13.12.2024 | 15:41
299
KO‘NGLI NOZIK, TABIATI FIDOYI
San’atkor xalqi ijoddan boshqa narsa bilan qiziqmaydigandek, ko‘proq o‘z ichki dunyosi, asarlari, ijro etayotgan qo‘shiqlari, teatr, kino, televideniyedagi faoliyati bilan band bo‘ladi. Bu soha vakillarining ko‘ngli nozik, tabiati o‘zgacha bo‘lishi ham haqiqat. Bunday insonlarga rahbarlik qilish, ularning ko‘ngli bilan hisoblashish, qalbiga yo‘l topish mushkullik tug‘dirishi bor gap. Ijodkorlar jamoasini boshqarish uchun rahbar nafaqat soha bilimdoni, balki inson qalbini tushunishga qodir mehribon, samimiy shaxs ham bo‘lishi lozim.

Yaqinda ana shunday ustoz murabbiy, samimiy insonlardan biri hisoblangan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi, professor Baxtiyor Sayfullayevning hayoti va ijodi haqida hujjatli film suratga olindi.
Respublikamizning turli hududlarida, Moskva, Sankt-Peterburg, Bishkek kabi xorij shaharlarida tasvirga olingan mazkur filmning dastlabki lavhalaridanoq tomoshabin ko‘z o‘ngida o‘zbek san’ati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan jonkuyar inson siymosi gavdalanadi.
Faoliyatini respublika yosh tomoshabinlar teatrida aktyor va rejissyor sifatida boshlagan B.Sayfullayev keyinchalik qator yillar Toshkent davlat madaniyat institutida pedagogik faoliyat bilan shug‘ullandi. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamda Konservatoriya rektori, madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, madaniyat vaziri kabi mas’ul lavozimlarda ishlagan davrlarida ushbu yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlash, yurtimizda madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirishga munosib hissa qo‘shdi. U kishi hayotining so‘nggi yillarida Oliy Majlis Senatining yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi raisi sifatida samarali faoliyat ko‘rsatdi. Bir so‘z bilan aytganda, Baxtiyor Sayfullayev tom ma’noda san’at va madaniyat fidoyisi edi.
– Bu inson o‘zining butun umrini milliy madaniyatimiz va san’atimiz ravnaqiga bag‘ishlaganini inobatga olib, ushbu filmni “Baxtiyor Sayfullayev. So‘nggi nafasgacha” deb nomladik, – dedi Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat Rizayev film taqdimotida. – Baxtiyor aka ustozlariga mehrli va sadoqatli bo‘lgani bois o‘zi ham katta ehtirom topdi. U kishi juda nurli, ibratli umr kechirdi.

Filmda bir qator ustoz ijodkorlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlarining B.Sayfullayev haqida bildirgan fikrlari bu inson haqiqatan ham ibratli hayot kechirganidan dalolat beradi. Xususan, Madaniyat vaziri, taniqli san’atkor Ozodbek Nazarbekovning quyidagi e’tirofi fikrimizning dalilidir: “Oliy o‘quv yurtiga o‘qishga kirishimda Baxtiyor akaning hissalari katta bo‘lgan… Madaniyat vazirligida ish boshlaganimda ham u kishi menga alohida ishonch bildirgan edi. Madaniyat sohasidagi qonunchilik va boshqaruv masalalarini o‘rganishimda Baxtiyor akaning xizmatlari beqiyos bo‘ldi”.
Shuningdek, filmda B.Sayfullayevning tashkilotchi rahbar, ustoz sifatidagi fazilatlari, g‘amxo‘r oila boshlig‘i, mehribon, maslahatgo‘y ota sifatidagi qirralari ta’sirchan hayotiy lavhalarda ochib berilgan. Ayniqsa, ustozning ikki farzandi ham bugungi kunda milliy madaniyatimiz rivoji yo‘lida qizg‘in faoliyat ko‘rsatib, otasining ishlarini munosib davom ettirayotgani quvonarlidir.
“Baxtiyor Sayfullayev. So‘nggi nafasgacha” hujjatli filmi Azizbek Turdiyev ssenariysi asosida rejissyor Murodjon Odilov tomonidan suratga olingan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist Firdavs Abduxoliqov filmga prodyuserlik qilgan. Poytaxtimizdagi Milliy kino san’ati saroyida ijodkor va ziyolilar, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirokida o‘tkazilgan mazkur film taqdimoti chinakam bayram tusini oldi.
G.UMAROVA
“Jadid” gazetasining 2024-yil 6-dekabrdagi 50-sonida
“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“
Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]
16.11.2026 | 16:15
132
MILLIY YUKSALIŞ SARI
Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]
16.11.2026 | 09:00
147
KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT
O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]
13.11.2026 | 14:43
340



