yangi bilim manbai, soha vakillari uchun esa amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilishi mumkin. O‘zbekistonda turli sohalar uchun milliy qo‘llanmalarning ko‘payib borayotgani quvonarli hol bo‘lib, Sohibxon Salixovning kitobi ham ushbu bilim xazinasi rivojiga munosib hissa qo‘shishiga umid bildiramiz.

O.ABDUBARNOYEV tayyorladi.


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img85

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img132

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img324