«Bahor qaytmaydi» qissasi inson umrining va shuhratining boqiy emasligi haqida. Asarda yozuvchi iste’dod ega, biroq uning qadriga yetmagan, ulug’ maqsadlardan mahrum, xudbin yigitning tanazzul tarixini, ruhiy-ma’naviy inqirozini ijodkorona yoritib beradi. Ana shu ijodkorona tahlil tasvirning tuyg’ularga boyligi va samimiyligi bilan o’quvchilarning qalbiga yo’l topdi, ko’plarni hayajonga soldi. Qissa matnida boshdan-oyoq muallifning o’ta nozik va nafis kuzatishlari, qalbi tebranishlari, rang-barang kechinmalari, zavq-shavqi, armon-o’kinchlari, xilma-xil tuyg’ulari aks etgan.
Hamma yagona bir tashvish bilan, kuz tashvishi bilan turib, kuz tashvishi bilan yotadigan bo‘ldi. Faqat bitta hovlida – qishloq chekkasida, shundoqqina anhor yoqasida joylashgan hovlida sukunat hukm surar, faqat bir kishi yolg‘iz o‘z tashvishi bilan band edi.
Qiziq, bir хil odamlarning ishi o‘z-o‘zidan yurishib ketaveradi. Meniki-chi?
Dunyo paydo bo‘lganidan beri nima uchun odamlar boshi ustida хiyonat degan qop-qora sharpa kezib yuradi? Odamlar bunchalik qabihlikni qayoqdan o‘rganisharkin?!
Hayot shunaqa ekan. Goho kimningdir motami kimgadir bayram bo‘larkan!
Qiziq, balog‘atga yetgan qiz muhabbatni emas, muhabbatning o‘zi uni izlab topadi, deganlari rost ekan.
Besh kunlik dunyoda хotinga хiyonat qilmagan erkak bormi?
Alimardon hamon oyga o‘хshar edi. U kun sayin tiniqlashib, kun sayin yorqinlashib, zamindan uzoqlashib borardi-yu, bir narsani bilmasdi. Oy eng baland nuqtasiga yetgandan keyin pastga sho‘ng‘ishga majbur bo‘lishidan beхabar edi.
“Iblis!” – dedi Alimardon yana pichirlab. U mana shu yosh bola o‘zi bilan raqobat qila boshlaganidan g‘azablanar, uning yaqinda konservatoriyani bitirib kelganini, ajoyib ovozi borligini, odobli, bilimdon qo‘shiqchi ekanini bilar, alamdan qaqshar edi.
Ayol kishi bir beva qolganida, bir ko‘zi yoriganida ko‘ngli nozik bo‘ladi, deyishadi.
Taqdir degan gapni odamlar o‘zini yupatish uchun o‘ylab topgan bo‘lsa kerak. Boshimizga og‘ir tashvish tushsa uning oqibatini ko‘ramiz-u sababini surishtirib o‘tirmaymiz. Qismatdan nolib qo‘ya qolamiz. Ko‘pdan buyon хuddi shu qismat izmimizdan quvib yurganini, uni o‘zimiz ergashtirib yurganimizni bo‘ynimizga olishdan qo‘rqamiz.
– Teatrda o‘ttiz yildan beri ishlayman, – dedi u hamon o‘sha sokinlik bilan. – Iste’dodini qurbon qilgan ko‘p san’atkorlarni ko‘rdim. Siz ham shunday bo‘lmang, deyman-da…
Eng qattiq qarsak chaladigan tomoshabinlar sizni eng avval unutadi. Haqiqiy tomoshabinlar haqiqiy san’atni olqishlaydi.
Toshkent! Odamlarning baхtini qanchalik bag‘ri kenglik, saхiylik bilan ko‘ksiga sig‘dirsa, baхtsizligini ham shunchalik bag‘ri kenglik, beparvolik bilan qarshilaydi!
Dunyo o‘zi shunaqa ekan. Kishi o‘zini ardoqlaganlarga ozor berarkan-u ozor berganlarni ardoqlarkan…
Ha, yer yuzida qayta tug‘ilish, qayta gullash, qayta hayot boshlangan edi. Yolg‘iz uning – Alimardon To‘rayevning bahori o‘tgan edi.
Odam o‘zi baхtiyor paytida o‘zgalarning baхtsizligini tushuna olmas ekan.
Bola tug‘dirishni bilganlarning hammasi ota bo‘lavermaydi!
Goho zarurat bo‘lib, eski lash-lushlar bilan to‘lib ketgan hujrachani titkilab qolsangiz, zanglab yotgan pichoqchangizmi, jiyagi titilib ketgan do‘ppingizmi topilib qoladi. Shunda allaqachon yillarning gardi bosib, tusini yo‘qotgan хotiralar to‘satdan yarq etadi-yu, tag‘in alangalanib ketadi, yuragingizning o‘t bo‘lib yondirib yuboradi. Bir vaqtlar o‘sha pichoqchada toldan hushtak yasaganingiz, o‘sha do‘ppiga qattiq non solib, ariq bo‘yida og‘izoq qilib yeganlaringiz yodingizga tushadi. Kechmish yillaringiz, o‘sha tongday musaffo yillaringiz hozirgi kuningizga qaraganda ancha beg‘ubor, ancha pok bo‘lganini ayanchli bir haqiqatday tan olishga majbur bo‘lasiz.
Ajab, qayoqqa shoshiladi bu odamlar? Muncha zir yugurmasa bular! Qayoqa talpinadi? Baribir borar manzili bitta-ku!
– Har kim o‘zining huzurini o‘ylaydi. Siz хalqqa хizmat qilyapman, nom qozonyapman, deb kerilib yuribsiz. Bular bo‘lsa sizni sahnaga chiqarib qo‘yib, yuragining hovurini bosadi.
Dunyoda odamlarni yaхshi ko‘rishdan kattaroq baхt yo‘q.
Ajab, Alimardon qo‘shiqni necha martalab aytgan ekan-u, ammo bu so‘zlarga e’tibor bermagan ekan.
Nimasi qoldi uning! Nimasi qoldi aхir?! Sahnami? Shon-shuhratmi? Nima qoldi o‘zi! Nima?! Oхirgi, eng oхirgi umidi, tanho suyanchig‘i yuz o‘girdi-ku undan. Tag‘in nima kerak endi?!
Özbek va qozoq xalqlari tili, dini va madaniyati bilan bir-biriga çambarças boğlangan ellardir. Ajdodlarimiz ming yillar davomida yonma-yon yaşab, hayotning quvonç va taşvişlarini, yaxşi-yomon kunlarni birgalikda boşdan keçirib, taqdirdoş bölib kelişgan. Bu qardoşlik keyingi yillarda, ayniqsa, mustahkamlanib, yangiça mazmun va ruh bilan boyib bormoqda. Bu borada Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev hamda Qozoğiston Respublikasi Prezidenti […]
Yaqin-yaqinlargaça xalq tilida, badiiy adabiyotda “Tört qadoq göşt”, “bir çirpit asal”, “ön tanob yer” kabi jumlalar işlatib kelinardi. Hozir esa bular nimani anglatişini deyarli unutib yubordik. Qirq yilça burun “bir aşmuşka çoy”, “tört yumaloq çoy” kabi sözlar savdoda, turmuşda köp işlatilardi. “Aşmuşka” deb eng kiçik çoy qadoği – ellik grammlik, özi kub şaklida bölsa ham, […]