11.12.2024 | 16:24
1798
NOVELLA
Novella – hikoyaga yaqin hajmdagi kichik nasriy janr. U oʻtkir syujet, kutilmagan yakun va aniq mualliflik nuqtai nazarining yoʻqligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, novellalarda, odatda, uchdan ortiq personaj ishtirok etmaydi.

Novella mualliflari koʻpincha qahramonlarning ichki dunyosini chuqur ochib bermaydi. Bunday asarlar bitta gʻayrioddiy voqea atrofida rivojlanadigan kichik hikoyalarni bayon etadi. Masalan, nemis yozuvchisi Iogann Gyote shunday taʼkidlagan: “Novella – bu sodir boʻlgan misli koʻrilmagan hodisadan boshqa narsa emas”.
Novella janri Uygʻonish davrida vujudga kelgan va oʻz nomini italyancha “novella” – “yangilik” soʻzidan olgan. XIII asrda xalq ertaklari, masallar va oʻrta asr latifalari asosida yaratilgan hikoyalar shu nom bilan atalgan. 1290-yillarda “Novellino” yoki “Yuz qadimiy novella” deb nomlangan nomaʼlum muallifning italyancha qisqa hikoyalar toʻplami paydo boʻlgan.
Klassik novella janrini XIV asrda italiyalik yozuvchi Jovanni Bokkachcho “Dekameron” asarini yaratish orqali shakllantirgan. Bu asar shaharda vaboga chalinishdan qoʻrqib, qishloqqa ketgan yetti qiz va uch yigitning bir-biriga aytib bergan hikoyalaridan tashkil topgan. Keyinchalik “Dekameron” fransuz tiliga tarjima qilinib, unga oʻxshash asarlar paydo boʻldi va shu tariqa novella janri butun Yevropaga yoyildi.
XVIII asr romantizm davrida, mistika, fantastika va ertaksimon unsurlar bilan boyitilgan novellalar ommalashdi. Bunday asarlarni Ernst Gofman, Novalis va Edgar Po kabi yozuvchilar yaratgan.
XIX asrga kelib, mashhur fransuz novellistlari Prosper Merime va Gi de Mopassan kutilmagan yakun bilan tugaydigan realistik hikoyalar yozishni boshladi. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrda bu anʼanani O. Henri, Gerbert Uells, Artur Konan Doyl va boshqa ingliz hamda amerikalik yozuvchilar davom ettirdi.
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
103
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
139
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
331



