Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 12°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


25.12.2024 | 12:56

img464

KO‘NGIL KO‘ZI OCHIQ KITOBXON

Mo‘g‘ullar bosqini davrida Vatan ozodligi uchun mardona kurash olib borgan ulug‘ alloma shayx Najmiddin Kubro o‘z asarlaridan birida “Kitob – sahroda do‘st, hayot yo‘llarida tayanch, yolg‘izlik damlarida yo‘ldosh, baxtiyor daqiqalarda rahbar, qayg‘uli damlarda madadkor, odamlar orasida zeb-u ziynat, dushmanlarga qarshi kurashda quroldir”, degan edi. Darhaqiqat, yaxshi asar mutolaasi insonni ruhan poklash barobarida, uni yuksak marralar, ezgu maqsadlar sari undaydi. Shuning uchun bugun diyorimizda kitobxonlikka har qachongidan ko‘proq e’tibor qaratilmoqda. Ushbu yo‘nalishda bir qator huquqiy-me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Bir necha yillardan buyon nogironligi bo‘lgan shaxslar o‘rtasida “Eng faol kitobxon”, “Brayl yozuvida tez va ifodali o‘quvchi kitobxon”, “Eng yaxshi kitobxon oila” ko‘rik-tanlovlari muntazam o‘tkazilmoqda. Yaqinda Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasida uyushtirilgan “Eng yaxshi kitobxon oila” tanlovi ham ana shunday ezgu an’ananing davomi sifatida ahamiyatlidir. Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan mazkur tanlovda Ro‘zmetovlar oilasi birinchi, Allaberganovlar xonadoni vakillari ikkinchi, Niyozmetovlar oilasi a’zolari uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Gʻoliblar Xorazm viloyati ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi ma’muriyati tomonidan faxriy yorliq va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

E’tiborli jihati, tanlov qatnashchilari inson ruhini yuksaltirib, uni teran mushohadaga undovchi badiiy asarlarni mutolaa qilishning zavqi har qanday yutuq va sovrindan ustun ekanligini alohida ta’kidlashdi. 

Ushbu toifadagi kitobxonlar o‘rtasida tashkillashtirilgan “Eng yaxshi kitobxon” ko‘rik-tanlovida esa viloyat, shahar, tuman kutubxonalarining doimiy o‘quvchisi hisoblangan 12 nafar ishtirokchi o‘zaro bellashdi. Mazkur bilim va tafakkur bahsida urganchlik Gulmira Ro‘zmetova va Yulduz Yo‘ldosheva, xivalik Dilrabo Razzoqova g‘olib deb  topilib, munosib taqdirlandilar.

Keyingi vaqtlarda yurtimizda nogironlikning og‘ir turlariga chalingan bolalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan xayrli tashabbuslar ham o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda. Bugun ana shunday insonlarning ham kitob o‘qishi uchun zarur sharoit yaratilgan. Brayl yozuvidagi adabiyotlarni chop etishga ixtisoslashgan bosmaxonalar zamonaviy uskunalar bilan jihozlanib, audio-kitoblar yaratishga mo‘ljallangan yangi ovoz yozish studiyalari ochilgani fikrimiz dalilidir. Buning natijasida ko‘zi ojiz insonlar o‘rtasida ham kitobga bo‘lgan qiziqish yanada ortib bormoqda. 

S.RAMATOVA,
Urganch tuman ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi bo‘lim mudiri

“Jadid” gazetasining 2024-yil 20-dekabrdagi 52-sonida


“JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“

Özbekistonda xizmat körsatgan yoşlar murabbiysi, yuridik fanlar doktori, yozuvçi Komil SINDOROV bilan suhbat – Assalomu alaykum, ustoz. Sizni ham bobo, ham Özbekiston şaxmat federatsiyasi rais örinbosari sifatida Javohir Sindorovning Sent Luis (AQŞ) şaxmat klubida bölib ötgan “Clutç Çess: Çampions Şowdown 2026” xalqaro turnirdagi ğalabasi bilan muborakbod etamiz! – Rahmat! Jahon çempionligi bahslari oldidan sönggi muhim […]

16.11.2026 | 16:15

img43

MILLIY YUKSALIŞ SARI

Joriy yilning 10-14-noyabr kunlari Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahrida mustaqil Özbekiston tarixida ilk marotaba “Özbekiston ziyolilari kengaşi”ning hududiy yiğilişlari bölib ötmoqda. Mazkur muloqotlar dunyoda yuz berayotgan madaniy, siyosiy va texnologik özgarişlar, şuningdek, qadriyatlar transformatsiyasi şaroitida milliy özlikni saqlaş, Uçinçi Renessans poydevorini barpo etiş, Yangi Özbekistonni quriş va Milliy yuksaliş davri sari dadil qadam taşlaş […]

16.11.2026 | 09:00

img123

KELAJAK UCHUN MAS’ULIYAT

O‘tib borayotgan hafta O‘zbekiston hayotida ijtimoiy soha, sanoat taraqqiyoti va xalqaro ekologik hamkorlik bilan bog‘liq muhim voqealarga boy bo‘ldi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlari kuni munosabati bilan yo‘llangan tabrik, elektrotexnika sanoati vakillari bilan muloqot, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi doirasidagi loyihalar hamda Prezident Shavkat Mirziyoyevning COP31 tadbirlaridagi ishtiroki mamlakat taraqqiyotining o‘zaro bog‘liq ustuvor yo‘nalishlarini namoyon etdi. Bosh […]

13.11.2026 | 14:43

img313