Go‘zal Turkiston
0:00
/
Toshkent
temperature icon 10°C

“JADID” GAZETASINING YANGI SONIDA: ✏️Usmon NOSIR: BOĞIM ✏️Iqbol MIRZO: KELAJAK UÇUN MAS’ULIYAT ✏️Gulçehra UMAROVA: ASRNI BÖYLAGAN ADIB ✏️Komil SINDOROV: “JAVOHIR SINDOROVNING BOBOSI BÖLIB TANILDIM“ ✏️E’zozxon KARIMOVA: MILLIY YUKSALIŞ SARI ✏️Orif ODILOV: ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA ✏️Nusratullo JUMAXÖJA: TADQIQOT-ROMAN ✏️Abbos ŞOYIMOV: XALQARO MEDIAFORUM ✏️Zikrilla MUHAMMAD: ANQARADA ADABIYOT BAYRAMI ✏️Ikrom BÖRIBOYEV: KEÇA VA BUGUN ✏️Muhayyo RUSTAMOVA: OG‘RIQ NUQTA ✏️Abdulhamid MUXTOROV: UYLAR SOYASIDA QOLAYOTGAN SAVOLLAR ✏️Jasmina ISROIL: SYUKURO MANABE – IQLIMŞUNOSLIK “OB-HAVOSI”NI ÖZGARTIRGAN NOBELÇI ✏️Rustambek ŞAMSUTDINOV: QONLI JILD ✏️Alişer SANDIBOYEV: SAMARQAND NEÇA YOŞDA? ✏️Nigina ISKANDAROVA: “KITOB, MENING DÖSTIMSAN” ✏️Jamoliddin BADALOV: “OLTIN QALAM” UMMON ORTIDA

TAVSIYA QILAMIZ


27.12.2024 | 12:52

img1606

Ernest Xemingueyning “Chol va dengiz” qissasidan iqtiboslar

Dunyo miqyosida mashhur adib, ‌‎“Nobel” mukofoti ‎sovrindori Ernest Hemingueyning “Chol va ‎dengiz” qissasida insonning ulugʻligi, undagi iroda va matonat, ‎oqillik ‎va azm-u qaroridan ogʻishmaslik oʻzgacha talqinda aks etgan.‎

Mening zangsoatim — qarilik. Qariyalar nega buncha erta uyg‘onadilar? Ehtimol, hech bo‘lmaganda kunini biroz cho‘zish niyatidadir?

Hozir o‘zingda yo‘q narsa haqda o‘ylashning vaqtimas. Yaxshisi bor narsa bilan nimadir qilish haqida fikrlagan yaxshi.

Baxt odamga turfa ko‘rinishda beriladi, uni qanday tanir eding ham? Men, masalan, qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, chimdim bo‘lsa ham baxt olar va uning haqiga nima so‘rashsa, to‘lar edim.

Dengizdagi odam hech qachon yolg‘iz bo‘lmaydi.

Odam mag‘lubiyat payti tishini-tishiga bosish uchun yaratilmagan. Odamni yo‘q qilish mumkin – yengib bo‘lmaydi.

Uning bari narsasi eski edi – faqat ko‘zlari, uning ko‘zlari dengizdan rang olgan, yengilish nima bilmaydigan quvnoq kishining ko‘zlari edi…

U ahvolimni yaxshi deb o‘ylagani tuzuk, shunda mening ahvolim ham yaxshi bo‘ladi.

Hech narsa ikki marta takrorlanmaydi.

Qariya dengizni ayolni o‘ylagandek xayolidan chiqazmasdi, dengiz unga xuddi ayol kabi buyuk iltifotlar qilar, yo ularni tortib olar va agar u tasavvurga sig‘maydigan qiliqlar qilgudek bo‘lsa – qo‘lingdan nima ham kelardi, tabiati shu.

Oldin qarz olasan, keyin sadaqa so‘raysan.

— Yaxshilab dam olgin, mitti qush, — dedi u. — Keyin sohilga qarab uchgin, har bir odam, qush va baliq singari sen ham chinakamiga hayot uchun qattiq turib kurashgin.

Keksayganda, kishi yolg‘iz o‘zi kimsasiz qolmasin ekan.

Garchi adolatdan bo‘lmasa-da, — fikran davom etdi u, — men odam bolasining nimalarga qodir ekanligi va hamda nimalarga dosh berib, chidashi mumkinligini ko‘rsatib qo‘yaman.

Tasavvur qilib ko‘rgin-a, odam uzun kun oyni bo‘g‘izlashga harakat qilib yursa! Oy bo‘lsa, undan qochib ketadi. Bu ham mayli-ya, agar odamga har kuni quyoshni ovlashga to‘g‘ri kelib qolganda, nima bo‘lardi? Yo‘q, nima desang ham bizning toleimiz bor.

Men juda ko‘p narsalarni tushunmayman,— deb o‘yladi u. — Ammo bizga quyosh, oy va yulduzlarni o‘ldirishga to‘g‘ri kelmaganligi qanday yaxshi. Dengizdan bor yo‘q rizqi ro‘zimizni qoqishtirib olayotganimiz va yana o‘z birodarlarimizni o‘ldirayotganimiz ham yetib ortadi.

Umidsizlik — halokat,— deb o‘ylardi u.— Buning ustiga, fahmimcha, umidsizlik hatto — gunoh.

Fyodor Dostoyevskiyning «Telba» romanidan iqtiboslar

Oqil Abdubarnoyev tayyorladi.


ÖZBEK-QOZOQ MADANIY HAMKORLIGI MUSTAHKAMLANMOQDA

Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]

16.11.2026 | 14:34

img87

“BIR ÇORAK ET”

Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]

12.11.2026 | 14:31

img601

NON VA OŞ ŞAHRI

Yaqinda xorijlik oşnalarni kutib oldim. Uçoq tungi soat uçda qöndi. Ertalab sakkizda “Afrosiyob”da Buxoroga ketişlari kerak. Ölguday çarçaşgan, ramaqijon ahvolda. Özbekona taomilga köra, qönoqlar öziga kelsin deb palovxona sari boşladim. Uç xil oş çaqirdim. Non-çoy, aççiq-çuçuk  degandek… Qiziği keyin boşlandi. Mehmonlar piyolaning çetiga ikki marta lab tekkizib, ajablanişdi: – I-ya, qardoş, çoyga şakar solinganmi?– Ha-da! […]

12.11.2026 | 09:27

img600